К содержанию
РецензированоUZ2021

Matematika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

MATEMATIKA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA ZAMONAVIY · AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Alimov Salohiddin Hikmat oʻgʻli · Xolmanova Klara Yangiboy qizi

Информатика и инженерные технологии · 93-96 · 2021

Аннотация

Zamonaviy jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo, o‘qitish sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish masalasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Ushbu maqolada matematika fanini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish sifat darajasini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oshirish to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. Kalit soʻzlar: axborot-kommunikatsiya, kompetensiyaviy yondashuv, modellashtirish, grafik rejim, zamonaviy axborot texnologiyalari. Bugungi kunda dunyo miqyosida matematika ta’limini takomillashtirish bo‘yicha intensiv ishlar amalga oshirilmoqda: matematika o‘qitishning maqsadlari, o‘quv materiali mazmunini tanlash tamoyillari aniqlashtirilayapti, darsliklar va boshqa o‘quv vositalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, o‘qitishning samarali shakllari va metodlari ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon hozirgi vaqtdagi fanning, fan va texnika o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning rivojlanishi, jamiyatning barcha sohalariga, yangi axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga asoslangan ilmiy-texnik revolyusiyaning natijalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Matematika fanining inson aql- zakovati, diqqatini rivojlantirish, maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalash, algoritmik intizomni ta’minlash, tafakkurini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Matematika olam haqidagi bilimlarning asosi bo‘lib, ishlab chiqarish, fan va texnika taraqqiyotida, shuningdek, atrofimizdagi hodisa va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitish jarayonida xorijiy tajribalardan foydalanishning mohiyatini o‘rganish, xorijiy tajribalarning ijobiy hamda salbiy tomonlarini ko‘rsatib berishdan iborat [4]. Talabalarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanmasdan bo‘lmaydi. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda 565 analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, induksiya va deduksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya kabi qobiliyatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ko‘pincha amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarni yechimi darxol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanishligi sababli, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni, shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi: bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarga natijaga erishganlik bilan, yechim yo‘lining go‘zalligi va an’anaviy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan katta emotsional zavq berilishi ahamiyatlidir [3]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomada “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur”, deb ta’kidlab o‘tdilar [1]. Bizning fikrimizcha, matematika fanini o‘qitish sifatiga ta’lim tizimining alohida tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishlarning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Matematika fanini o`qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning qulayliklaridan yana bir jihati ayrim o`quv vaziyatlarini modellashtirishdir. Simulyatsiya dasturlarini qo'llashdan maqsad boshqa o'qitish usullarini qo'llashda tasavvur qilish qiyin bo'lgan materiallarni tushunishni osonlashtirishdir. 1-rasm. Simulyatsiya dasturlari yordamida kvadratik funksiya grafigini qurish 2-rasm. Simulyatsiya dasturlari yordamida kvadratik funksiya grafigini qurish 566 Matematika ta'limiga kompetensiyaga asoslangan yondashuv o'quvchilarning kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotida duch keladigan vaziyatlarda samarali harakat qilish imkonini beradigan amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni, shuningdek, matematika ta'limining amaliy, amaliy yo'nalishlarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan- texnika taraqqiyoti navqiron avloddan o‘zgaruvchan jahon mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni, fanlarni puxta egallashni taqozo etmoqda. Bu taʼlim tizimiga, jumladan, matematika fanini oʻqitishga ilgʻor milliy va xalqaro tajribaga asoslangan standartlarni joriy etish orqali taʼminlanadi. Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash m

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
компетентностный подход, competency-based approach, matematik modellashtirish, информационно-коммуникативный, information and communication, kompetensiyaviy yondashuv, grafik rejim, axborot-kommunikatsiya, zamonaviy axborot texnologiyalari, modern information technologies, graphic mode, графический режим, моделирование, Modeling
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники