К содержанию
РецензированоRU2023

ГАРМОНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ПЛАТЬЕВ И ЧЕРНЫХ НАЦИОНАЛЬНЫХ УЗОРОВ

Ismailova Ayjamal · Jóraeva Moxigul · Berdaq nomidagi QDU · Nukus shahri.

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article describes the adaptation of the national costumes and patterns of the Karakalpak people to modern styles and their place in the world of modern fashion. Key words: Silhouette, fashion, transformation, avant-garde, zoomorph. ГАРМОНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ПЛАТЬЕВ И ЧЕРНЫХ НАЦИОНАЛЬНЫХ УЗОРОВ Аннотация. В данной статье описывается адаптация национальных костюмов и узоров каракалпакского народа к современным стилям и их место в мире современной моды. Ключевые слова: Силуэт, мода, трансформация, авангард, зооморф. Tarixdan bizga malumki, liboslar turli xil korinishda bugungi kungacha ózgarib, yangilanib kelgan. Har bir xalqning óz milliyligi, urf- odati, madaniyati óz kiyimlarida aks ettirilgan. Kiyimlar oldiniga faqat tanani yopish va yashirish maqsadida foydalanilgan bólsa, bugungi kunga kelib nafaqat tanani yopish balki, estetik gózallik va qulaylik uchun ham tanlanadi. Qoraqalpoq milliy liboslari óziga xosligi , betakrorligi, gózal naqshlari bilan boshqa milliy liboslardan ajralib turadi. Misol qilib ayollar liboslarini oladigan bólsak, ranglari, selueti, rangbarang naqshlari óziga hos manoga ega. Yoshi va oilaviy axvoli, yosh qizbola ekanligi shu naqsh va libos rangiga, kiygan libos seluetiga qarab aniqlangan. Ayollar liboslari erkaklar kiyimlariga nisbatan yorqin, bezakdor va naqshlarga boy, qulay bólgan. Ayollar liboslari rangbarang bólib, yoshi uluǵ ayollar oq rangli kiyimlar kiyishgan. Naqshlar- amaliy sanaatning eng qadimiy turi hisoblanadi. Undagi har bir chiziq tabiat bilan chanbarchas boǵliq. Milliy naqshlar- ósimlik tipi islimiy naqshlar, hayvonot zoomorf tipli naqshlar va geometrik naqshlarga bólinadi. Erkaklar kiyimlarida asosan geometrik va zoomarf naqshlar ustunlik qilsa, ayollar va bolalar liboslarida islimiy va zoomorf tipli naqshlar foydalanilgan. Geometrik naqshlarga- kvadrat, uchburchak, aylana, romb vkz. Zoomorf naqshlarga- tuyetaban, ǵarǵa tirnaq, qumirsqa bel, ǵaz moyin, qoshqar muyiz, tishqan izi vkz. Ósimlik tipi naqshlarga- ǵawashagul, erik gul, qareli gul, ayǵabaǵar va boshqalar. 7 67 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qoraqalpoq kashtachiligida asosan 7 ta rang foydalanilgan. Bayramona liboslar va ayollar kiyimlarida qizil rang qóllanilgan. Yashil rang ósimlik dunyosi ramzi, bahor faslini, ósimliklar rangini anglatadi. Sariq rang issiqlik yorqinlik, oq rang muqaddaslik belgisi, jigar rang yer timsoli hisoblangan. Bu naqshlarni zamonaviy liboslarda qóllanish natijasida ham zamonaviy liboslarda ham milliy liboslarda ózgarishlar sodir bóladi. Chunki moda termini yangilik bilan boǵliq hisoblanadi. Bu yangilikka milliy naqshlarni uyǵunlashtirish milliy liboslarning transformatsiya bólishiga olib keladi. Transformatsiya-qayta ózgarish, hosil bólish manosini beradi. Demak, biz milliy naqshlardan foydalanib yaratgan yangi liboslar transformatsiya qilingan yani qayta hosil bólgan liboslar hisoblanadi. Bunda kiyim rangi, hajmi, libos kimlarga atalganligiga qarab naqsh turlari va ranglari tanlanadi. Transformatsiyalangan liboslar uslub jihatdan yangilangan bólib, ózida milliylikni aks ettirishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Etno uslubini har qanday uslub bilan uyǵunlashtirish, boǵlash mumkin. Masalan sport, klassika, romantika, avangard vkz. Libosga tanlanadigan gazlamalar zich tóqilgan, naqsh tikilish jarayonida yiǵilib qolmaydigan va naqshni tekis kórsatib turuvchi mato bólishi lozim. Shu bilan bir qatorda, mato tabiiyligi va havo ótqazuvchangligi yuqori bólsa libos yanada qulay va yengil bóladi. Chunki libos nafaqat chiroyli, bejirim bólishi balki, qulay ham bólishi zarur. Libos selueti moda olamida takrorlanishi tabiiy xol hisoblanadi faqat ayrim detallar ósha zamonga mos qilib ózgargan holda. Hozirgi kunda libos selueti keng bichimga ega va milliylikni 7 68 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ózida jamlagan bosiq rangli liboslar urfga kirgan. Liboslar milliy zargarlik buyumlari bilan tóldirilib milliy ruhdagi zamonaviy obrazni yaratib beradi. Kiyim- insoniyat tarafidan yaratilgan sanat asari. Vaqt ótgani sari u ham rivojlanib, sayqallanib, óz zamoniga moslashib estetik gózalligini saqlagan holda ózgarib boradi. Rivojlanishning uzoq yólini bosib ótgan qoraqalpoq milliy kiyimlari XIX asrga kelib sanat durdonasiga aylanib jahon muzeylarining eksponati bóla oldi. Bugungi kunga kelib tóy libosi sanalgan kók kóylak bayramlarda kiyilib qolmay, uzatiladigan qiz tóy kuni kiyishi urfga kirdi. Bundan tashqari kashtalangan qizil choponli oq kóylak ham har xil kórinishda tóy liboslari sifatida foydalanilmoqda. Aslida bunday choponli liboslar bayramlarda kiyilgan va naqshinkor bólgan. Asosan Navróz bayramida bunday liboslarning har xil turdagisini yoshga qarab kiyishadi. Xulosa qilib aytganda qoraqalpoq ayollari boshqa millatlar singari zamonga qarab liboslar tikishgan va dunyo modasi bilan hamn

Доказательный фрагмент

«This article describes the adaptation of the national costumes and patterns of the Karakalpak people to modern styles and their place in the world of modern fashion.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the adaptation of the national costumes and patterns of the Karakalpak people to modern styles and their place in the world of modern fashion. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Silhouette, fashion, transformation, avant-garde, zoomorph, Silhouette, fashion, transformation, avant-garde, zoomorph., Силуэт, мода, трансформация, авангард, зооморф., Seluet, moda, transformatsiya, avangard, zoomorf.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники