К содержанию
РецензированоUZ2022

Modular form of improving the technology of improving the quality of education through modernization

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS · MODERNIZASIYALASH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH · TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING MODULLI SHAKLI · Normo’minov B.U.

Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке · 2022

Аннотация

the article analyzes the modular form of improving the technology of increasing the quality of education through modernization. Keywords: modernization, education, technology, improvement, module, knowledge, skill. Yangi O’zbekiston strategiyasi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida mamlakatimizda sifatli ta’limga erishishi texnologiyalarini takomillashtirib borish vazifalari belgilangan [1]. Bunday texnologiyalarni takomillashtirishning shakllaridan biri ta’lim jarayonini modernizatsiyalashdir. Bu o’rinda e’tiboringizni modernizatsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini takomillashtirishning modulli shakli tahliliga tortamiz. Ta’lim muhitini modernizatsiyalash moduli. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha Milliy dasturi”da sifatli ta’limning bir qator texnologiyalari belgilangan [2]. Bunday texnologiyalarning asosiylari ta’lim sharoitini kuchaytirish, ta’lim oluvchilar va ta’lim oluvchilarga o’ziga xos ta’lim muhitini yaratish hamda o’zlashtirish jarayonini kuchaytirishdan iborat. Bugungi kunda mamalakatimiz ta’lim jaryonida ana shu texnologiyalar asosida sifatli ta’lim ko’rsatkichlariga erishish vazifalari amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda mazkur texnologiyalarni takomillashtirish shakllaridan biri ta’lim muhitini modernizatsiyalash modulidir. Mazkur modulda quyidagi masalalar muhim o’rin tutadi: 1. modullashtirish imkoniyatlaridan foydalanish; 2. modullashtirish asosida ta’lim muhitini modernizatsiyalash; 3. modullashtirilgan ta’lim muhitni modernizatsiyalashning samaradorligini baholash. Modul - bu ta’lim va tarbiya jarayonini muayyan andoza asosida amalga oshirish jarayonidir [3]. Shu jihatdan modullashtirishda ta’lim va tarbiya jarayoni bo’laklarga bo’linib amalga oshiriladi hamda unda ta’limning amaliy samaradorligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Misol uchun, bugungi kunda mamlakatimizda Pedagogika o’quv fani 26 XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS pedagogika nazariyasi, didaktikasi, metodologiyasi va texnologiyasi modullariga bo’lib o’qitilmoqda. Shu ma’noda ta’lim muhitini modernizatsiyalash moduli o’ziga xos andoza asosida ta’lim-tarbiya jarayonini yangilashni nazarda tutadi. Bunda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: a) ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish; b) ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirish; v) ta’lim muhitini muntazam rivojlantirib borish. Bu masalalar ta’lim muhitini modernizatsiyalash modulining tarkibini tashkil qiladi. Shu jihatdan ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoitlar – bu ta’lim maskanlarining binolarini pedagogik, psixologik va sanitariya-gigiena talablariga mos ravishda qurish, ularni eng zamonaviy va yangi texnik uskunalar hamda jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonida vaqt rejimiga qa’tiy amal qilish kabilardan iborat. Jumladan, Milliy dastur asosida mamlakatimiz umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi sharoitlar muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor yangi binolar qurish va ularni so’ngi modeldagi texnologiyalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida umumiy o’rta ta’lim maktablarining sharoitlari yangilanib bormoqda. Ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirib borish ta’lim jarayonini modernizatsiyalash modulining muhim qismidir. Shu jihatdan bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda nodavlat ta’lim muassasalari mamlakatimizda ta’lim muhitini kengaytirish va ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim sharoitlari, ta’lim muhiti, ta’lim berish sifati va ta’limni o’zlashtirish jarayonlarini kengaytiradi. Bunda ayniqsa, ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar o’qitishning turli ko’rinishlariga ega bo’ladi. Mazkur ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va xalqaro ta’lim dasturlari (masalan, TIMSS, STEAM kabilar) talablari asosan ishlab chiqilgan o’ziga xos o’quv rejalari, dasturlari hamda adabiyotlari amal qilmoqda. Shu jihatdan nodavlat muassasalari ta’lim jarayonini modernizatsiyalash modulining muhim tarkibi sifatida biz tomonimizdan qabul qilinadi [4]. Modullashtirilgan yondoshuv asosida ta’lim muhitini rivojlantirib borish ham ta’lim jarayonini modernizatsiyalashning muhim tarkibiy qismidir. Bunda o’qitishning noan’anaviy shakllari vositasida ta’lim muhitini rivojlantirish borish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun maktabdan tashqari ta’lim shakllari bo’lgan ekskursiya, ekspeditsiya, sayyohat kabi noan’anaviy o’qitish shakllaridan foydalanish modullashgan ta’lim muhitini rivojlanti

Доказательный фрагмент

«the article analyzes the modular form of improving the technology of increasing the quality of education through modernization.»

Образец извлечения

Демо-превью

the article analyzes the modular form of improving the technology of increasing the quality of education through modernization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modernization, education, technology, improvement, module, knowledge, технология, modernizatsiyalash, совершенствование, образование, навык, модуль, takomillashtirish, modul, знание, ta’lim, texnologiya, bilim, модернизация, ko’nikma, skill
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники