Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СЕМЬЯ-ГЛАВНОЕ ЗВЕНО В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ!
Mavlonova Nilufar Oybek qizi
Современная наука и исследования · 2 · 551-556 · 2023
Аннотация
This article discusses the role of the family in raising children, the role of family members in their moral education. Key words: education, family, parents, child, morality, culture. СЕМЬЯ-ГЛАВНОЕ ЗВЕНО В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ! Аннотация. В данной статье рассматривается роль семьи в воспитании детей, роль членов семьи в их нравственном воспитании. Ключевые слова: воспитание, семья, родители, ребенок, нравственность, культура. Oila – jamiyatning tayanchi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir. Shunday ekan bola tarbiyasida oilaning tutgan o‘rni katta ahamiyatga ega. Agar farzand yoshligidan to‘g’ri tarbiyalansa, kelajakda jamiyat uchun munosib shaxs bo‘lib yetishadi. Albatta bunga ota-onaning o‘rni katta, o‘z farzandiga bo‘lgan munosabati, kattalarga bo‘lgan hurmati, ota-onaning bir biriga bo‘lgan hurmati alohida ahamiyatga ega. Agar yosh bolaning oldida yolg’on gapirsa, bilamizki, bolalar kichkinaligida juda ham qiziquvchan va ko‘p savol beradigan bo‘lishadi, agarda ular so‘ragan narsalarda yolg’on ishlatsak ularda shu narsaga nisbatta boshqacha fikr paydo bo‘lib qoladi. Bola shu narsaga asta sekinlik bilan ko‘nikib boradi va unga siz o‘rgatmasangiz ham ba’zida yolg’on gapiradi, aldaydi. Lekin bu narsaga hech qachon ota-ona o‘zini ayblamaydi aksincha farzandini koyiydi. Ingliz filasofi DJ.Lokkning fikriga ko‘ra, “bolaning qalbi nimani xohlasa yozish mumkin bo‘lgan oq qog’ozga o‘xshaydi”, - bu oppoq qog’ozni yaxshi narsalar bilan ham yomon narsalar bilan ham to‘ldirish ota-onaga bog’liq. Bola tarbiyasida ota-ona birdek mas’uliyatga ega bo‘lishi lozim. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki, bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba'zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi. Farzand tarbiyasida ota- onaning muomalasi ham muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. 8 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo‘lgan munosabati bola qalbiga yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarini vujudga keltiradi. Oila muhiti - bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o‘zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig‘indisi va nihoyat, kattalarning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish namunasi natijasidir. Taniqli pedagog A.S.Makarenko aytganidek, besh yoshgacha bo‘lgan bola tarbiyasida bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqida shunday deb yozgan: “Tarbiyaning bosh asosi besh yoshigacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 % ni tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyasidagi e‘tibori, oilaviy muhitning sog‘lomligi farzand kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Farzand tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida quyidagi ibratli o’g’itlarni bor: “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim”. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo’lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy- hayotiy tajribalar, ko’nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib, rivojlanib boradi, tarbiyaning tub mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo’lib, tarbiyaning mazmuni, yo’nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog’liq. Farzandlarimizni intizomga o‘rgatishimiz oilamizning mustahkamligiga asos bo‘ladi. Islom dini ham shu ma’noda ota-onalarni o‘z farzandlariga sog‘lom tarbiya berishg
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role of the family in raising children, the role of family members in their moral education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role of the family in raising children, the role of family members in their moral education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, family, parents, child, morality, culture, воспитание, семья, родители, ребенок, нравственность, культура., tarbiya, oila, ota-ona, farzand, axloq, madaniyat., education, family, parents, child, morality, culture.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014