Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Важность использования дидактических игр в начальных классах
BOSHLANGʻICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN · FOYDALANISHNING AHAMIYATI · Xudayqulova Fazilat Boʻriyevna
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Bu maqolada didaktik oʻyinlar haqida maʼlumot va boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etish usullari, afzalliklari yoritilgan. Matematika, ona tili va oʻqish savodxonligi fanlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlardan namunalar keltirilib, ularning ta’riflari va qo‘llash usullari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: Matematika, aqliy rivojlanish, metod, uslub, ta’lim, islohot, didaktik o‘yin, pedagogik texnologiya. Bugungi kun ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va zamonaviy o’quv - uslubiy majmualarning yaratilishi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos bo’lmoqda. Bu o’z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi didaktik o’yinlardan foydalanish ahamiyatini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik oʻyinlar - muayyan taʼlimiy maqsadlarga erishishga, mavzularni yanada mustahkamlashga, chuqurlashtirishga qaratilgan boʻladi. Har bir didaktik oʻyinni oʻtkazishda biror bir vazifa maqsad qilib olinadi. Didaktik oʻyinlar yordamida oʻquvchilar mavzuga yanada koʻproq tushunadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun didaktik o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil tafakkur, og‘zaki va yozma nutq, jamoa boʻlib ishlash, doʻstlik ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘yinning maqsadi- ta’lim olishga, fanga, kitobga qiziqish uyg‘otish va diqqatini ta`lim jarayoniga qaratishdir. Didaktik o‘yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg‘otadi va yangi ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu kabi o‘yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirilishiga, chuqurlashtirilishiga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘z navbatida o‘quvchilarda go‘zal va boy ona tilimizdan g‘ururlanish, axloqiy qadriyatlarimizni e’zozlash kabi sifatlarni shakllantiradi. 377 Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi: Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi; Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol shaxs bo’lib yetishishiga ruhan tayyorlaydi; Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlar quyidagilardan iborat: - ishtirokchilar tarkibiga ko`ra; - ishtirokchilar soniga ko`ra; - o’yin jarayoniga ko`ra; - vaqt meyorlariga ko`ra; Dars jarayonida o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tahlil qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim. Quyida ona tili, matematika, oʻqish darslarida qo‘llanilayotgan bir necha didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz. “XARIDOR” o`yini. Kerakli jigozlar: A 4 formadagi qog`ozga mahsulotlar nomi va qiymati yoziladi (bir nechta). Kichik kartochkalarga savollar yoziladi. Savollar shu mahsulotlarni sotib olish ma`nosa keltiriladi. Mahsulotlar yozilgan A 4 formatdagi qog`oz doskaga ilinadi va o`quvchilar kartoshkani tortib savollarga javobni doskaga yozib ,bajaradilar. Didaktik o`yin shu shaklda davom etadi. “Quruvchi”. Bu o‘yindan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, o‘tgan mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin. O‘qituvchi dastlab darsga tayyorgarlik ko‘rib, qog`ozdan yoki penoplast bo‘lakchalaridan «g`isht»chalar yasaydi va bu «g`isht»chalarga savol yozilgan qog`ozchalarni yopishtirib chiqadi. «G`isht»chalar soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. Guruhlarga «minora» yoki «devor» qurish uchun joy ajratiladi. har bir guruxdan bittadan bola chiqadi va «g`isht»chani olib savolni o‘qiydi. Agar savolga to‘g`ri javob topsa o‘zlarining «maydon»chalariga teradilar. Agar noto‘g`ri javob bersalar o‘qituvchi «g`isht»chani olib qo‘yadi. O‘yin shu taxlitda barcha o‘quvchilar savollarga javob berib bo‘lgunlariga qadar davom etadi. «Qurilish maydonchasi»da eng ko‘p gisht tergan o‘quvchilar guruhi gʻolib sanaladi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan ta'limiy o‘yinlarni boshlang`ich sinf ona tili dasturi bo‘yicha tahlil qilamiz Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida o’rin tutadi. Matematika darslarida didaktik
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada didaktik oʻyinlar haqida maʼlumot va boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etish usullari, afzalliklari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada didaktik oʻyinlar haqida maʼlumot va boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etish usullari, afzalliklari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- дидактическая игра, education, islohot, style, Mathematics, method, образование, умственное развитие, mental development, реформа, didactic game, Математика, стиль, reform, pedagogik texnologiya, uslub, ta’lim, metod, aqliy rivojlanish, pedagogical technology, Matematika, didaktik o‘yin, метод, педагогическая технология
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026