Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОЯВЛЕНИЕ МОТИВОВ СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В АНАЛИЗАХ.
Qodirjon Arzibayev · IN ANALYSIS. (instituti p.f.n., dotsenti F.Turdiyev taqrizi ostida)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article presents studies conducted on the problem of motivation for playing sports, opinions and comments of scientists dealing with this problem. Key words: sport, activity, motive, motivation, psychological, activity, research, scientist, thought, athlete, validity, mechanism, resources, analysis. ПОЯВЛЕНИЕ МОТИВОВ СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В АНАЛИЗАХ. Аннотация. В данной статье приводятся исследования, проведенные по проблеме мотиваsии занятий спортом, мнения и комментарии ученых, занимающихся данной проблемой. Ключевые слова: спорт, деятельность, мотив, мотиваsия, психологическая, деятельность, исследование, ученый, мысль, спортсмен, обоснованность, механизм, ресурсы, анализ. Ma’lumki, sport faoliyati sportchilar motivatsiyasiga ta’sir kо‘rsatadi. Har bir sportchi sportdagi yutuq va mag‘lubiyatni turlicha qabul qiladi. Ayrim sportchilarni g‘alaba ruhlantirsa, boshqalariga aks ta’sirini kо‘rishimiz mumkin. Mag‘lubiyat ham sportchilarga bir xil ta’sir kо‘rsatmaydi. Bu masalani oydinlashtirish maqsadida kurash sporti bо‘yicha trener bilan bо‘lgan suhbat jarayonida ma’lum bо‘lishicha, ular oldida iqtidorli bolalarni ajratish muammosi emas balki ularda ushbu sport turiga nisbatan fidokorlik va muhabbat tuyg‘usini singdirish vazifasi turganligini kо‘rsatdi. Aksariyat trenerlarning ta’kidlashicha, kurash sportiga nisbatan bolalarning qobiliyatini aniqlash uchun 3-4 haftaning о‘zi yetarli bо‘ladi., biroq kо‘pincha aynan tengdoshlari orasida ajralib turuvchi birmuncha iqtidorlilar saralanadi. Trener о‘smirlar bilan bо‘lgan faoliyatida yana о‘ziga xos paradokslarga duch keladi. Bu jarayonda sport natijalarining dinamikasi har doim ham oldindan bashorat qilinganidek bо‘lmaydi. Qobiliyatli umidli о‘spirin birdaniga rivojlanishdan tо‘xtaydi, kechagi о‘rta xol bola kutilmaganda oldingi qatorga о‘tib oladi. Kо‘pincha bu omillarni tushuntirishda atrofdagilarni 6 94 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ta’siri ham qiziqishlarning о‘zgarishi bilan bog‘lanadi. Ayniqsa, qadr-qiymatini qayta baholash sportchining bir yosh kategoriyasidan boshqa yosh davriga о‘tish jarayonida sodir bо‘ladi.Moskva sport psixologiyasi maktabi asoschisi P.L.Rudik fikricha, faoliyat (sport faoliyati) – bu insonning о‘z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga qaratilgan harakatlari majmui bо‘lib, quyidagi sxemadan iborat: ehtiyojlar, motivlar, maqsad, harakatlar, faoliyat natijasi. Faoliyatning о‘ziga xos xususiyatlari uning ijtimoiy xarakteri, maqsadliligi, rejalashtirish, tizimliligidir. Sport faoliyatining motivlari dinamik namoyon bо‘lishi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, uzoq muddatli sport jarayonida bitta sportchi muntazam ravishda motivlarni о‘zgartiradi. Lenengrad sport psixologiyasi maktabi asoschisi A.S. Puni sport faoliyati motivlari bо‘yicha olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida sportga rag‘batlantiruvchi motivlar rivojlanishining dinamikasini belgilab berdi. Uning fikricha ular uch bosqichda namoyon bо‘ladi: Sport bilan shug‘ullanishning dastlabki bosqichi. Bu davrda sport faoliyatiga kirishib ketishga bо‘lgan dastlabki urinishlar amalga oshiriladi. A.S. Puni harakat qilishga undovchi motivlar – jismoniy mashqlarga anglanmagan qiziqish, tabiiy xarakterga ega bо‘lishi, ushbu sport turi bilan shug‘ullanish uchun qulay bо‘lgan ekologik sharoitlar bilan bog‘liq hamda kо‘pincha burch elementlarini о‘z ichiga olashi bilan tavsiflanadi deb xisoblaydi. Tanlangan sport turi bо‘yicha mutaxassislik bosqichi. Uning fikricha ushbu bosqichda motivlar - muayyan sport turiga qiziqishni rivojlantirish, muayyan sport turi bо‘yicha kashf etilgan qobiliyatlarni rivojlantirish, muvaffaqiyatni mustahkamlashi hamda maxsus bilimlarni kengaytirish, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni о‘zlashtirish istaklarida namoyon bо‘ladi.Bundan tashqari, sport faoliyati ehtiyojga aylanadi ya’ni jismoniy yuklamalarga kо‘nikish fonida, ularni xis qilish odat tusiga kiradi. Sport mahorati bosqichi. Bu erda asosiy motivlar intilishda ifodalanadi - sport mahoratini yuqori saviyada saqlab qolish va bundanda katta muvaffaqiyatlarga erishish, sport yutuqlari bilan Vatanga xizmat qilish, ushbu sport turini rivojlantirishga kо‘maklashish, ularning tajribasini yosh sportchilarga о‘tkazish zarurati kabilar bilan izoxlanadi.Sport faoliyatining motivlari aniq ijtimoiy yо‘nalish va pedagogik intilishlar bilan tavsiflanadi. Sportni rivojlantirishda motivatsiya fenomeni muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya nafaqat sportchi shaxsining tavsifnomasi bо‘lib qolmay balki uni qо‘yilgan maqsad tomon olib boradi hamda sport faoliyatining turli jarayonlariga ta’sir qiladi. Motivatsiyaning о‘ziga xos xususiyati uning ta’sir doirasi о‘z navbatida sport faoliyatiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Raqobatdoshlik sharoitida о‘zini tо‘laqonli namoyon qilib, о‘z oldiga qо‘ygan maqsadga erishishida aniq usullarga ega bо‘lgan yuqori darajadagi motivatsiyasi shakllangan sportchidan kutish mumkin. Sport
Доказательный фрагмент
«This article presents studies conducted on the problem of motivation for playing sports, opinions and comments of scientists dealing with this problem.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents studies conducted on the problem of motivation for playing sports, opinions and comments of scientists dealing with this problem. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sport, activity, motive, motivation, psychological, activity, research, scientist, sport, activity, motive, спорт, деятельность, мотив, sport, faoliyat, motiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026