К содержанию
РецензированоRU2022

Методика развития речевой компетентности у студентов профессионально-технических учебных заведений

KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QUVCHILARIDA NUTQIY · KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH METODIKASI · Mamanova Sayyora Faxriddinovna

Информатика и инженерные технологии · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, filologik darslarda nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan. Maqolada kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining nutqiy imkoniyatlarini oshirishning ahamiyati hamda nutq kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullari ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: kompetensiya, nutqiy kompetensiya, interfaol ta’lim texnologiyalari, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish, gapirish. Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarga innovatsion, ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib taʼlim berish hamda o‘quvchilarning taʼlimdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187- sonli qarori, 2019- yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiy- nazariy tomoni lugʼatlarda, darslik va o‘quv va metodik qo‘llanmalarda izoh berilib, atroflicha yoritilgan. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli yangi pedagogik texnologiyalarga talab ham oshib bormoqda. Buyuk bobomiz Farobiyning fikricha, qanday qilib taʼlim berish va taʼlim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, yaʼni 417 substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Shu nuqtayi nazardan ham kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi. Ta’lim jarayonida nutq o‘stirish o‘qituvchi va o‘quvchining nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va o‘stirishga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy faoliyatdir. Kasb-hunar ta’limi o‘quvchilar nutqini o‘stirish hamisha pedagogik rahbarlikni talab etadi. Kasb-hunar maktablarida filologik fanlarni o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish, tilimizning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan. Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim – oʼquvchilarning egallangan bilim, koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi. Kasb- hunar maktablarida filologik darslarning sifat va samaradorligini oshirishda nutqiy kompetensiyalarning o‘ziga xos o‘rni muhim sanaladi. . Kasb-hunar maktablarida filologik darslarda o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish innovatsion metodlar asosida amalga oshirildi. Jumladan, Kasb-hunar maktablarida filologik darslarda innovatsion, interfaol ta’lim texnologiyalar (“Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, filologik darslarda nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, filologik darslarda nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interactive education technologies, понимание на слух, говорение, speech competence, competence, interfaol ta’lim texnologiyalari, tinglab tushunish, речевая компетентность, reading comprehension, writing, yozish, письмо, компетентность, speaking, gapirish, kompetensiya, listening comprehension, nutqiy kompetensiya, понимание прочитанного, интерактивное обучение технологии, o‘qib tushunish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники