К содержанию
РецензированоUZ2004

Fizika fanining “kvant fizika” bo‘limini mikroolamning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratgan holda o‘qitish metodikasi

Sattarkulov Komil Raxmatovich (обучения/ А.А.Вербицкий. — М.: Исслед. центр проблем качества подготовки)

Информатика и инженерные технологии · 2 · 128-131 · 2004

Аннотация

Ushbu maqolada akademik litseylarning fizika kursida Kvant fizikasi bo‘limini o‘qitishda mikroolam haqida asosiy tushunchalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: fotoeffekt, korpuskulyar-to‘lqin, mikrozarracha, fotonlar. Akademik litseylar fizika kursida kvant fizikani o‘qitish metodikasi hozirgi kunda tez shakllanayotgan va rivojlanayotgan ilmiy-metodik sohalardan biri hisoblanadi. Rossiyalik olimlar A.V.Tarasov va V.V.Multanovskiy, V.M.Yavorskiy, V.G.Razumovskiylar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va fizika chuqur o‘rganiladigan akademik litseylar fizika o‘quv dasturlari hamda darsliklariga zamonaviy fizikani, ya’ni kvant fizika elementlarini kiritish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilgan [1,3,4]. Respublikamiz akademik litseylari uchun fizika darsliklarining kvant fizika bo‘limida faqat fotoeffekt hodisasi va korpuskulyar-to‘lqin dualizmi mavzulari berilgan, lekin bu hodisalarning mazmun mohiyatiga, ya’ni ehtimoliy-statistik mohiyatiga deyarli e’tibor berilmagan [5]. Rossiya Federatsiyasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va litseylar darsliklarida ham kvant fizika bo‘limi to‘la ochib berilmagan bo‘lsa ham, De-Broyl g‘oyalari va De- Broyl to‘lqinlari mavzularida ehtimoliy statistik tasavvurlarni kengroq yoritishga harakat qilingan [6]. Hozirgi kunda, Kvant fizikasi bo‘limiga kiritiladigan materiallarni mazmun- mohiyati kengroq yoritilmoqda, asosiy e’tibor o‘quvchilarning mavzularni to‘la tushunishlariga va De-Broyl to‘lqinlarining o‘ziga hos hususiyatlari va odatdagi to‘lqinlardan farqi hamda ehtimoliy-statistik mohiyatining yoritilishi akademik litsey o‘quvchilarining fizikaviy hamda matematik bazasiga mosligiga e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari akademik litseylarning fizika darsliklarida ushbu mavzuni kengroq yoritilishiga, ehtimoliy-statistik tasavvurlarni o‘quvchilar ongiga chuqurroq singdirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Bizning fikrimizcha De-Broyl to‘lqini mavzusini yoritishda quyidagilarga kengroq e’tibor qaratish zarur [6]. 1. De-Broyl g‘oyalari va De-Broyl to‘lqini. Misol sifatida doiraviy orbitalarning kvantlanishi masalasida N.Borning shartlarini yuqoridagi g‘oyalar asosidagi isboti. 2. Mikrozarrachalarga korpuskulyar-to‘lqin dualizmini tadbiq etish. 3. Impuls, chastota va to‘lqin uzunligining o‘zaro bog‘lanishi. 550 De-Broyl g‘oyalari va De-Broyl to‘lqini to‘g‘risidagi ishlar kvant tasavvurlarning rivojlanishida muhim bosqichlardan biri hisoblanb, ular yordamida, De-Broyl to‘lqini tasavvurlariga asoslangan holda N.Borning doiraviy orbitalarni kvantlanishi to‘g‘risidagi shartlarini isbotlash mumkin. O‘quvchilarga mikrozarracha yoki mikroobʼektni qanday tavsiflash va tasavvur qilish mumkin ekanligini har tomonlama chuqur tushuntirish zarur. Tabiiy holda, mikrozarracha yoki mikroobʼektning tinch holatdagi massa va elektr zaryadi kabi xarakteristikalari ularni ham “Korpuskula” deb qarash zarurligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari mikrozarracha yoki elementar zarracha terminining mazmun va mohiyati ham zarracha (korpuskula) sifatida tasavvur qilishga asos bo‘ladi [6,7]. Mikrozarracha yoki mikroobʼektning harakatini, klassik korpuskulaning harakati kabi traektoriya bilan ifodalanmasligi, mikrozarracha yoki mikroobʼektning o‘z-o‘zidan yemirilish xususiyati, potentsial to‘siqlar orqali harakatining o‘ziga hosligi (tunnel effekti) ularning klassik korpuskulalardan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, De-Broyl tomonidan tabiatdagi mavjud simmetriyaga asoslanib, agar yorug‘lik (fotonlar), to‘lqin xususiyatdan tashqari korpuskulyar xususiyatlarni ham namoyon qilishi, mikrozarrachalar ham korpuskulyar xususiyatlar bilan bir qatorda to‘lqin xususiyatlariga ham ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Тарасов Л.В. Современная физика в средней школе.- М.: “Просвещение”, 1990. 2. Яворский Б.М “Основные вопросы современного школьного курса физики” М. Педагогика.1976. 3. Мультановский В.В. “Физические взаимодействия и картина мира в школьном курсе” - М.: Просвещение. 1983 4. Ўлмасова М.Н. Физика (Оптика, атом ва ядро физикаси) (Академик лицейлар учун ўқув қўлланма) -Т. Чўлпон НМИУ, 2010. 5. Г.Я. Мякишев Физика (11-класс) М.: Просвещение, 2014. 6. K.R.Sattorqulov, G.B. Samatov, Elmuratov R.U., Daminov R.Sh, Uyaboeva H,A., “Methods of Studying Louis De Broglie Wave and Corpuscular-Wave Dualism In The Course Of Physics in Academic Lyceums” - Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. Turkiya. Volume: 12 №7, 16.04.2021, ISSN 1309-4653, h/426-432. 7. Sattorqulov Komil Raxmatovich “Akademik litseylar fizika kursida “Mikrozarracha” to‘g‘risida tassavurlarni shakllantirish va rivojlantirish” - INTERNATIONAL CONFERENCE ON SCIENTIFIC RESEARCH IN NATURAL AND SOCIAL SCIENCES (Canada) www.econferenceseries.com July, 5th, Vol. 2 No. 7 (2023) p. 128-131. 551

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada akademik litseylarning fizika kursida Kvant fizikasi bo‘limini o‘qitishda mikroolam haqida asosiy tushunchalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada akademik litseylarning fizika kursida Kvant fizikasi bo‘limini o‘qitishda mikroolam haqida asosiy tushunchalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
photons, photo effect, microparticle, фотоэффект, корпускулярная волна, fotonlar, fotoeffekt, corpuscular-wave, фотоны, mikrozarracha, korpuskulyar-to‘lqin, микрочастица
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники