Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Bo‘lajak muhandislarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING ME’YORIY-METROLOGIK · KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY · Nosirov Jahongir Normurot o‘g‘li
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va nazorat qilish, me’yoriy xujjatlarni muhandislar tomonidan tahlil qilish, ishlab chiqarishini metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kasbiy masalalar borasida tahliliy xulosalar keltirilgan. Tayanch so‘zlar: Kompetensiya, kasbiy ta’lim, me’yoriy-metrologik kompetensiya, me’yoriy-metrologik xarakter, kompetentlilik, loyihalash konstruktorlik, metrologik ta’minot, aniqlik darajasi, standartlashtirish, konstruktorlik va texnologik xujjat. Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, hozirgi vaqtda qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni anglagan professional mutaxasisga jamiyatning ijtimoiy ehtiyoji bilan bog‘liq ravishda dolzarblashdi. Kasbiy ta’lim tizimi ushbu muammoga, ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini amalga oshirish yo‘li bilan javob berdi. Uchunchi avlod oliy kasbiy ta’lim federal davlat ta’lim standartini ishlab chiqishning asosiga, ta’lim mazmunini yangilashning ijtimoiy-kasbiy birliklari sifatida “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalari chiqadigan kompetentli yondashuv qo‘yilgan. Bo‘lajak muhandisning me’yoriy-metrologik kompetensiyalarning komponentlari mavzusini loyihalash maqsadida muhandisning kasbiy faoliyatini mashinasozlik sanoati misolida bizni qiziqtirgan aniqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan tahlil qilamiz: - Berilgan element, uzel, mexanizm uchun aniqlikning optimal darajasini me’yorlash; - Berilgan aniqlik darajasini taminlash texnologiyasi; - Erishilgan aniqlik darajasini nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayonini metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish; (1-rasm) mashinasozlik ishlab chiqarishini konstruktorlik-texnologik ta’minoti yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim standartini tahlil qilamiz. Standartda muhandis bajarishi mumkin bo‘lgan quyidagi kasbiy faoliyat turlari ajratib ko‘rsatilgan: -Loyihalash konstruktorlik; -Ishlab chiqarish-texnologik; -Tashkiliy-boshqaruv; -Ilmiy-boshqaruv; -Ilmiy-tadqiqotchilik; 552 -Ekspluatatsion. Loyihalash- konstruktorlik i r a Ishlab chiqarish l r Ishlab chiqarish u texnologik t i jarayonini Mashinasozlik t a y aniqligini ishlab chiqarish i lo a Tashkiliy-boshqaruv me’yorlash va mahsuloti sifati f y metrologik taminoti ib s a k Ilmiy tadqiqotchilik g n in s id n ekspluatatsion a h u M 1-rasm. Mashinasozlik mahsulotini sifatini ta’minlashning strukturaviy (tuzilmaviy) mantiqiy sxemasi “Rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilarning lavozim malaka ma’lumotnomasi” muhandisning lavozim majburiyatlari quyidagicha izohlanadi: “muhandis … metrologik ta’minot, texnik nazorat va h.k. bo‘yicha ilmiytexnik faoliyat sohasida … ishlarni bajaradi. Metodik va me’yoriy xujjatlarni, texnik xujjatlarni ishlab chiqadi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etadi. Texnik xujjatlarni ekspertizasini amalga oshiradi va jihozlar holati va ekspluatatsiyasi ustidan kuzatuv va nazoratni amalga oshiradi. O‘rnatilgan talablar, amaldagi me’yor, qoida va standartlarga rioya etilganligini kuzatadi. Bilish kerak: ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan texnik vositalar ishlash prinsipi, texnik tavsifini; texnik xujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish bo‘yicha amaldagi standartlar, texnik shartlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni…” Asos sifatida berilgan me’yoriy xujjatlarni muhandis oldida turgan, standartlashtirish, ishlab chiqarishini metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kasbiy masalalarni olamiz. Qoida tariqasida loyihalash-konstruktorlik faoliyati mahsulotlarning eskizi, texnik, ishchi loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa, mexanik, texnologik, ekspluatatsion, iqtisodiy va estetik parametrlarni hisobga olib, boshqa konstruktorlik va texnologik xujjatlarni ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqarish texnologik jarayon texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va nazorat qilishdan iborat. Muhandisning kasbiy faoliyatining ushbu turning dastlabki materiali buyumlar yaratiladigan moddiy resurslar hisoblanadi, mahsuloti esa – tayyor texnik qurilmalar. Muhandisning funksiyasi (vazifasi) buyumni ishlab chiqarish tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat. 553 Ushbu ishda me’yoriy xujjatlar muhim ro‘l o‘ynaydi, chunki alohida texnologik jarayonlar xalqaro, davlat standartlari yoki tashkilot standartlarida izohlangan. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati mashinasozlikning mahsulotlari va yangi texnologiyalarini ishlab chiqilishini nazarda tutadi, yuqori darajadagi aniqlik bilan texnik eksperementlarni o‘tkazish, ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni nazarda tutadi. Buning uchun mavjud me’yor va qoidalarni mukammal bilish zarur va ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqla
Доказательный фрагмент
«Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va naz…»
Образец извлечения
Демо-превьюMuhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va naz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- design and construction, konstruktorlik va texnologik xujjat, kompetentlilik, normative-metrological character, aniqlik darajasi, Компетентность, стандартизация строительной и технологической документации, construction and technological documentation, competence, нормативно-метрологический характер, loyihalash konstruktorlik, professional education, standartlashtirish, me’yoriy-metrologik xarakter, metrological support, Kompetensiya, level of accuracy, нормативно-метрологическая компетентность, standardization, метрологическое обеспечение, me’yoriy-metrologik kompetensiya, normative-metrological competence, профессиональное образование, kasbiy ta’lim, проектирование и строительство, уровень точности, metrologik ta’minot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025