К содержанию
РецензированоRU2026

Проблема образа «Я» и самооценки личности

Samatova Nigora Davlataliyevna · Subhiddinov Sayfiddin Qahramon o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi. Kalit so‘zlar: "Men" konsepsiyasi, obraz, shaxs, oʻz-oʻzini baholash, oʻz-oʻziga baho berish, refleksiya, autosuggestiya, korreksiya,"Men" obrazi, Z.Freyd, himoya mexanizmi. Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. “Men”-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. “Men” - obrazi asosida ham bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‘liq xolda turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq 435 yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o‘z- o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u sub’ektiv xarakterga egadir. O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta past yoki yuqori ham bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, o‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). Ya’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor.Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i yerdan o‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘z

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho beri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho beri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
образ «Я», "Men" obrazi, protection mechanism, self assessment, самооценка, Freyd, himoya mexanizmi, образ, личность, оценка, коррекция, reflection, personality, shaxs, "I" image, refleksiya, korreksiya, image, Фрейд, oʻz-oʻziga baho berish, "I" concept, Концепция «Я», self-evaluation, autosuggestiya, oʻz-oʻzini baholash, Freud, рефлексия, самовнушение, "Men" konsepsiyasi, механизм защиты, Я, correction, autosuggestion, obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4