Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yoshlar tarbiyasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari
TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI · Janizoqov Ilyos
Информатика и инженерные технологии · 2 · 2026
Аннотация
Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Qadriyat, milliy urf-odat, milliy madaniyat, ma`naviy dunyoqarash, ong va psixika, ijtimoiy ong, dunyoqarash, millat va elat. Kirish. Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Mustaqillik sharoitida milliy madaniyatimizni rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish sohasida erishgan ulkan yutuqlarimizdan yana biri - o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligidir. Bu voqea hayotimizda, ongimizda katta burilish yasadi. Milliy ong - ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan etnik ongining asosiy shaklidir.Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatning, ishlab chiqarish munosabatlarning o‘zida aks ettiruvchi, uning ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi xis-tuyg‘u, g‘oya va qarashlarning majmuidir. U jamiyatdagi, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, faoliyat, diniy, etnik qarashlar, kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Etnik ongning dastlabki shakli bo‘lmish urug‘ va qabilalar ongining xususiyatlari shundan iboratki, unda ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy borlig‘i, uning madaniyati, urf- odat va an’analari, psixologiyasi va dunyoqarashi o‘z aksini topgan. Tadqiqot metodologiyasi. Har-xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzimda har xil ong va tafakkur uslubi mos keladi. Ijtimoiy jamoadagi urug‘ va qabilalar tafakkuri mutlaqo boshqacha xususiyatlariga ega bo‘lib, bizning tafakkurimizdan keskin farqlanadi. Sinfiy tabaqalanish davri boshlanishi bilan aniq ko‘zga tashlangan xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning vujudga kelishi etnik ongning yangi shakllari bo‘lmish elat va milliy onglari vujudga keltiradi. Etnik ongning shakllanishi va rivojlanishiga etnoslarning asrlar mobaynida ijtimoiy hayot faoliyati davomida vujudga kelgan psixik xususiyatlari, milliy urf-odat va an’analar, turmush-tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Etnik ong ijtimoiy ongga nisbatan konkret tushuncha bo‘lib, unda urug‘, qabila, elat millatning ijtimoiy hayoti va madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi. Ijtimoiy ong tarkibida etnik ong bilan bir qatorda ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura katta o‘rin tutadi. Shakllangan milliy psixologiyaning tarkibiy qismini milliy harakter tashkil qiladi. O‘zbek milliy harakter xususiyatlariga mehnatsevarlik, dovyuraklik, vatanparvarlik, 541 insonparvarlik, erksevarlik, sabr-toqat va boshqa xalqlarga va shu millat vakillariga nisbatan munosabatlar kabilar kiradi. Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi milliy manfaatlariga mos keladigan o‘z milliy harakter idealini yaratadi. Milliy harakter o‘zgarmas, turg‘un narsa emas, u tarix maxsuli. SHunday ekan, milliy harakterni vujudga keltirgan ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan u ham ma’lum darajada o‘zgaradi, xatto bir madaniy sivilizatsiya jarayonida uning ham ayrim hislatlari o‘zgarib yangi umumbashariy hislatlar vujudga keltirishi mumkin. Milliy ong, milliy g‘ururimiz kundan-kunga o‘sib, yuksalishi mazkur sohada hech qanday muammo yo‘q deganini bildirmaydi, albatta. Xalqimiz milliy ongini yanada rivojlantirib, xozirgi kun talabiga javob beradigan holatga keltirish uchun hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz zarur. SHularni ichida katta e’tiborni talab etadigan muammo - xalqimiz huquqiy ongini yanada o‘stirishdir. Yoshlarimizning qiyofasi, dunyoqarashi, madaniyati, insoniy fazilati, qobiliyati nimalardan iborat bo‘lishini yaxshi faxmlab, ana shu fazilatlarni shakllantirish ustida tinmay amaliy ish olib borish jamiyatimizning, birinchi navbatda tarbiyachilar, muallimlar professor-o‘qituvchilar, olimlarimiz, barcha ziyoliylar va jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masaladir. SHarq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim- tarbiyasi, odob-ahloqi haqida juda ko‘p qimmatli maslaxatlar fikr-muloxazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Xadisi SHarif insonning ma’naviy kamolati uchun beqiyos manba ekanligi xalqimizga ma’lum. Xalq mutaffakirlari, olimu ulamolari tomonidan asrlar davomida obod-ahloqqa oid minglab kitoblar, xikmatlar yaratilgan. Afsuski totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz maxrum qilib qo‘yilgan edi. Endilikda, istiqlol tufayli bu sohada xam jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelmokda. Ayni vaqtda xalqimizning milliy qadriyatlarimizga qiziqishi taboro oshib bormoqda. SHuni xisobga olgan holda jumxuriyatimizda keyingi yillarda mazkur masala bo‘yicha o‘tmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga xavola etilmokda. O‘zbek olimlari, shoirlari tomonidan xam odob-ahloq masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlar nashr qilinayapti. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yoshlar tarbiyasining mazmuni va moxiyatida, usul va s
Доказательный фрагмент
«Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ценности, milliy madaniyat, dunyoqarash, Values, national traditions, nation and people, ong va psixika, millat va elat, национальные традиции, mind and psyche, разум и психика, ijtimoiy ong, worldview, ma`naviy dunyoqarash, национальная культура, мировоззрение, national culture, Qadriyat, milliy urf-odat, общественное сознание, нация и народ, social consciousness, spiritual worldview, духовное мировоззрение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026