Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Концепция повышения профессиональных навыков будущих энергетиков на основе цифровых технологий
. Zakirovich · Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV · QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International · RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BO‘LAJAK · ENERGETIKLARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH · Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li
Информатика и инженерные технологии · 2010
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnalogiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kasbiy, raqamli, muhandis, texnalogiya, konsepsiya. Bugungi kunda mamlakatimizda zamon talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, jumladan, texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari elektr energetikasi sohasi boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish” vazifasi belgilanganligida oʻz aksini topadi. Bularni amalga oshirishda boʻlajak energetik muhandislar kasbiy kompetentligini rivojlantirish boʻyicha kasbiy faoliyat obyektlariga mos oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ularni innovatsion sharoitlarga mos ravishda kasbga tayyorlash metodikalari va didaktik ta’minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda sanoatning barcha tarmoqlarida shu jumladan, ishlab chiqarish korxonalari uchun texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalaridagi energetik muhandislarni tayyorlashda mutaxassislik fanlarini samarali o‘rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda[1]. Zamonaviy sharoitda energetik muhandislar uchun raqamli texnologiyalar konstruktiv vosita hisoblanib, energetik muhandislarning kasbiy mahoratini oshirish va kelajakda funktsional vazifalarni bajarishga moslashishlarida asosiy ish qurol 296 sifatida xizmat qiladi. Raqamli texnalogiyalar yanada moslashuvchan va samarali ta’lim tizimining vositasi sifatida nafaqat kasbiy oʻsishda balki keyinchalik ham energetik muhandisning yaqin yordamchisiga aylanadi va shu bilan birga satarap loyihalarni bajarishda energetikning kasbiy mahoratining dinamik harakatlanishi uchun zamin yaratadi. Bo‘lajak energetik muhandislarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqot ishlari taxlil qildik va natijada raqamli texnologiyalar asosida boʻlajak energetik muhandislarning kasbiy mahoratini oshirish konsepsiyasini takomillashtirildi [2-3]. “Raqamli texnologiyalar asosida boʻlajak energetiklarning kasbiy mahoratini oshirish” kontseptsiyasini nazariy va amaliy asoslanish asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 1. raqamli texnologiyalarning xususiyatlari; 2. raqamli texnologiyalarning funktsiyalari; 3. raqamli texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari; 4. raqamli texnologiyalarni turlari va ishlash prinsipi; 5. raqamli texnologiyalarni asoslash, akmeologik yondashuvning turli jihatlarini aniqlash; 6. energetik muhandislarning malakasini oshirish va kasbiy tayyorlash omillar va shartlari; Mazkur konsepsiya asosida “Raqamli texnologiyalar asosida boʻlajak energetiklarning kasbiy mahoratini oshirish” modeli yaratilib, uni tashkiliy-boshqaruv hamda ta’lim mazmuniga singdirsa maqsadga muofiq bo‘ladi [4]. Raqamli texnologiyalar energetik muhandislarining malakasini oshirish va kasbiy tayyorlash jarayonidaham kasbiy kompetensiyaga asoslangan ushbu yondashuv energetik muhandislarining kasbiy shakllangan kompetentsiyalari statik boʻlishi mumkin emasligini nazarda tutadi. Chunki sohada kasbiy kompetentsiya rivojlanishi doimiy ravishda yangilanib boriladi. Rivojlanayotgan jamiyat va muayyan energetic sohasidagi talablariga muvofiq koʻnikma va qobiliyatlar talab qilinadi. Akmeologik yondashuv energetik muhandislarning barcha ko‘zga ko‘ringan umumiy xususiyatlarini sintez qiladi. “Raqamli texnologiyalar asosida boʻlajak energetiklarning kasbiy mahoratini oshirish” kontseptsiyasi texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan energetiklarning kasbiy oʻzini oʻzi anglashi, oʻz-oʻzini tarbiyalashi va oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun maqbul tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Raqamli texnologiyalariga asoslangan ta’lim tizimida boʻlajak energetiklarning kasbiy mahoratini oshirish, jamiyat va iqtisodiyot ehtiyojlarini yaxshilashga olib keladi: 1) shaxs – oʻzini oʻzi takomillashtirishda; 2) jamiyat - hayot haqiqatiga moslashuvchan energetikning ijtimoiy faol shaxsi sifatida shakllantirishda; 3) iqtisod - malakali energetika muhandisini tayyorlashda. “Raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimida boʻlajak energetiklarning kasbiy mahoratini oshirish” kontseptsiyasining nazariy va amaliy asoslanishi, energetik muhandislarning kasbiy mahorati va kasbiy kompetentlikning turli jihatlarini oydinlashtirishni oʻz ichiga oladi. 297 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-4947-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – T., 2017, 39 b 2. Turakulov O.X. Axborotlashtirilgan ta’lim muh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnalogiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishi haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnalogiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- концепция, konsepsiya, инженер, professional, digital, engineer, muhandis, технология, цифровой, профессиональный, raqamli, kasbiy, technology, texnalogiya, concept
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020