К содержанию
РецензированоUZ2026

INNOVATSION TRANSFARMATSYA JARAYONLARIDA OZIQ-OVQAT SANOATI MUAMMOLARINING O‘RGANILGANLIK DARAJASI. TATU Qarshi filiali “ATDT” kafedrasi o’qituvchisi Axmedova Nilufar Farxodovna

Across the Disciplines · INNOVATSION TRANSFARMATSYA JARAYONLARIDA · Axmedova Nilufar Farxodovna

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 18-20 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sanoat korxonalarini rivojlantirish, o`zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarida ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy bashorat qilish, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini nazorat qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishda juft regressiya modellashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Regressiya, modellashtirish, noaniqlik, raqamli tving, dispersiya, tannarx, mehnat samaradorligi, ish haqi, limit, juft regressiya, ko`p omilli regressiya Oziq-ovqat sanoatining rivojlanish jarayonlarni modellashtirish va prognozlashning nazariy va amaliy jihatlari, tarmoqlararo balans modellarini tuzish, texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishni ekonometrik tadqiq etish masalalari G.Konvey, P.F. Druker, M. Porter, A. Lavopa, R. Neff, M. Rizou, G. Emerson, S. Hamid singari xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida chuqur tadqiq etilgan. Boshqa mamlakatlar singari sanoat ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoati jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish masalalari respublikamiz iqtisodchi olimlarining bu boradagi ilmiy qiziqishlari predmeti bo‘lib kelmoqda. Jumladan, mamlakatimizning taniqli iqtisodchi olimlari S.S. Gulyamov, T.Sh. Shodiev, O.M. Abdullaev, R.X. Alimov, B.Yu. Xodiev, N.M. Maxmudov, B.T. Salimov, S.K. Salaev, I.S. Abdullaev, T.J.Raximov, N.M. Ziyavitdinova, I.Y.Umarov, N.I.Saidaxmedova, N.J.Sotvoldiev, M.A.Karimov, H.N.Sabirov, N.S.Dehqanova, G‘.G‘.Ibragimov, M.Ch.Murodova, S.F.Baltashov, T.Q.Xidirov, B.B.Ro‘zimovning ilmiy ishlarida ishlab chiqarishni modellashtirish va prognozlash, murakkab ekologik vaziyatlar sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, kichik biznesning rivojlanish tendensiyalarini prognozlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning omillari va ekonometrik modellari, qishloq xo‘jaligi hamda qishloq mehnat bozorini shakllanishi va rivojlanishini modellashtirish masalalari chuqur va keng tadqiq etilgan. 14 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-nazariy izlanishlarga qaramasdan, aynan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hududiy oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi keng qamrovli statistik usullardagi tahlilini takomillashtirish, iqtisodiy faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni ekonometrik modellar asosida baholash hamda prognozlash masalalari tizimli holda yoritilmagan, ayrim hududlar xususiyatlari o‘rganilishi bilan cheklanilgani holda aynan Qashqadaryo viloyati alohida tadqiqot ob’ekti sifatida to‘laqonli o‘rganilmagan. Tadqiqot 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi dasturi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat sanoatining rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish orqali uning kelgusidagi barqaror rivojlanishini ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq soʻzi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni 2. Egger, P., (2002). An Econometric View of the Estimation of Gravity Models and the Calculation of Trade Potentials. World Economy, 25(2), 297–31 3. Determinants of FDI inflows: the case of Russian regions. Ekonomika regiona [Economy of Region], 12(4), 1244–1252. 4. Ibragimov N.N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 19, No. 1, pp. 18-20). 5. Ibragimov N.N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20). 6. Ibragimov N.N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55). 7. Yusupovna Yu.M. Qashqadaryo viloyati iqtisodiy taxlili. ISSN (E): 2181- 4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue- 11li.371-374 15 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 8. Muxammadieva Yu. Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF SCIENCE- INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-243 9. Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS, VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 139-140. 10. Yusupovna Yu.M. Qashqadaryo viloyati salohiyatini iqtisodiy tahli ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue-11li.371-374 11. Muxammadiyeva Yu.Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF SCIENCE- INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-24

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sanoat korxonalarini rivojlantirish, o`zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarida ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy bashorat qilish, tavakkalchilik va no…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sanoat korxonalarini rivojlantirish, o`zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarida ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy bashorat qilish, tavakkalchilik va no… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli tving, ish haqi, mehnat samaradorligi, juft regressiya, Regressiya, ko`p omilli regressiya, modellashtirish, limit, noaniqlik, dispersiya, tannarx
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники