К содержанию
РецензированоRU2026

Психологические особенности формирования технического творчества у студентов

TALABALARDA TEXNIK IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING · PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · p.f.n., dots. Alimov Normurod Nosirovich · Sattorova Mahliyo Burxanovna · Xolbutayeva Visola Olim qizi

Информатика и инженерные технологии · 1 · 2026

Аннотация

Talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonidagi mavjud psixologo–pedagogik muammolar (ijodkorlikka o‘rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish, talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, inson omilini faollashtirish, Shaxs shakllanishi jarayonining psixologik xususiyatlarini tahlil qilish) ularning faolligini oshirish va maqsad sari yo‘naltirish, undan esa ijodkorlik faoliyatga boshqarish borasida tahliliy xulosalar keltirilgan. Tayanch so‘zlar: Ijodkorlik, texnik ijodkorlik, ijodiy faoliyat, ijodiy qobiliyat, psixologik xususiyatlar, psixologik rivojlanish. Talabalarning texnik ijodkorlik faoliyatga ijobiy munosabatini shakllantirilishi bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Texnik ijodkorlik jarayoni– metodik tizim bo‘lib, unda o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilar o‘zaro bog‘liq munosabatda bo‘ladilar. Shuning uchun ham bu faoliyatining samarasi asosan ikkala tomonning ham baravar maqsadga yo‘naltirilgan ongli va faol ijodkorlik ishlariga bog‘liq bo‘ladi. Texnik ijodkorlik faoliyati jarayonini to‘g‘ri ilmiy asosda tashkil etish uchun faqat tegishli fanlar asoslari nazariyasidan va ularni o‘qitish metodikalaridan yaxshi bilimlar zarur bo‘libgina qolmasdan, texnik ijodkorlik jarayoni va bilimlarni o‘zlashtirishning umumiy psixologik xususiyatlarini ham bilishi zarur. Bu psixologik xususiyatlarga quyidagilar kiradi 1-rasm). Psixolog V.G.Vigotskiy ijodkorlikning vazifasi insonning tug‘ma “xulq- atvorini” aniqlashdan xamda uni kuchaytirishdan iborat deb hisoblaydi va ijodkorlikni tarbiyalashni ular shaxsning stixiyali rivojlanishi ketidan boruvchi passiv jarayon deb qaraydi. A.G. Kovalev esa ijodkor shaxsning psixologik xususiyati xaqida uni muhit (keng ma’noda) hamda o‘qitish, o‘rgatish va tarbiya ta’sirining mahsulotidan iborat deb hisoblaydi va insonning psixologik xususiyatlari ko‘p jixatdan hayot vaqtida shakllanishini tan olishga asoslanadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rolni boshqaruvchi (rahbar), uning tajribasi va faoliyat sharoitlari o‘ynaydi - deb ta’kidlab, ijodkor shaxsning rivojlanishidagi maxsus rolni “Jamiyat talablariga javob beradigan shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirilish maqsadida katta avlodning kichik avlodga ongli, maqsad sari yo‘naltirilgan ta’sir jarayoni sifatidagi o‘qitish va tarbiya o‘ynaydi” deb izohlaydi. 372 Shaxs shakllanishi jarayonining psixologik xususiyatlari O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologik Bilish faoliyati va rivojlanishi individual Iroda va his-tuyg‘u aqliy rivojlanish farqlari, shaxsining sifatlari xususiyatlari yo‘nalishi Muxokama va ishdagi musta- qilligi, tashabbuskorligi, Qiziqishlari va hohishlari, Diqqati, xotirasi, talabchanligi, maqsadga o‘qishga, jamoaga, fikrlashi va nutqi, intilishi, his-tuyg‘uni uyg‘ota mexnatga va o‘z-o‘ziga o‘ylashi, qobiliyatlari olish darajasi, emotsional munosabati tashvishlanish kuchi va chuqurligi, xissiyot turg‘unligi 1- rasm. Shaxs psixologik rivojlanish xususiyatlari L.S.Vigotskiy ijodkorlikda o‘qitish va tarbiyaning boshqaruvchi rolini birinchi bo‘lib ilgari surgan, uning fikricha: “O’qitish rivojlanishdan oldin boradi va uni o‘zining ketidan olib boradi. O’qitmasdan turib to‘liq rivojlanish bo‘lishi mumkin emas”. O’quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatida shaxs aqliy rivojlanishining mezoni sifatida psixologlar quyidagilarni e’tirof etadilar: 1) Materiallarni o‘zlashtirish tezligi yoki qabul qilish sur’ati; 2) Mulohazalar soni bilan aniqlanadigan fikrlashning siqiqligi; 3) analitik – sintetik faoliyatning darajasi; 4) bir ob’ektni o‘rganish asosida boshqa ob’ektda aqliy faoliyatni shakllantirilish usullari; 5) olingan bilimlarni mustaqil tizimlashtirishi va umumlashtirishni bilish. Talabalar texnik ijodkorligi faoliyatida ishni tashkillashtirishning o‘ziga xos quyidagi psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Birinchi psixologik xususiyat avvalo ijodkorlik masalasini mazmuni bilan aniqlaniladi. Ijodkorlik ob’ektiga kirib borish o‘quvchilardan abstraktlash, ideal modellarni qurish, bir ko‘rinishdagi abstraktlashdan boshqasiga o‘tishni amalga oshirish va boshqa shu singari hayoliy operatsiyalarni bajarishni talab etadi. Bularning barchasi ijodiy fikrlashni xarakterlaydi. Talabalar texnik ijodkorligi faoliyati jarayonining ikkinchi o‘ziga xos psixologik xususiyati quyidagilardan iborat: texnik ijodkorlik jarayonida o‘qitishdagiga nisbatan ko‘proq modellar, natural ko‘rgazmali qurilmalar va turli ko‘rinishdagi belgilar (formula, grafik va boshqalar) dan ham foydalaniladi va o‘quvchilardan belgili tasvir, ishchi g‘oyalardan real yechim va ob’ektlarga (ko‘z oldiga keltirish) va ba’zan esa 373 aksincha – real ob’ektlarni idrok qilishdan ideal modellarni tuzishga va ularning belgili tasvirlariga o‘tishni amalga oshirish talab etiladi. Talabalar texnik ijodkorligi faoliyati jarayonining uchinchi o‘ziga xos xususiyati uning tajribalar, sinovlar, tekshirishlar qilib ko‘rishdan foydalanish, talabalarning kuzatishin

Доказательный фрагмент

«Talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonidagi mavjud psixologo–pedagogik muammolar (ijodkorlikka o‘rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish, talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, in…»

Образец извлечения

Демо-превью

Talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonidagi mavjud psixologo–pedagogik muammolar (ijodkorlikka o‘rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish, talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
техническое творчество, psychological characteristics, ijodiy qobiliyat, technical creativity, texnik ijodkorlik, psixologik rivojlanish, ijodiy faoliyat, psixologik xususiyatlar, creative ability, психологическое развитие, Креативность, творческая активность, психологические особенности, Creativity, psychological development, Ijodkorlik, творческие способности, creative activity
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники