К содержанию
РецензированоRU2017

Важные факторы повышения активности студентов высших учебных заведений

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI FAOLLIGINI · OSHIRISHNING MUHIM OMILLARI · dots. Sadullayev Hamidullo Mansurovich · Hamidullayev Shoxjahon Hamdam o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 24 · 1475- 1479 · 2017

Аннотация

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: professional jasorat, byurokratik yondashuv, pedagogik faoliyat, salbiy omillar, o‘quv materialini tanlash, o‘qishga havas muhiti. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab yutiqlar orasida professional jasorat ta’lim berishdagi eng jiddiy va eng mushkul masalalarni hal etish kalitini topish harakati qayta jonlantirilishi o‘z dolzabligini yo‘qotgani yo‘q. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘qishga qiziqish, faollik, mustaqil fikrlash kabi xislatlarni tarbiyalash, ularning ta’lim olishdagi faolliklariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tadqiq etish va to‘g‘ri xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ham professional jasorat talab etiladi. 210 Ta’lim – tarbiya jarayoniga mahkamachilik turli cheklashlar, byurokratik yondashuvlarning o‘rnashib olishi davlat, xalq manfatlariga xizmat qilmaydi. Jamiyatning beg‘amlikka, xotirjamlikka va rasmiyatchilikka qarshi kurash olib borilayotgan hozirgi sharoitda bu ayniqsa muhim. Bunda asosiy maqsad – ko‘plab pedagogik faoliyat ustalarining, professor – o‘qituvchilarning progressiv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan hamohang tajribalari, yangi xulosalari, interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘qitish amaliyotini boyituvchi, yangicha yondashish va konsepsiyalarga yo‘l ochib beruvchi tajribalarni umumlashtirish, tahlil qilib berishdir. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinmoqda, o‘qish va ishlash uchun shart-sharoitlar yaxshilanmoqda. Lekin, ta’lim sifatining yaxshilanib borayotganligi yaxshi ko‘zga tashlanmayapti. Albatta, kompyuterlashtirish, texnik vositalardan, axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganish borasida yutuqlar salmoqli. Hozirgi har bir auditoriya, kabinetlar, laboratoriyalarga ham video kameralar o‘rnatilgan. O‘quv jarayoni doimiy kuzatuv ostiga olingan. Iqtidorli talabalar bor, “elita” guruhlari ham tashkil etilgan. Ularda darslar xorijiy tillarda olib borilmoqda. Bu ishlar o‘zining ijobiy natijasini berishi kerak. Yaratib berilayotgan bunday sharoitda natijalar yanada yaxshi bo‘lishi kerak edi. Lekin amalda, afsuski bunday bo‘lmayapti. Chunki, oliy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan ayrim omillar mavjud bo‘lib, ular bartaraf etilmaguncha kutilayotgan natijalarga erishish qiyin. Ta’lim beruvchilarda o‘quv yuklamasining ko‘pligi emas, balki bu yuklamani to‘laqonli, sifatli bajarish uchun vaqtning yetishmasligi ham bir muammo. Odatda, professor – o‘qituvchilar kuniga o‘rtacha 8 soat ishda bo‘lishadi. Shundan 3 – 4 soati to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’lim – tarbiya bilan bog‘liq bo‘lmagan behuda ishlar – rejalar, tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, dasturlar majmualar tuzish, yuqoridan beriladigan joriy topshiriqlar (modemogrammalar, buyruqlar, bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, jadvallar to‘ldirish, bayonnomalar, hisobotlar tuzish va sh.o‘) ijrosini ta’minlash, talabalar davomatini jurnallarga belgilash va “Hemis” dasturiga qayd qilish kabi ko‘plab behuda ishlarga sarf bo‘layotgani ham sir emas. Oddiy davomatni belgilash uchun auditoriyadagi 100-150 nafar talabaning ro‘yxat bo‘yicha familiyasini o‘qish, uni ko‘z bilan ko‘rib, jurnalga rasmiylashtirishning o‘zi 10-15 minut dars vaqtning bekor sarflanishiga olib kelayapti. Buni shu kuniyoq soat 2400 gacha “Hemis” dasturiga kiritish uchun ham yana 10-15 minut vaqt sarflanadi. Bir kunda o‘rtacha 2-3 juftlikda dars o‘tilganda shu rasmiyatchilik uchungina 1-1,5 soat vaqt yo‘qotiladi. Bugungi kunda, XXI asrda davomatni qayd etishning boshqa imkoni yo‘qmi? Ta’lim muassasalariga kirish joylariga “Turniket” tizimlarini joriy etish mumkin emasmi? Oliy ta’limda reyting uchun kurash avjida. Aslida, ta’lim muassasasi obro‘- e’tibori avvalo dars jarayonida vujudga keltiriladi. Kelajakda har tomonlama barkamol, yetuk mutaxassislar “Hemis” dasturida emas, auditoriyalarda, laboratoriyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladigan amaliyotlar davomida, kurs ishlari, loyihalari, bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish jarayonlarida shakllantiriladi. 211 Tarbiya daqiqalari darsda odatdagi ishlarga: o‘qituvchining savollari, talabaning javoblari, yoki aksincha, o‘qituvchining harakatlari talabalarning harakatlariga chirmashib boradi. Talabalardagi tirishqoqlik, qiziquvchanlik o‘tini, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga chanqoqlikni asrashimiz kerak. O‘qishdagi muvaffaqiyat quvonchli, talabaning faxr tuyg‘usi shu o‘tni oziqlantiruvchi manba sanaladi. Chunki talabaning o‘qishi – uning asosiy mehnati. Afsuski, shuncha qarorlar qabul qilinayotganiga qaramasdan qog‘ozbozlik kamaymayapti, aksincha endi turli xujjatlar, ma’lumotlar, hisobotlarning ham qog‘oz, ham elektron varinatlari talab etilishi oddiy hol bo‘lib qoldi. Shubhasiz, darsga bo‘lgan qizi

Доказательный фрагмент

«Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
педагогическая деятельность, professional jasorat, bureaucratic approach, бюрократический подход, негативные факторы, выбор учебного материала, negative factors, salbiy omillar, byurokratik yondashuv, pedagogik faoliyat, choice of educational material, атмосфера энтузиазма к учебе, pedagogical activity, профессиональное мужество, professional courage, atmosphere of enthusiasm for studying, o‘qishga havas muhiti, o‘quv materialini tanlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники