Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Значение стрессовых ситуаций для человека
INSONLARDA UCHRAYDIGAN XAVOTIRLI VAZIYATLARNING · Jaloliddinova Sevinch Aktam qizi
Информатика и инженерные технологии · 1993
Аннотация
Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo'lgan ayollarning psixik holati va buning natijasida insonlarning kundalik hayotda ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi, uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: Xavotirlilik, hissiy kechinmalar, anksiyete, nevroz, ijtimoiy fobiya, agorafobiya, psixologik himoya. Psixologiya sohasining dolzarb muammolariga aylanib borayotgan xavotirlilik, nafaqat inson psixikasiga balki, uning fiziologik jihatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmayotganligini amaliy jarayonlardan ko‘rish mumkin. Hozirda juda ko‘p shaxslarning sog‘lom turmush tarzini o‘zgarishiga ta’sir etayotgan salbiy hissiy kechinmalar bisyor. Ulardan biri - xavotir hissi. Xavotirlilik qandaydir muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘rquv va tashvish hislarining uyg‘unlashuvi hisoblanadi. Bu holat odamga faoliyatning har qanday ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Hozirda AQSH aholisining har o‘nta odamidan biri xavotir va hissiy kechinmalar tufayli kelib chiqadigan asab buzilishining qurboni bo‘lmoqda. Xavotir hissi hozirda ruhiy kasallik darajasigacha ko‘tarilgan dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bu tuyg‘u odamlarga keyingi o‘ttiz yil ichida chechakka nisbatan o‘n karra ko‘proq zarar keltirgan[1]. Taxminlarga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan olib borligan xavotir testlarining natijasida 264 million insonda xavotirlilik aniqlangani va bu ko‘rsatkichning 63 foizini ayollar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Demak erkaklarga qaraganda ayollarda xavotirlilik ikki baravar ko‘p uchraydi. Anksiyete – lotin tilidan olingan bo‘lib, insonning iztirob yoki qayg‘u holati yoki tananing tashvish va qo‘rquvga bo‘lgan munosabati. Bu holat kuchli nevrozga sabab bo‘lishi mumkin. Jismoniy va psixologik ortiqcha ish, yengil yoki o‘tkir stressli vaziyatlar odamda tashvishli nevrozning sabablari hisoblanadi. Bu buzilish ko‘pincha 404 depressiyaning murakkab shakliga yoki hatto fobiyaga aylanadi. Shuning uchun anksiyete nevrozini davolash imkon qadar erta boshlanishi kerak.[2] Ko'proq ayollar ushbu kasallikdan aziyat chekishadi, chunki ularning gormonal darajasi ko‘proq himoyasiz. Nevrozning belgilari: • tashvish hissi; • yurak urishi; • bosh aylanishi; • turli organlarda og‘riq; Anksiyete nevrozi beqaror psixikaga ega bo‘lgan yoshlarga, endokrin tizimidagi muammolarga, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo‘lgan ayollarga, shuningdek, qarindoshlari nevroz yoki depressiyadan aziyat chekkan odamlarga ta'sir qiladi. Nevrozning o‘tkir davrida odam qo‘rquv tuyg‘usini boshdan kechiradi, vahima hujumiga aylanadi, bu 20 daqiqagacha davom etishi mumkin. Nafas qisilishi, havo yetishmasligi, titroq, disorientatsiya, bosh aylanishi, hushidan ketish mavjud. Ba’zida inson xavotiriga sabab undagi fobiya ham bo‘lishi mumkin. Masalan, quyidagilar: • Ijtimoiy fobiya - diqqat markazida bo'lishdan qo‘rqish; • Agorafobiya - ojiz qolishdan qo‘rqish.[3] Xavotirga tushgan ko‘plab odamlar uchun ularning holati kundalik hayotda ishlash qobiliyatiga ta’sir qiladi. Umumiy tashvish buzilishi bo‘lganlar uchun alomatlar namoyon bo‘lishi mumkin: bezovtalik, o‘zini chekkada his qilish, charchoq, diqqatni jamlash qiyinligi va mushaklarni kuchlanishi. Ko‘p tashvish kasalliklari odamlarda vahima qo‘zg‘ashga olib keladi, bu ob’ekt yoki vaziyat tomonidan qo‘zg‘atilgan kuchli qo‘rquv davri bo’lib, ular bir necha daqiqada eng yuqori darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Bundayin xavotirlilik inson sog‘ligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi ko’plab olimlar tomonidan e’tirof etildi. Nafaqat insondagi xavotirlilik, balki negativ bo’lgan barcha hislarni boshdan kechirganda, ular organizmda asoratsiz ketmaydi. “Meyo” klinikasi shifokori doktor U.S. Alvares shunday degandi: “ Oshqozon yarasi ko’pincha sizning hissiy holatingiz ko’tarilishi va pasayishi tufayli kuchayishi yoxud pasayishi mumkin”. Bu “ Meyo” klinikasida oshqozonning u yoki bu kasalliklarini davolash kursini o‘tayotgan 15 ming mijozni tadqiq qilish natijasida o‘z tasdig‘ini topdi. Har besh mijozni to‘rttasida kasalliklar paydo bo’lishi uchun jismoniy asos yo’q. Qo‘rquv, xavotir, nafrat, o‘ta xudbinlik va voqelikka moslasha olmaslik oshqozon kasalliklari, xususan, oshqozon yarasining asosiy sababchilaridir. Oshqozon yarasi odamni o‘lim holatigacha olib kelishi mumkin. Amerikaning “ Life” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, oshqozon yarasi odamlar o‘limining eng ko‘p tarqalgan sabablari orasida o‘ninchi o‘rinni egallar ekan. Xavotirning sababchisi qo‘rquv bo’ladi. Xavotir asabiy zo‘riqishga olib keladi, bu esa oshqozon nervlariga ta’sir qiladi. Aslini olganda, u me’yoriy o‘lchamlardan chetga og‘dirib, oshqozon shirasi tarkibini o‘zgartiradi. Bu ko‘pincha oshqozon yarasiga olib keladi. 405 Tibbiyot sohasida “Nobel “ mukofoti sovrindori doktor Aleksis Karrel shunday degan: “Xavot
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik himoya, anxiety, psychological protection, emotional experiences, социальные фобия, тревожность, ijtimoiy fobiya, агорафобия, anksiyete, Тревога, неврозы, agoraphobia, эмоциональные переживания, hissiy kechinmalar, nevroz, Xavotirlilik, agorafobiya, психологическая защита, neurosis, social phobia
Смежные источники
in LibraryХамраев А.Ж., Эминов Р.И.2026
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI векаМ Болтаева, М Хамрокулова2023