Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Условия реализации эмпирического подхода к изучению гендерного равенства в семейных отношениях
. Nazarov · QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK · . Rasulova · REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный · OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI O‘RGANISHGA · EMPIRIK YONDOSHUVNI AMALGA OSHIRISHNING SHART- · Gʻoyibnazarova Soxiba Shakarovna
Информатика и инженерные технологии · 1 · 2020
Аннотация
Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan. Kalit soʻzlar: Gender tenglik, Qonun, gender tenglik, ijtimoiy to’siqlar, jins, oila, ayollar manfaati tengsizlik oila, munosabat, oilaviy munosabat, zulmkorlik, psixoproflaktika, mehnat. Oilaviy qadriyatlar fenomeni psixologiyada turli xil talqinga ega. Jumladan, qadriyatlarning mafkuraviy, axloqiy, estetik va boshqa turlari mavjud bo‘lib, ular odamlarning atrof-muhit va voqelikni baholashi uchun asos sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda qadriyatlar ijtimoiy tajribani egallash jarayonida shakllanib boradi hamda maqsadlar, g‘oyalar, ideallar, e’tiqodlar shaklida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi shaxs yo‘nalganligini mazmun jihatidan izohlaydi va uning borliqqa, o‘zga kishilarga, o‘ziga nisbatan munosabatining ichki asosini belgilaydi, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, hayotiy faollik motivatsiyasining yadrosini, «hayot falsafasi» konsepsiyasi va dunyoqarashning negizini tashkil qiladi. O‘z atrofidagi ijtimoiy muhitni anglagan shaxsning, xususan, talaba-yoshlarning o‘ziga xos xatti-harakat shakllarini namoyon etish jarayonini, psixologik tabiatini, oilaviy qadriyatlarini ijtimoiy tasavvurlar tizimi orqali tushuntirish hamda baho berish dissertatsiya ishimizning vazifalari qatoriga kiradi. Bu esa tasavvurlar va ularning shakllanganlik darajasiga oid ilmiy-nazariy tushunchalarga ta’rif berish zaruriyatini taqozo etadi. 388 Talaba yigit-qizlarning oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlari ularning shaxsiy tajribalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tasavvurlar tizimining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U yoki bu obekt yoxud hodisa haqida bilimning yo‘qligi tasavvurning ham yo‘qligidan darak beradi. Shaxsgacha yetib kelayotgan ma’lumotlar va ular asosida shakllanayotgan bilimlar aniq yoki noaniq, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lib, biror narsa va hodisalar vositasida shakllanadi hamda bu bevosita ta’sir bo‘lgani uchun ham tasavvurlar ana shunga muvofiq tegishli zaylda paydo bo‘ladi. V.M. Karimovaning fikricha tasavvurlar yuzaki, chuqur ma’noli, keng miqyosli yoki tor bo‘lgani uchun ham ularning har bir shaxsda qay darajada shakllanganligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Xususan, oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanganligi uchta: quyi, o‘rta va yuqori darajada bo‘lishi mumkin. Bu darajalarning har biri, tasavvurlar obrazining real ob’ektlarga qanchalik mos kelishi va ongda adekvat aks ettirilishi, ya’ni reallikdagi hodisaga mos kelishi bilan bog‘liqdir. Masalan: talaba-yoshlarda qadriyatlar xususidagi tasavvurlar shakllanganligining quyi darajasi, odatdagiday oddiy, sodda, kundalik holatlar yuzasidan paydo bo‘ladigan obrazlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Unda ob’ektlar haqidagi tasavvurlar ancha xira, tartibga solinmagan, tizimsiz, tarqoq bo‘lib, uning yo‘qolishi ham shunchalik oson kechadi. Shu bois ham, mazkur sodda obrazlardan talaba yigit-qizlarda o‘zlari uchun ahamiyatlisini ajratib olish jarayoni qiyin kechadi. Aniqlanilishicha, ijtimoiy tasavvurlar shakllanganligining o‘rtacha darajasi, ob’ektlar haqidagi haqqoniy qarashlarni o‘z ichiga oladi-yu, lekin talaba (yigit, qiz) uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, shaxsiy ma’no kasb etadigan hodisalarni qamrab ololmaydi. V.M. Karimovaning ta’kidlashicha, bu darajadagi tasavvurlar maktab o‘quvchilari (13-16 yoshlilar) psixologiyasiga xos bo‘lib, ularda to‘g‘ri, ob’ektiv tasavvurlar asossiz boshqa hayotiy zarur tasavvurlar bilan uyg‘unlashgan, shuning uchun, bu holat doimo ham xulq-atvorning yo‘nalishini belgilab beravermaydi. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanganligining yuqori darajasi o‘spirinlik yoshidan boshlanib, ular borliq haqidagi bilimlar tizimi, asosan, muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa va ob’ektlar haqida aniq obrazlarda o‘z aksini topgan. Ma’lumki, bu yoshda o‘spirin uchun o‘ta muhim elementlar, ma’naviy mavzular mavjud bo‘lib, boshqalari shu tasavvurlar atrofida uyg‘unlashib boradi. Bu darajadagi tasavvurlar ob’ektivligi bilan tavsiflanib, shakllanishi jihatdan ijtimoiy-psixologik tabiatga ega bo‘ladilar. Shu bois, bu kabi oilaviy qadriyatlar haqida tasavvurlar yuqori darajada shakllangan ijtimoiy tasavvurlardir. Jumladan, V.M. Karimovaning ilmiy izlanishlari tahlilida «oilaviy ijtimoiy tasavvurlar» kategoriyasi qo‘llangan bo‘lib, muallifning ta’kidlashicha, oilaviy ijtimoiy tasavvurlar (OIT) – shaxsning shunday tasavvurlari tizimiki, ular vositasida shaxs «Oila» tushunchasi atrofidagi barcha hodisa va ob’ektlarni tushunadi va o‘z munosabat (ijtimoiy ustanovka)larini shakllantiradi. Ular mohiyatan ijtimoiy bo‘lgani uchun ham oilaviy hayotning deyarli barcha sohalarini – o‘zaro mu
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychoprophylaxis, гендерное равенство, пол, труд, психопрофилактика, zulmkorlik, family, gender tenglik, oilaviy munosabat, семья, munosabat, relationship, отношения, oila, ayollar manfaati tengsizlik oila, labor, угнетение, jins, gender, Qonun, ijtimoiy to’siqlar, social barriers, women's interest inequality family, Gender equality, oppression, mehnat, семейные отношения, Закон, psixoproflaktika, неравенство интересов женщин, family relationship, Law, социальные барьеры
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021