К содержанию
РецензированоRU2022

Химический состав растения Андиз и в медицине приложение

Axmedova Sobira Boyqul qizi (экстракциялаш. Фарғона политехника институти илмий–техника журнали.(6),)

Информатика и инженерные технологии · 1 · 107-114 · 2022

Аннотация

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin Kalit soʻzlar: Inula helenium L., Inula grandis, inulin, saponinlar, alkaloidlar, smola, digidroadantolakton, fridelin, fitomelan, polienlar, stigiasterin, psevdoinulin. Hozirgi kunda juda ko’p miqdordagi yuqori samarali sintetik dorilar mavjudligiga qaramay, dorivor mahsulotlarning arsenalida dorivor o’simliklarning 248 o’rni va ahamiyati doimiy ravishda oshib bormoqda. Buning sababi shundaki, sintetik yaratilgan ko’plab dorilar organizmga nojo’ya ta’sir qiladi, bu nafaqat chastotada balki idiosinkrazik allergik reaksiyalari og’ir ko’rinishda ham o’tadi [1]. Shuning uchun fitopreparatlari arsenalining ko’payishi alohida ahamiyatga ega, tibbiyotda allaqachon ishlatilgan o’simlik dorivor preparatlari ta’sir doirasini kengaytirish bilan bir qatorda, kam o’rganilgan o’simliklarning biologik faol birikmalarining farmakologik faolligini izlash va o’rganish muhim [2]. Keyingi o’n yilliklarda, O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin [3]. Qora andizning yer ustki qismi tarkibida 1-3% efir moyi, 44% gacha inulin va boshqa uglevodlar, saponinlar, 0,16% alkaloidlar, smola, bo’yoq va boshqa biologik faol moddalar bor. Andizning ildizpoyalarida va ildizlarida efir moyi (1-3%), saponinlar, smola, shilimshiq va achchiq moddalar (oxirgisi barglarda ham uchraydi) mavjud. Efir moyining asosiy komponenti izoalantolakton aralashmasi bo’lgan alantolaktondir. Ularning aralashmasi ilgari gelenin deb nomlangan. Bundan tashqari, o’simlik ildizlaridan digidroadantolakton, fridelin, dammaradienilatsetat, dammaradienol, fitomelan, tez tarqaladigan polienlar va boshqa atsetilen birikmalar, shuningdek, stigiasterin, ko’p miqdorda inulin va psevdoinulin ajratilgan. Qora andiz preparatlari va efir moyi yallig’lanishga qarshi, antiseptik va gijja xaydovchi (ayniqsa efir moyi tarkibidagi allontolakton va izoallontolakton birikmalari) ta’sirga ega. Tabobatda andizning boshqa turlari ham qo’llaniladi. Sariq andiz deb nomlanuvchi turi diyorimizda keng tarqargan. Sariq andiz (Девясил крупный) – Inula grandis Schrenk va Britaniya andizi (Девясил британскый) – Inula Britannica L. turlari yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarni davolashda qora andiz bilan bir qatorda ishlatiladi. Sariq andizning tashqi ko’rinishi: turli shakldagi uzun, yo’g’on ildiz va qisqa, yo’g’on hamda kuya boshli ildizpoyalardan iborat. Ildiz va ildizpoyasi 2— 20sm uzunlikda, 1-3 sm yo’g’onlikda bo’lib, usti burishgan, kulrang-ko’ng’ir tusli po’stloq bilan qoplangan. O’simlikning ichi sarg’ishroq efir moyi turadigan yaltiroq qo’ng’ir rangli joylari bor. O’simlik mo’rt, ko’ndalangiga tekis sinmaydi. Ildiz va ildizpoya o’ziga xos xushbuy, kuchli xid hamda achchiqroq va o’tkir mazaga zga. Sariq andizning yer ostki organlari tarkibida 2,20-3,17% efir moyi (asosiy qismi allantolaktonlar), 2-20% qandlar, 12-32% inulin, 5,68-13,71% smolalar, 20,4-30,1% efir moyi mavjud. 249 Bargida yana flavonoidlar, xromonlar, saponinlar, alkaloidlar, sirka va benzoat kislotalar uchraydi. Sariq andizning hamma organlaridan grandilin, ivalin, grandin, igalin va boshqa seskviterpen laktonlar ajratib olingan. Efir moyi tez ko’tuvchi kristall massa bo’lib, o’ziga xos xid va mazaga ega. Efir moyiniig kristall qismi — gelenin uchta selinan tipidagi seskviterpen laktonlarning (alantolakton, izoalantolakton va 250 digidroalantolakton) aralashmasidan iborat. Efir moyi tarkibida gelenindan tashqari, oz miqdorda alantol va proazulen ham bor. Qo’llanilishi: Qora andiz preparati balg’am ko’chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Efir moyi antiseptik, gijja xaydash xususiyatiga va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja xaydash xususiyati tarkibida santoninga o’xshash ta’sir etuvchi moddalar — alantolaktonlar borligiga bog’liq. Qora andiz ildizpoya va ildizidan allanton dorivor preparati olingan. Allanton mahsulotning seskviterpenlarining yig’indisi bo’lib, yallig’lanishga qarshi, qon tomirlarini mustaxkamlovchi va antiseptik ta’sirga ega hamda me’da yara kasalligida yaraning bitishini tezlatadi. Bu preparat kuniga 3—4 marta bitta tabletkadan me’da va un ikki barmoq, ichak yara kasalligini davolash uchun iste’mol

Доказательный фрагмент

«Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
фитомелан, friedelin, Inula helenium L, smola, деготь, psevdoinulin, polyenes, Inula helenium L., fitomelan, дигидроантолактон, alkaloids, dihydroantholactone, стигиастерин, stigiasterin, псевдоинулин, инулин, tar, fridelin, сапонины, alkaloidlar, фриделин, saponinlar, inulin, Inula grandis, polienlar, digidroadantolakton, полиены, phytomelan, алкалоиды, saponins, pseudoinulin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники