К содержанию
РецензированоUZ2026

KELINSALOM QO‘SHIQLARINING BOSHQA JANRLAR BILAN QIYOSIY TAHLILI Yo‘ldoshev Javlon Nukus DPI 2-bosqich magistranti

Yo‘ldoshev Javlon · Hamza Hakimzoda Niyoziyning

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan qofiyalanishi jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: O’zbek folklori, marosimlar, yor-yor, kelin salomlar. Xalq og‘zaki ijodi – asrlar davomida, xuddi kulol loyni pishitgandek, ishlov berilib, pishitilib, inonch va qarashlari, orzu-o‘ylari, niyat va istaklari jamlangan ijoddir. Kelin salom qo‘shiqlari turkiy xalqlarda o‘ziga xos o‘ringa ega marosim jarayonida ijro etiluvchi folklor materiali sifatida avloddan avlodga o‘tib, boyib kelayotgan ma’naviy meros, qadriyat hisoblanadi. Uning janr sifatida shakllanishi, tuzilishi, o‘ziga xos qofiya tizimi va ijro uslubi alohida ahamiyatga ega. O‘zbek tilining nihoyatda keng imkoniyati, ifoda va ohangiga mos bo‘lgan she’r vazni barmoq vazni hisoblanadi. Barmoq she’r vaznida asosiy o‘lchov bo‘g‘in bo‘lib, misra bo‘g‘inlari bir xil miqtorda takrorlanadi va bir xil guruhlarga bo‘linadi. Aruz she’r vazni esa misralarda hijolarning qat’iy miqdori guruhlarga ajratilishi, hijolarning qisqa, cho‘ziq, o‘ta cho‘ziqligi bilan barmoq she’r vazinlaridan ajralib turadi. O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan qofiyalanishi jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi. Aruzda yaratilgan bir qancha she’r janrlarining umumiy nomi bo‘lgan „musammat – (ar. „marvarid donolarini ipga termoq“) bandli she’r“1 bo‘lib, uning „musallas, murabba’, muxammas“ kabi turlari bilan kelin salom qo‘shiqlarining bir qancha o‘xshash va farqli jihatlarini quyida tahlilga tortdik. Musallas (ar. „uchlik“) uch misrali band usulida yozilgan she’r bo‘lib: a-a-a, b-b-a, d-d-a … shaklida qofiyalanadi. „G‘arbda tetrina deb ataladi“.2 Hamza Hakimzoda Niyoziyning Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas, Zulmat ichra kechsa umri mohi tobon istamas, Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida. 1 Yusupova.D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – Toshkent: „ta’lim-media“ nashriyoti, 2019. – B. 141. 2 Karimov.O. Mumtoz she’riyat janrlari. – „Namangan“ nashriyoti.2015. – B. 20. 7.1 41 2 12 Biz ni Tur kis to ne li dar di ga dar mon is ta mas – V – – – V – – – V – – – V – Zul ma tich ra kech sa um ri mo hi to bon is ta mas – V – – – V – – – V – – – V – Ux la ma o‘z be ke li as ri ta raq qiy vaq ti da – V – – – V – – – V – – – V – Foilotun foilotun foilotun foilun Ushbu bayt 15 hijodan iborad bo‘lgan musallas Ramali musammani mahzuf (ya’ni oxirgi bir bo‘g‘in yetmasligi sababli qusurli, mahzuf) shaklida yozilgan. Ko‘nglidur oshufti lahv-u tara, nafs-u havo Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas, Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida. Ko‘ng lid ur o shuf ta i lah vu tar ab naf su hav o – V – – – V – – – V – – – V – Til sa zil lat xan jar i bag‘ ri ni Luq mon is ta mas – V – – – V – – – V – – – V – Ux la ma o‘z be ke li as ri ta raq qiy vaq ti da – V – – – V – – – V – – – V – Foilotun foilotun foilotun foilun Ushbu musallas (uchlik) b-v-a shaklida qofiyalangan. 15 hijodan tashkil topgan Ramali musammani mahzuf (ya’ni oxirgi bir bo‘g‘in yetmasligi sababli qusurli, mahzuf) shaklida yozilgan. Kelin salom qo‘shiqlari uch misrali band usulida, ikki misra bir biriga: b-b-a, d-d-a … shaklida qofiyalanishi bilan musallas she’r janriga o‘xshab ketadi. Ammo musallas aruz vaznida, kelin salom qo‘shiqlari barmoq vaznida yozilishi bilan bir- biridan farqlanadi. Kelin salom qo‘shiqlarining uchunchi misrasi salom qaratilgan shaxsga ishora bo‘lganligi sababli erkin bo‘ladi. Shu sababli ko‘p hollarda kelin salom qo‘shiqlari barmoq she’r tizimining qo‘shma vaznida yaratiladi. Masalan: 7.1 42 2 12 bo‘g‘inlar soni turoq tartibi Ko‘chaga chiqib / yosh bo‘lgan – 8 bo‘g‘in 5+3=8 Ulli ro‘zg‘orga / bosh bo‘lgan – 8 bo‘g‘in 5+3=8 Qayin og‘asiga / bir salom! – 9 bo‘g‘in 6+3=9 Non ber desa / yon bergan, – 7 bo‘g‘in 4+3=7 Non ustida / jon bergan, – 7 bo‘g‘in 4+3=7 Mavluda ovsinningga / bir salom!3 – 10 bo‘g‘in 7+3=10 Murabba’ (ar. „to‘rtlik“) – to‘rt misralik band usulida aruz vaznida yozilgan she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a, d-d-d-a … shakllari mavjud. Ko‘pincha murabba’larning birinchi bandidagi barcha misralar qofiyalanmay, she’r xuddi ikkinchi misradagidek b-b-b-a tarzidagi qofiyalar bilan boshlanadi, keyingi barcha bandlarning to‘rtinchi misralari birinchi bandning oxirgi misrasi bilan qofiyadosh bo‘lib keladi, yoxud takrorlanadi. Mashrabning Bulbuldayinkim faryod etarman, Ishq daftarini bunyod etarman, Ko‘ngillarimni men shod etarman, Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar? Gam baxri qildi baxrini bunyod, Ishqingda qildim yuz oxu faryod, O‘tti nigorim chun sarvi ozod, Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar?4 Ushbu murabba’ning kelin salom qo‘shig‘i bilan: radif qo‘llanishi, bir xillikda qofiyalanishi va to‘rtinchi misraning har bayt oxirida takror qo‘llanishi kabi o‘xshash jihatlarini kuzatishimiz mumkin. Masalan: So‘zlaringni tinglab, „bol-

Доказательный фрагмент

«O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan qofiyalanishi jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan qofiyalanishi jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kelin salom, salom shiqlarining, aruz vaznida, salom shiqlari, foilotun foilotun, barmoq she, band usulida
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники