Информатика и инженерные технологииMIKRООRGАNIZMLАRDАN GEN MUHАNDISLIGI YОRDАMIDА, SOMATOTROPIN (RSTG) ОLISH TEXNОLОGIYАSI +42026
Лингвистическая характеристика названий лекарственных растений (на примере лекарственного растения Седана)
SHIFOBAXSH O‘SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI · (SEDANA DORIVOR O‘SIMLIGI MISOLIDA) · Islomova Shahnoza Iskandar qizi
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Maqolada o‘zbek tilida turlicha nomlar bilan ataladigan shifobaxsh o‘simlik nomlarini lingvistik izohlash, keng omma uchun tushunarli bo‘lgan variantlarni o‘rganish, dorivor o‘simlik nomlarining etimologik tavsiflari xususiyatlari xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tilshunoslik, tibbiy lingvistika, tibbiy birliklar, tibbiyot terminologiyasi, shifobaxsh o‘simliklar, dorivor giyohlar, xalq tabobati, dorishunoslik (farmatsevtika), o‘simlik nomlari. Mustaqillik yillarida milliy o‘zligimizni anglash, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, o‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirishga alohida e’tibor berildi. Natijada tilning xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining o‘ziga xos ifodasi, yuksak estetik qimmat hamda hadsiz ifoda imkoniyatlariga ega xazina ekanligi yanada oydinlashdi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, “O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning qabul qilinishi o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborning yuksak darajada ekanligining, ona tilimizning davlat tili maqomidagi ijtimoiy nufuzi oshayotganining nishonasidir. Bu yo‘nalishda qaror va farmonlarning qabul qilinishi ona tilimizning barcha sohalarda davlat tili sifatida keng qo‘llanishiga erishishdan iboratdir. Tibbiyotda mavjud bo‘lgan va bemorlar uchun ishlatiladigan dori -darmonlar xususiyatlari, ta’siri, kasalliklar nomlari, shifobaxsh o’simlik nomlari, shifokorlar nutqida uchraydigan ko‘plab so‘zlar bemorlar va ularning yaqinlari uchun tushunarsizdir. Chunki, tibbiy atamalarning deyarli ko‘pchiligi lotin yoki ingliz tilidadir. Bugungi kunda tilshunosligimiz oldidagi dolzarb masalalardan biri milliy tibbiyot tilini yaratish masalasidir. Tibbiyot terminologiyasi dunyoda eng qadimgi maxsus atamalardan biri hisoblanadi. Bu leksikaning ixtisoslashgan sohasi, tilshunoslik fanidir, u oʻrganadi, tahlil qiladi va tavsiflaydi. Jahon tilshunosligida tibbiy lingvistikaga oid ko`plab ishlar qilingan. Z.R. Palutina, A.A. Leontyev, A. Ponomarenko kabi qator olimlarning ishlari tibbiy lingvistikaga oid. O`zbek tibbiy lingvistikasining ildizi zardushtiylikning muqaddas “Avesto” kitobi, Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Urjuza” kitoblariga borib taqaladi. O`zbek tilshunosligida ham bu sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar talaygina. Masalan, N.I.G‘aybullayeva, F.I.Abdulxairova, U.Sh.Ahmadovalarning tibbiy birliklarni o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlari yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan sharq tabobatining asoschisi Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida keltirilgan ayrim kasallik nomlari, shifobaxsh o‘simlik nomlari, dori vositalarining nomlari bugungi kun jahon tibbiyot terminologiyasi uchun asos 401 bo‘lgan deyishimiz mumkin. Fikrimizning dalili sifatida X asrdayoq Ibn Sino tomonidan ta`rif berilgan kasalliklar-u, davo xususiyatiga ega bo‘lgan shifobaxsh o‘simlik nomlarini, dori-darmonlarni keltirishimiz mumkin: tog’un kasalligi, vabo kasalligi, chechak kasalligi(chechakni yuqumli kasalliklar sirasiga kirishini birinchilardan bo‘lib aytgan), teri kasalliklarini—teri berchligi(fillik) deb umumlashtirgan. Ibn Sino kasalliklarga, shifobaxsh o‘simliklarga nom berish turli tomondan bo‘ladi deb ta`kidlaydi. Masalan, dorivor o‘simlik hisoblangan “xanzal”(lotincha nomlanishi shunday)ni Abu Jahl tarvuzi (xalq orasida achchiq tarvuz deb yuritiladi) deb ataydi, ya’ni uning nomi birinchi yetishtirgan qabila va shaxs nomi bilan bog’liq. Yoki tog’ zaytuni, dengiz o‘ti, cho‘l yalpizi –bu shifobaxsh o‘simliklar nomlari yetishtirilgan hudud nomi bilan bog’liq. Ayrim kasallik nomlari etimologiyasi kasallik ko‘rinishini nimadirga qiyosi natijasida hosil qiladi: sher kasalligi (moxov kasalligini), tulki kasalligi (soch to‘kilishini), arslon kasalligi (saratonni) kabi. Shifobaxsh o‘simliklarning foydali xususiyatlarini qadim zamonlarda ham xalqimiz bilishgan va ulardan turli xastaliklarni davolash uchun foydalangan. Shifobaxsh o‘simliklar ko‘plari ilmiy o‘rganilib, tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda. “Dardni bergan Olloh shifosini ham beradi” degan hikmat xalqimiz orasida shakllangan. Haqiqatdan, o‘limdan boshqa barcha kasalliklarning shifosi bordir. Shifoni esa buyuk zot nabototda, hayvonotda va tabiat qo‘ynidagi boshqa ne’matlarda qilib qo‘ygan. Ana shunday shifobaxsh ne’matlardan biri yurtimizda ko‘p uchraydigan sedanadir. Sedana- o‘zbekchada sedana, arabchada shuniz, forschada siyohdona, ya’ni qora dona, ruschada чернушка посевная, lotinchada Nigella sativa deb ataladi. Qur’oni karimda barcha ilmlar mujassam, shu jumladan tibbiyot fani ham. “Hadis”da “Sedana o‘limdan boshqa barcha xastaliklarga shifodir. Sedana non bodlarini suradi. Boshning yarim og’rishi va ich ketishini to‘xtatadi. Yuzning qiyshayishi, sakta, qiynalib va bosinqirab uxlash, xotira faromushligi, bosh aylanishi va ko‘z oldining qorong’ulashuvi kabi xastaliklarda sedana juda foydalidir.” deyilgan. Ta
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘zbek tilida turlicha nomlar bilan ataladigan shifobaxsh o‘simlik nomlarini lingvistik izohlash, keng omma uchun tushunarli bo‘lgan variantlarni o‘rganish, dorivor o‘simlik nomlarining etimologik tavsiflari…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘zbek tilida turlicha nomlar bilan ataladigan shifobaxsh o‘simlik nomlarini lingvistik izohlash, keng omma uchun tushunarli bo‘lgan variantlarni o‘rganish, dorivor o‘simlik nomlarining etimologik tavsiflari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medicinal herbs, folk medicine, dorishunoslik (farmatsevtika), medical units, medical linguistics, pharmacology (pharmaceutical), народная медицина, tilshunoslik, фармакология (фармацевтические), медицинская лингвистика, dorivor giyohlar, tibbiyot terminologiyasi, tibbiy lingvistika, лекарственные травы, medicinal plants, plant names, medicine terminology, медицина терминология, лекарственные растения, linguistics, o‘simlik nomlari, медицинские подразделения, shifobaxsh o‘simliklar, названия растений, tibbiy birliklar, xalq tabobati, лингвистика
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025