Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Значение LAT-технологий в повышении профессионального мастерства студентов
TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI · TAKOMILLASHTIRISHDA LAT TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI · Djurayeva Lola Rustamovna
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiya LAT – loyihaga asoslangan ta’lim, uning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida umumiy ma’lumot berilgan bo‘lib, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasi orqali kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish usullari keng yoritilgan. Tayanch iboralar: LAT – Loyihaga asoslangan ta’lim, loyiha, muloqot, tanqidiy fikrlash, doimiy tadqiqot, refleksiya, real hayot, jamoa mahsuloti. Zamonaviy sharoitda o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtirish ta’lim sifati va samaradorlini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada XXI asrning eng samarali ta’lim texnologiyalaridan biri LAT-Loyihaga asoslangan ta’lim haqida so‘z yuritamiz. Loyihaga asoslangan ta’lim (LAT) - bu talabalarga real hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va muammolar atrofidagi loyihalarni tashkil qilish va unda faol ishtirok etish orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini berishga mo‘ljallangan o‘quv yondashuvidir. Loyihaga asoslangan ta’lim asosida o‘quv jarayonini tashkillashtirishning eng muhim jihati shundaki, LAT orqali o‘quvchi-talaba mustaqil ishlash jarayonida o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olishi mumkin. Bu ta’lim oluvchining ma’lumotlarni saralash, tadqiqot qilish kabi kerakli ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek tengdoshlari bilan ishlash, muloqot qilish, fikr bildirish, qaror qabul qilish qobiliyatinitakomillashtiradi, muammoni jamoada va guruhda muhokama qilib, yechimini topish hamda tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ko‘p yillik adabiyotlar tahlili va ta’lim sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida Bak Ta’lim Instituti PBL–Loyihaga asoslangan ta’limning ettita muhim elementni aniqladi. Birgalikda bu elementlar Loyihaga asoslangan ta’lim “Oltin Standarti”deb ataladi. Ushbu standartlarga ko‘ra, loyihani loyihalashning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: • Murakkab muammo yoki savol • Doimiy tadqiqot • Haqiqiylik • Talaba ovozi (nuqtai nazari) va tanlovi • Reflektsiya • Tanqid va qayta ko‘rib chiqish • Jamoat mahsuloti Ushbu elementlarning barchasi yaxlit holda qo‘llanilsa, ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni shunchaki odatiy yodlash usuli bilan emas, balki tushunib o‘rganishlariga imkon 380 beradi.Loyihaga asoslangan ta’limning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunday turdagi ta’lim o‘quvchi–talabaga ma’lum bir muddatgacha bajarishi kerak bo‘lgan vazifaga nisbatan hamjihatlikda mas’uliyat bilan yondashishga o‘rgatadi. LAT yondashuvi tanqidiy fikrlash, shuningdek, muammolarni hal qilish, shaxslararo muloqot, axborot va media savodxonligi, hamkorlik, yetakchilik va jamoaviy ish, innovatsiyalar va ijodkorlikni rivojlantirish orqali 21-asr qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usulidirю (Häkkinen va boshq., 2017). Loyihaga asoslangan ta’limni o‘quv jarayoniga joriy qilishda quyidagi ketma– ketlikni qo‘llash samarali natija beradi.Bunda avval o‘qituvchi tomonidan muhim savol beriladi. Muhim savol bu o‘quvchilarga hal qilish uchun qo‘yiladigan muammo yoki masala bo‘lishi mumkin. So‘ngra qo‘yilgan muammo yoki masalaning yechimini topish uchun loyiha tuziladi. Bunda albatta o‘qituvchi talabalarga tanlash imkoniyatini berishi lozim. Jadval tuziladi va natijalar baholanadi. LATni kengroq auditoriyada tashkillashtirish ayni muddaodir. Loyihani o‘rganish hamkorlik va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradigan muhitni yaratadi. Talabalar jamoa bo‘lib ishlaydi, o‘z fikrlarini bildirishni, faol tinglashni va turli nuqtai nazarlarni baham ko‘rishni o‘rganadi. Loyiha asosidagi hamkorlikdagi munozaralar umumiy muloqot tuyg‘usini uyg‘otadi va o‘quvchilarni jamoaviy mehnatni qadrlashga undaydi. Ushbu tajribalar ularni hamkorlik va samarali muloqot juda talab qilinadigan fazilatlar bo‘lgan professional dunyoda muhim bo‘lgan muhim shaxslararo ko‘nikmalar bilan jihozlaydi. Loyihaga asoslangan ta’limning qator afzalliklari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: Real hayot bilan aloqadorligi. Loyihaga asoslangan ta’lim ko‘pchilik talabalarda o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan savolga bevosita javob beradi: “Bu hayotda qanday foydali bo‘ladi?” Abstrakt bilimlar o‘rniga talabalar aniq masalalarni yechish tajribasiga ega bo‘ladilar. Kompleks yondashuv. Loyiha ustida ishlash jarayonida talabalar tadqiqot o‘tkazadilar, turli manbalardan ma’lumot to‘playdilar va allaqachon ega bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga tayanadilar. Fikrlashni rivojlantirish. Loyiha rejasini ishlab chiqish orqali talabalar mantiqni, tanqidiy fikrlash va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish qobiliyatini rivojlantiradilar. Talabalarga yo‘naltirish. Loyihaga asoslangan ta’limning maqsadi talabani o‘qituvchilar tekshirishi uchun qulay bo‘lgan muammolarni hal qilishga o‘rgatish emas, balki o‘rganilayotgan mavzuga qiziqtirish, tanqidiy fikrlashga undash iborat, shunda u o‘zi muammo ustiga izlanishni xohlaydi. Motivatsiya.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiya LAT – loyihaga asoslangan ta’lim, uning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida umumiy ma’lumot berilgan bo‘lib,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiya LAT – loyihaga asoslangan ta’lim, uning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida umumiy ma’lumot berilgan bo‘lib,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- критическое мышление, tanqidiy fikrlash, общение, непрерывные исследования, team product, project, reflection, реальная жизнь, refleksiya, communication, LAT – Проектное обучение, LAT – Loyihaga asoslangan ta’lim, continuous research, loyiha, real life, командный продукт, LAT - Project-based learning, doimiy tadqiqot, real hayot, muloqot, размышление, critical thinking, проект, jamoa mahsuloti
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020