К содержанию
РецензированоRU1948

Ferula l. изучить химический состав видов

b.f.d., prof. Murodova Sayyora Sobirovna · tayanch doktorant Ne’matova Malohat Abdurasulovna

Информатика и инженерные технологии · 1948

Аннотация

Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Shu sababli, turkum vakillarining kimyoviy tarkibini ko‘plab olimlar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu maqolada Ferula L. turkumi vakillari o‘zida saqlagan muhim kimyoviy birikmalar va ularning o‘rganilishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Tayanch so‘zlar: Ferula, kumarin, seskviterpenli lakton, terpenoid, murakkab efir, gummosin, ferulik kislota. Ferula L. turkumi turlari tarkibini o‘rganish o‘tgan asrning elliginchi yillaridan boshlangan (Кирьялов, 1948; Пигулиевский ва б.,1950). Kovrak turlarining tarkibidagi kumarin va seskviterpen kumarinlar. Foydali o‘simliklarni izlab topish va kimiyoviy tarkibini o‘rganish ulardan yangi-yangi preparatlar yaratib, ishlab chiqarishga joriy etishga imkon beradi. Apiaceae oilasi, shu jumladan Ferula L. turkumi vakillar biologik faol moddalar manbai hisoblanib, ular ko‘pchilik olimlarni qiziqtirib kelgan (Никонов, 1959; Кирьялов, 1965; 1968; Багиров ва б., 1976). Bu turkum turlari efir-moyli, yem-xashak, asalchil, shifobaxsh, kraxmal-qand beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o‘simliklari hisoblanadi. Agar o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq ittifoq hududida o‘sadigan Ferula L. turkumining 15 turi o‘rganilgan bo‘lsa, hozirda 100 turdan ortiq o‘simlik turlari kimyoviy jihatdan o‘rganilgan.Ferula L. turkumi turlari seskviterpenoidli moddalar saqlashi aniqlandi. Bundan 63 turi tarkibida terpenoidli kumarinlar, 56 turi murakkab efirlar va 16 turi seskviterpenli laktonlar saqlaydi (Багиров ва б., 1976). Цукерваник ва б. (1935), Саидходжаев ва б.,(1991 ), Раҳмонқулов ва б., (1999),Abd - El - Rani et al, (2009) va boshqalar bu o‘simlikning tarkibini o‘rganishgan. O‘simlik tarkibidan quyidagi seskviterpen kumarinlari ajratib olingan: umbelliprenin, 5- hydroxyumbelliprenin, tadshiferin, asakumarin A, 8-acetoxy-5-5- hydroxyumbelliprenin, asakumarin B, assafoetidin, franesiferol A, franesiferol B franesiferol C, galbanik kislota, conferol, gummosin, assafoetidinol A, assafoetidinol B, (Nassar et al.,1995; Abd-El-Razek et al.,; 2007; Appendino et al., 2006; 1993 Lee et al.,2009). Shuningdek, seskviterpenli kumarinlardan ferocaulicin, epi-samarkandin, epi- samarkandin asetat, kamolonollar olingan (Nassar et al.,1995; Nazar and Mohamed, 1998; Abd-El-Razek et al., 2007). O‘simlik yelimi (smolasi) dan esa foetidin, saradaferin, 10-R-acetoxy-11- hydroxyumbelliprenin, 10-R-karatavicinol, metylgalbonat, lehmferin, feselol, ligupersin A, epi-conferdion, microlobin, poyanthinin va umbelliferonlardan iborat 258 seskviterpenli kumarinlar olingan (Budrus Abd-El-Razek et al.,; 2001; Banduopadhyay et al., 2006). Ferula L. turkumi turlarining kimiyoviy tarkibi O‘simlik moddalari kimiyosi instituti olimlari G.K. Nikonov, A.I.Saidxodjaev va V.M. Malikovlar tomonidan 1970 - yillardan boshlab chuqur o‘rganishga kirishildi. 1970 - 1980 yillar davomida O‘rta Osiyoda o‘sadigan Ferula L. turkumi turlarining 50 tasini kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ulardan 250 ga yaqin terpenoidli moddalar ajratib olingan (Саидходжаев ва б., 1974; Сагитдинова ва б., 1977, 1978; Мелибаев, Рахманкулов, Саидходжаев, 1980).Ular Ferula L. turkumining 90 dan ortiq turlari tarkibida seskviterpenoidli moddalar uchrab, shundan 55 tur terpenoidli kumarinlar (56,0 %), 34 tur murakkab efirlar (35,0 %), 15 tur esa seskviterpenli laktonlar (20,0 %) uchrashini aniqladilar. O‘rta Osiyoda uchrovchi Ferula L. turkumi turlarini kompleks o‘rganish natijasida ulardan yangi-yangi dorivor preparatlar yaratilmoqda (Саидходжаев ва б., 1974; Мелибаев ва б.,1980; Маликов ва б., 1998; Курмуков, Ахмедходжаева, 1994). F. tenuisecta o‘simligi estrogen xususiyatga ega moddalar saqlashi aniqlandi va shu asosda ginekologiyada qo‘llaniladigan tefestrol va veterinariyada ishlatiladigan panoferol preparatlari yaratildi. Kovrak turkumi turlari terpenoid hosilalari manbai. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli O‘simlik moddalari kimiyosi instituti olimlari 30 yildan ortiq O‘rta Osiyo, shu jumladan G‘arbiy Tyon-Shon florasining o‘simliklari terpenoidlar hosilalari saqlashini o‘rganib, tarkibida kumarinlar, seskviterpenli laktonlar va terpenoid va seskviterpenli spirtlarning murakkab efirlari saqlashini aniqladilar (Саидходжаев, 1979;Раҳмонқулов, 1999). O‘simliklardan olingan bu birikmalar guruhiga: terpenoidli kumarinlar, terpenlarning va seskviterpenlarning aromatik va alifatik kislotalari va ularning murakkab efirlari, hamda seskviterpen laktonlari kiradi. Bu uchala guruh birikmalari tarkibiga seskvirterpen qoldig’i C H O kiradi (Саидходжаев, 1979). 15 19-27 1-4 1-grafik Ferula L. turkumining terpenoid saqlovchi turlari Terpenoid kumarinlar Murakkab efirlar Seskviterpenli laktonlar F. asafetida o‘simligidan oltingugurt saqlovchi moddalar 2-butyl 1-propenyl disulfid, 1(methylthio) prpyl 1-prpoenyl disulfd va 2-butyl 3-2-propenyl disulfidlar olingan (Takeoka, 2001). 259 Shuningdek bu o‘simlik 2-metyl-2-propanethiol, 2,3-dimethylthilrane, 1-meth

Доказательный фрагмент

«Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ферула, hummosin, gummosin, sesquiterpene lactone, феруловая кислота, сесквитерпеновый лактон, terpenoid, ferulik kislota, murakkab efir, complex ether, seskviterpenli lakton, ferulic acid, kumarin, гумозин, терпеноид, coumarin, Ferula, комплекс эфир, кумарин
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники