К содержанию
РецензированоRU2023

Семья и образование как средства борьбы со стрессом у подростков

CHIQISHNING VOSITASI SIFATIDA · Arakulov Gayrat Tulkinovich · Saidazimova Madina Oʻktam qizi

Информатика и инженерные технологии · 1-5 · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi davrda keng tarqalgan hamda asosiy psixologik muammolardan biri hisoblangan oʻsmirlardagi ruhiy zoʻriqish - stress haqida fikrlar bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda stressni kelib chiqish sabablari, vositalari hamda uning oldini olishga qaratilgan tushuncha va tavsiyalar yoritilgan. Kalit soʻzlar: stress, oʻsmirlar, deviant xulq-atvor, psixik zoʻriqish, agressiv xulq-atvor. Insoniyat hayoti davomida turli xil ma’lumotlarni qabul qilish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va stressli vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy muammolarga duch keladi. 357 Zamonaviy psixologiyada “Stress” atamasi eng koʻp ishlatiladigan va muhokama qilinadigan ilmiy tushunchaga aylandi. Stress boʻyicha asosiy nazariyalardan biri bu Gans Sele tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya hisoblanadi. Bundan tashqari bir necha olimlar (Kon I.S, Kogan B.M, Rubinshteyn S.L, Sudakov K.V) ekstremal ta’sir qilish, qiyin vaziyatlardan chiqish hamda “Stress” tushunchasi toʻgʻrisida oʻzlarining fikrini bildirib oʻtgan[1]. Keyinchalik “Stress” tushunchasi fiziologik, biologik, psixologik darajadagi noqulay sharoitlarda shaxsning keng doiradagi holatlarini tavsiflash uchun ishlatilgan. Zamonaviy adabiyotlarda “Stress” atamasining quyidagi ma’nolari qoʻllaniladi: a) odamda zoʻriqish yoki hayajonni keltirib chiqaradigan har qanday tashqi ogohlantirishlar yoki hodisalar sifatida b) kuchlanish va hayajonning ichki ruhiy holatini aks ettiruvchi sub’yektiv reaksiya sifatida. Bu jarayonlar funksional tizimlarning rivojlanishi va takomillashishiga salbiy hissa qoʻshishi va ruhiy zoʻriqishni keltirib chiqarishi mumkin. Aynan oʻsmirlik davrida shaxs ortiqcha ruhiy va jismoniy zoʻriqishga duch keladi. Jumladan, maktab va oilada turli xil muammolar va ularning salbiy ta’siri koʻplab stressli vaziyatlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Maktabda sinfdoshlar tomonidan rad etiluvchi munosabat, begonalik, oʻzgalik, boshqalarga nisbatan millatchilik, diniy murosasizlik, darsda past baho olishdan qoʻrqish, oʻziga past baho berish, oʻqituvchining adolatsizligi, dangasalik tufayli oʻrganilmagan dars, oʻqituvchilar bilan normal munosabatlarning yoʻqligi, oʻqituvchining oʻquvchidan doimiy noroziligi, semantik toʻsiq mavjudligi va shunga oʻxshash stressli vaziyatlarga duch kelish hollari uchraydi. Turli xil stressli vaziyatlarning salbiy ta’siri oʻquvchining rivojlanishiga, uning xatti-harakatlariga, tengdoshlari va oʻqituvchilari bilan munosabatlariga ta’sir qiladi, ya’ni barcha yangi stressli vaziyatlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Har bir oʻqituvchi oʻquvchilardan oʻz fanlari boʻyicha oʻquv materialini yetarli darajada bilishni talab qiladi, bu bir tomondan tabiiy, lekin ikkinchi tomondan oʻsmirning barcha fanlar boʻyicha a’lo natijalarni koʻrsatish istagi afsuski baʻzida salomatlik va hissiy farovonlikka zarar yetkazadi[2]. Shuningdek, oʻsmirlarning oilaviy hayotida oʻta qattiq otalik intizomi (qoʻpollik, isrofgarchilik, tushunmovchilik), onalik nazoratining yetarli emasligi (beparvolik), otalik va onalik mehrining yetishmasligi (sovuqlik), oilada hamjihatlikning yoʻqligi (janjal, dushmanlik) kabi omillarning barchasi oʻsmirda stressli holatlarni vujudga keltiradi. Oʻsmirlarda hissiy asabiylashish, tashvish, turli qoʻrquvlar, past hissiy fon va boshqalar oʻsmir xulq-atvorida, qolaversa uning harakatlarida izchillik yoʻqolishi, diqqatni jamlay olmaslik, hurmatsizlik, diqqat konsentratsiyasining kognitiv buzilishi, intellektual qobiliyatlarning pasayishi kabi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Buning natijasida bir nechta alomatlarning kombinatsiyasi oʻsmirda boʻlishi mumkin boʻlgan stressli holat haqida fikrni keltirib chiqariladi. Bunday holatda biz unga oila, sinf rahbari, fan oʻqituvchilari, psixolog hamda ijtimoiy pedagoglarning sa’y-harakatlarini birlashtirib yordam berishimiz mumkin[3]. Albatta, oʻsmirlar bilan ishlashni tashkil qilishda nafaqat oʻqituvchilarni, balki ota-onalarni, shuningdek, boshqa qarindoshlarni ham jalb qilish lozim. Aksariyat oʻquvchilar notoʻliq oilalarda oʻsadi va bunda albatta psixolog, ijtimoiy ish yoʻnalish vakili, sinf oʻqituvchisi ular uchun yagona yordam manbai hisoblanadi. Shuning uchun oʻz vaqtida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan stressli vaziyatning paydo boʻlishini oldindan bilish juda muhimdir. Oʻsmirlarning ishonchi va hurmatidan bahramand 358 boʻlgan oʻqituvchi, psixolog va tarbiyachi ularga qimmatli maslahatlar, oʻz vaqtida ogohlantirish, salbiy omilni bartaraf etish yoʻllari, autotrening hamda psixologik yordam koʻrsatishga qodir. Yuqorida ta’kidlangan muammolarning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida avvalo oilada ota-onalar va bolalar oʻrtasida hissiy birikmalarni tizimli yoʻlga qoʻyish, otalar oʻzlarining tajavvuzkor xatti-harakatlarini nazorat qilishi, kichik yoshdagi farzandlarini tajjavuzkor xususyatlarini ragʻbatlantirishni oldini olishi lozim hisoblanadi. Bundan tashqari agressiv bolalarning onasi farzandlariga befarq munosabatda boʻlmaslik, aniq topshiriqlar va vazifalar berishligi, ragʻbatlantirishl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi davrda keng tarqalgan hamda asosiy psixologik muammolardan biri hisoblangan oʻsmirlardagi ruhiy zoʻriqish - stress haqida fikrlar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi davrda keng tarqalgan hamda asosiy psixologik muammolardan biri hisoblangan oʻsmirlardagi ruhiy zoʻriqish - stress haqida fikrlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oʻsmirlar, девиантное поведение, психическое напряжение, agressiv xulq-atvor, стресс, deviant xulq-atvor, teenagers, aggressive behavior, stress, подростки, агрессивность поведение, mental strain, psixik zoʻriqish, deviant behavior
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники