К содержанию
РецензированоRU2023

ИЗУЧЕНИЕ И ПРИМЕНЕНИЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА АБДУЛЛЫ АВЛАНИ К СОВРЕМЕННОЙ МОЛОДЕЖИ

Saidova E’zoza Ravshan qizi · Eshmetov Alibobo Yangiboy o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, a brief analysis of the life and work of Abdulla Avloni and his works is presented. Key words: competition, "First Teacher", "Second Teacher", "Turkish culture or morals", "School culture", "Education champion of Uzbekistan". ИЗУЧЕНИЕ И ПРИМЕНЕНИЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА АБДУЛЛЫ АВЛАНИ К СОВРЕМЕННОЙ МОЛОДЕЖИ Аннотация. В данной статье представлен краткий анализ жизни и творчества Абдуллы Авлони и его творчества. Ключевые слова: борьба, «Первый учитель», «Второй учитель», «Турецкая культура или мораль», «Школьная культура», «Педагог Узбекистана». Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola, bo‘lgay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga. (Abdulla Avloniy) Shunday insonlar borki, ular inson hayotida juda ham kuchli taassurot qoldiradilar va inson qalbini amalga kirgan daraxtlarday uyg‘otadilar, ko‘ngil novdalariga ezgulik mujdalarini ila boshlaydilar. Shunday sevimli inson va ijodkorlardan biri mashhur o‘zbek ma’rifatpari uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, shoir, yozuvchi va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878- yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan. Shoirning ota-onasi savodli kishilar bo‘lgan va otasi – Miravlon aka, onasi – Fotima opa adibning shunday yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga juda katta hissa qo‘shishgan. Abdulla Avloniy 7 yoshida O‘qchi mahallasidagi eski maktabga borib Akromxon domladan savod chiqaradi. Eski maktabni tamomlagandan keyin 1890-yilda 12 yoshida shu mahalladagi madrasaga o‘qishga kiradi. U yoz paytlari ishlar va ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o‘qir edi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qilgan. Duradgorlik, binokorlik kabi 8 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kasblar bilan shug‘ullanganligi uchun “Imoratchi usta” degan nom olgan. Ilmga bo‘lgan mehri tufayli keyinchalik u Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxundan tahsil oladi.Ammo tirikchilikning og‘irlashuvi o‘qishga imkon bermaydi: “1891-yildan boshlab faqat qish kunlarida o‘qidim, boshqa fasllarda mardikor bo‘lib ishladim”1, - deb yozadi. Garchi adibning bolalik davri og‘ir kechgan bo‘lsada, u barcha mashaqqatlarni yengib, o‘z maqsadi sari olg‘a intiladi. O‘ta iqtidorli bo‘lgan Avdulla Avloniy she’riyatga qiziqishi bolalik chog‘laridanoq shakllangan bo‘lsa-da ilk she’rlarini 1894-yildan boshlab 15-16 yoshlarida yoza boshlaydi. Afsuski adibning ushbu davrlarda yozgan she’rlari bizgacha saqlanmagan. Yosh adib Alisher Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ygan va so‘ngra ishtiyoq bilan fors tilini o‘rgangan. Adibning 1905-yildan boshlab yaratilgan asarlarigina bizga yetib kelgan. Dastlabki she’rlarida va “Hijron” degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib-o‘rganishga targ‘ib qilgan. 1904-yilda Avloniy Mirobodda usuli jaded maktabini ochadi. Toshkent davlat universitetida (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy mazkur Maktab haqidagi xotiralarida shunday yozgan edi: “Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktabning fazilatlar haqida shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug‘i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: “Miroboddagi maktab 6 oyda o‘qish- yozishni o‘rgatarmish, jug‘rofiya, hisob, tabiatni o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish” , - degan gap yurardi. Abdulla Avloniy 1907-yilda “Shuhrat”, “Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq “Sadoyi Turkiston” (1914-1915), “Turon” (1917), “Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik harakati” (1921) jurnalida muharrir bo‘lib ishlaydi.1 Adibning 1909-1917-yillar davomida maxsus maktab bolalari uchun yozilgan 10 dan ortiq kitobi maydonga keldi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni” singari darsliklari, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami inqilobga qadar bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko‘p yangi usul maktablari uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. “Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochiz onalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur muallimlari dars jadvalina kiritub, maydoni ta’lima qo‘ydilar ”, - deb yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan. Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913-yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. 1916-yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, “Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo‘yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Abdulla Avloniy 1914-1916-yillari Farg‘ona vodiysida gastrollarda bo‘ladi. Abdulla Avloniy 1917

Доказательный фрагмент

«In this article, a brief analysis of the life and work of Abdulla Avloni and his works is presented.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, a brief analysis of the life and work of Abdulla Avloni and his works is presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competition, "First Teacher", "Second Teacher", "Turkish culture or morals", competition,, jadidchilik,”Birinchi Muallim, борьба, «Первый учитель
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники