К содержанию
РецензированоRU2021

Организация интерактивных занятий на основе инновационных технологий

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERFAOL USULDAGI · DARSLARNI TASHKIL ETISH · Quybakov Xurshid Raxmatullayevich

Информатика и инженерные технологии · 2021

Аннотация

Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Fizika fanining o‘qitish sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo’llashda o‘qituvchining bilim va mahoratiga, eng muhimi o‘quvchining bilim olish motivatsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: umumta’lim maktabi, akademik litsey, fizika, zamonaviy innovatsion texnologiyalar, kasbiy mahorat, motivatsiya. Hozirgi zamon darsiga juda katta talablar qo‘yilmoqda. Ulardan biri har bir darsda o‘tiladigan mavzuni ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsdan ko‘zlangan maqsad hamda o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash, o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash, qo‘shimcha axborot texnologiya (kompyuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratish hisoblanadi. Ta’limda yuqori samaradorlikka erishish uchun o‘qitishning noan’anaviy metodlaridan, ya’ni zamonaviy pedagogik texnalogiyaning turli elementlaridan dars mavzusiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu murakkab va uzoq muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchining mashaqqatli mehnat bilan mahorat pillapoyalarini bosqichma-bosqich egallashi, yuksak pedagog darajasiga ko‘tarilishidir. Yuqori ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilgan o‘qituvchi, avvalo har bir darsga ijobiy yondashishi, darsni loyihalashda ko‘zda tutilgan barcha bosqichlarni erkin amalga oshira oladigan mahoratga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy mahorat esa o‘qituvchi shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-psixologik iqtidor, o‘z ishiga mas’uliyat 213 bilan qarash, o’quvchidagi o‘zgarishni o‘z vaqtida sezish, o’quvchi shaxsiga, o‘quvchilar jamoasiga to‘g‘ri ta’sir eta olishning amaliy namoyon bo‘lishidir. Zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etishda mahalliy sharoitlarni hisobga olishga e’tibor qaratish zarur. Hanuzgacha faqat darsliklardagi bo‘limlargagina tayanib dars berib kelayotgan o‘qituvchilar ko‘p uchraydi. Ba’zan darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish maqsadida turli vositalarni qo‘llayman deb asosiy mavzuni nazardan chetda qoldirish hollari ham kuzatilmoqda. Zamonaviy innovatsion texnologiya metodlarini qo‘llash va darsning boshlanishidan oxirigacha qo‘shimcha ma’lumot (tarqatma material, test, masala, topishmoqlar, savol-javoblar, turli krossvordlar, tajribalar va h.k)lar asosiy mavzuni qamrab olishi kerak va o‘quvchilar darsning so‘ngida shu mavzu yuzasidan ham darslik asosida, ham tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarga bog‘liq holda, ham ilmiy asosda, ham fan texnika taraqqiyoti sohasidagi o‘rni haqida yetarli bilimlarga, shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan qomusiy olimlarning mazkur soha rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida ham yetarli ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun esa har bir darsda o‘tilayotgan mavzuga mos va qulay bo‘lgan shakldan foydalanish ma’qul. Quyida ana shunday dars ishlanmalaridan namuna keltiramiz: “Yorug’lik tabiatini tushuntirishdagi dualizm-yorug’likning to’lqin va kvant xossalari” mavzusini o‘tganda sud usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bizga ma’lumki, yorug’lik to’lqinlarining inson hayoti hamda texnikada foydali va zararli tomonlari bor. Demak, yorug’likning har ikkala (to’lqin va kvant) tabiatlarini tushuntirishda ularning foydali va zararli tomonlaridan kelib chiqqan holda sud darsini tashkil etsa bo‘ladi. Albatta, sudlash ishlarining qonun qoidalariga amal qilish yuzasidan alohida tushunchalar beriladi. Darsda yorug’lik to’lqinlari tilga kiradi: himoyachi ularning foydali tomonlarini, qoralovchi esa zararli tomonlarini bayon etadi. Guvohlar guvohlik beradilar, sudya esa tomonlar fikrini taqqoslab hukm chiqaradi. Yorug’lik to’lqinlarining foydali tomonlaridan samarali foydalanishga, zararli tomonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishga qaror qabul qilib ularni oqlaydi. Tajriba. Mavzuni to‘g‘ridan to‘g‘ri tushintirmasdan laboratoriya ko‘rinishida namoyon etib, so‘ng mazmuni va qaysi qonuniyatga asoslangan ekanligini sinfga savol tarzida tashlash mumkin yoki laboratoriya stoli ustiga asboblarni tartibsiz qo‘yib, o‘quvchilarga ish uchun kerakli asboblar tartibini o‘zlari tanlashlari topshiriladi. Bu usulni kichik guruhlarda interfaol metodlardan foydalanib qo‘llash mumkin. “Jismlarning suzish shartlari” mavzusini o‘tganda bu tajribada (bu tajribani bir necha usulda bajarish mumkin) ish uchun kerakli asboblarni stol ustiga aralash holda qo‘yib guruhlarga har bir usul alohida topshiriq qilib berilsa, har bir guruh o‘ziga berilgan topshiriqning kerakli asbobini tanlab oladi va ishni mustaqil bajaradi. Ba’zi demonstrasion tajribalarni o‘qituvchi ko‘rsatib berishi shart emas. Uni o‘quvchilarga uyga vazifa qilib berishi mumkin. Masalan, “Yor

Доказательный фрагмент

«Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modern innovative technologies, professional skills, zamonaviy innovatsion texnologiyalar, akademik litsey, physics, fizika, профессиональные навыки, general education school, academic lyceum, общеобразовательная школа, современный инновационные технологии, motivatsiya, физика, академический лицей, umumta’lim maktabi, kasbiy mahorat, мотивация, motivation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники