К содержанию
РецензированоRU2020

Роль коммуникативных отношений в формировании отношения студентов к образованию

образования Кыргызской Республики · Бишкек . · TA’LIM OLUVCHILARNI TA’LIMGA BO‘LGAN MUNOSABATINI · SHAKLLANISHIDA KOMMUNIKATIV MUNOSABATLARNING O‘RNI · Djumanov Sherali Zakirovich

Информатика и инженерные технологии · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarni ta’lim jarayoniga moslashishi, talim jarayonida faolligini oshirishda kommunikativ munosabatlarning roli va o‘rni yoritiladi. Maqoladan bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishni takomillantirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin. Kalit so‘zlar: Ta’lim-tarbiya jarayoni, ustoz va shogird faoliyati, shakllantirish, shaxsiy muvaffaqiyat, tarkib toptirish, diskommunikatsiya, omillar, xushomad qilish usuli, ijtimoiy yaqinlik. Mavzuning dolzarbligi: ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarni mustakil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bulib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan kadr bo‘lib kamol topishi, pedagogika sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonida asosiy vazifa bo‘lib kelgan. 292 Pedagog kishilar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, pedagogik sohasida o‘quvchilar va uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‘quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham talabalarni kommunikativ bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‘rgatishni har qachongidan dolzarb qilib ko‘ymoqda. Ushbu muammo ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligining turli jihatlari haqida sharq mutafakkirlarining asarlarida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Forobiyning o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ustoz va shogird faoliyati haqida shaxsga qo‘yiladigan talablar, insonlar jamoasidagi o‘zaro hamjihatlik, yordam, inson kamolati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi o‘quv-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishda, ustoz va shogird hamkorlik munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda, yoshlarda kasbiy va shaxsiy fazilatlarning shakllanishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Ibn Sino (980-1037) “Tib qonunlari” asarida o‘quv tarbiya jarayoni yagona jarayon ekanligini ta’kidlab, bolani olti yoshdan boshlab muallimga topshirish xususida fikr yuritadi. Ta’limda o‘qitish oddiylikdan murakkablikka qarab borish qoidasiga amal qilish, shuningdek, bolaga kuchi etadigan (jismoniy va psixologik imkoniyatlariga mos) mashqlarni bajartirish amali bu jarayonda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Muallif bolalarni yakka-yakka o‘qitishdan ko‘ra, jamoada ta’lim tarbiya berish, o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish afzal ekanligini e’tirof etadi. Allomaning fikricha, jamoada o‘qitilganida ularda ilmga intiluvchanlik kuchayadi, boshqalardan orqada qolishga g‘ururi yo‘l qo‘ymaydi. O‘zaro hamkorlik ular nutqining o‘sishida, fikrining charxlanishida, xotirasining mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bir-birlari bilan inoqlashadilar, o‘zaro hurmat qilishga odatlanadilar, munozara qilishni o‘rganib, o‘zaro musobaqalashadilar, o‘zlarining xulq va burchlari haqida fikr almashadilar. Ana shunday qoidalarga asoslangan o‘quv-tarbiya jarayonigina yoshlarning aqliy va axloqiy kamolotini ta’minlashga ko‘maklashadi. Ibn Sino hamkorlikning mohiyati haqida mulohaza yuritib shunday deydi: “Inson o‘z faoliyatida nimagaki erishsa, u faqat o‘z mehnati bilan amalga oshira olmaydi, ularni yaratish uchun boshqalar ham ishtirok etishi kerak yoki jamoa yordam berishi lozim. Buning uchun jamoa a’zolari o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi. Aniq maqsad bilan harakat qilish insonni va jamoani yomondan saqlaydi, yaxshi ishlar qilishga yo‘llaydi, unda ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi”. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, sharq mutufakkirlarining hayotiy kuzatishlari va g‘oyalari nafaqat o‘z davrida ta’lim-tarbiya sohasini rivojiga, balki hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatda kommunikativ munosabatlar usullaridan to‘g‘ri foydalanib, o‘quvchilar ongiga quyidagicha ta’sir etsa, o‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida ruhan kuchli bo‘ladi. 293 Ularning bu darajada bo‘lishlariga o‘qituvchining kommunikativ munosabatniga bog‘liq. Tadqiqot usullari: har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatda kommunikativ munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: ✓ o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; ✓ munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; ✓ bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; ✓ munosabatda ustunlikka ega bo‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarni ta’lim jarayoniga moslashishi, talim jarayonida faolligini oshirishda kommunikativ munosabatlarning roli va o‘rni yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarni ta’lim jarayoniga moslashishi, talim jarayonida faolligini oshirishda kommunikativ munosabatlarning roli va o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Учебный процесс, xushomad qilish usuli, diskommunikatsiya, Educational process, Ta’lim-tarbiya jarayoni, личный успех, flattery method, teacher and student activities, personal success, факторы, tarkib toptirish, лесть метод, деятельность преподавателя и учащихся, ijtimoiy yaqinlik, omillar, ustoz va shogird faoliyati, shakllantirish, content acquisition, discommunication, social intimacy, разобщенность, shaxsiy muvaffaqiyat, формирование, factors, приобретение контента, социальная близость, formation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники