Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Об использовании информационно-педагогических технологий на уроках истории
hamda ekspluatasiyasi” . R.J.Tojiyev. · B.S. Ortiqaliyev. Farg’ona- · TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH XUSUSIDA · Raxmatov Xayrulla Bozorboevich · Qaxramonov Javohir Baxriddin oʻgʻli
Информатика и инженерные технологии · 24 · 1475- 1479 · 2021
Аннотация
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar sohasidagi axborotlashtirishning tezkor jarayonlari hamda ta’limga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini samarali tatbiq etish yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Texnologiya, axborot, elektron darslik, kompyuter texnologiyalari, InterNET, mediapedagog, fasilator, tyutor moderator elektron kutubxona. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi, ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishda bo‘lib, hozirgi shiddat bilan o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan dunyoga moslashishga harakat qilib kelmoqda. Zamonaviy ta’limni zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq 206 fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.[1] 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga va xalqqa qilgan murojaatnomasida ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdilar. “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql- zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.[2] Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yar ekan, yangi davr fuqarosini kamol topishida, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda tarixga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, tarix qadriyatlarni qayta tiklash va rivojlantirishda, milliy o‘zlikni anglash va yangi jamiyat qurishda ma’rifat quroli, ma’naviy- mafkuraviy mayoq sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni jalb etish hamda ta’lim tizimini axborotlashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Axborot texnologiyalardan o‘quv-tarbiya jarayonida maqsadli foydalanish dars mashg‘ulotlariga sezilarli natija beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim modelida pedagoglar fasilitator, tyutor mediapedagog, moderator kabi vazifalarni bajaradilar.[4] O‘qituvchining axborot-kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni darsda maqsadli qo‘llashi, vaqtdan unumli foydalanish, mukammallik, ketma-ketlik, moslashuvchanlik, rivojlanish, keng ko‘lamlilik, ko‘rgazmalilik kabi imkoniyatlarni ochib berish bilan bir qatorda mavzuga oid o‘quv materiallarini o‘quvchilar to‘laqonli o‘zlashtirishlariga zamin yaratadi. O‘qituvchi darsda ishtirok etayotgan har bir o‘quvchining diqqatini mavzuga qarata oladi, ularning faolligini ta’minlaydi. Darsda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi elektron darsliklar, elektron qo‘llanma, qo‘shimcha manbalar, elektron topshiriqlar va multimediali ma’lumotlardan keng qamrovli foydalanish imkonini beradi. Darhaqiqat, milliy mustaqilligimiz qo‘lga kiritilishi tufayli boy va ko‘hna tariximizni tiklab olish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Mashhur akademik olimimiz B.Ahmedovning ta’kidlashicha, “...Lekin boy berib qo‘yilgan 130 yilning o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmasa kerak. Buning uchun olimlarimiz, qo‘yingki, barcha ziyolilar bir bo‘lib ko‘p mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi”.[5] Bugungi kunda fan sohasida, ilmiy tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish mushkul. Kompyuter va u bilan bog‘liq texnik imkoniyatlardan hozirda barcha sohalar qatorida ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohalarida ham unumli foydalanilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, kompyuter va kompyuter texnologiyalari, axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish fan va ta’limning tarkibiy qismlaridan biriga aylanib ulgurgan. Ma’lumki, XX asrning 80-90-yillarida keng avj olgan axborotlashtirish jarayoni tarix faniga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-yillarga kelib tarix fani tadqiqotlarida kompyuterlardan asosan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalanila 207 boshlangan bo‘lsa, keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo‘llanila boshlandi.[6] 1986-yilda “Tarixchi va kompyuter” nomli xalqaro assotsiatsiya tuzildi va 1992 yilda uning tarkibiga bir qator MDH davlatlari tarixchilari ham kirdi.[6] Shu davrda tarixiy tadqiqotlar va tarix fani tadqiqotlari uslublaridan biri sifatida paydo bo‘lgan “tarixiy informatika” yuz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar soh…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar soh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter, медиапедагог, electronic textbook, Интернет, computer technologies, information, InterNET, facilitator, media pedagogue, репетитор, Texnologiya, elektron darslik, tyutor moderator elektron kutubxona, mediapedagog, Technology, фасилитатор, информация, texnologiyalari, Технологии, moderator electronic library, компьютер технологии, tutor, axborot, электронный учебник, fasilator, модератор электронных библиотека
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024