Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanishning tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari
. Abdutolib P. TALABALARDA AXBOROT-TEXNIK · KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI · . Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ · ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ · КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ · ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ · FOYDALANISHNING TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH · Janizoqov Ilyos
Информатика и инженерные технологии · 2 · 2023
Аннотация
Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Qadriyat, milliy urf-odat, milliy madaniyat, ma`naviy dunyoqarash, ong va psixika, ijtimoiy ong, dunyoqarash, millat va elat. Kirish. Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Mustaqillik sharoitida milliy madaniyatimizni rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish sohasida erishgan ulkan yutuqlarimizdan yana biri - o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligidir. Bu voqea hayotimizda, ongimizda katta burilish yasadi. Istiqlol tufayli ma’naviy hayotimizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi o‘sib, ma’naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga poydevor yaratmoqda. Har bir millatning qiyofasi, uning katta va kichikligidan qatiy nazar, eng avvalo o‘zining milliy ongi va psixologiyasida namoyon bo‘ladi. Milliy ong - ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan etnik ongining asosiy shaklidir.Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatning, ishlab chiqarish munosabatlarning o‘zida aks ettiruvchi, uning ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi xis-tuyg‘u, g‘oya va 536 qarashlarning majmuidir. U jamiyatdagi, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, faoliyat, diniy, etnik qarashlar, kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning intihosidir. Boshqacha aytganda ijtimoiy ong - ob’ektiv olam va ijtimoiy borlikning kishilar ongida aks etishidir. Shunday ekan, har bir xalq, elat va millat o‘zining ijtimoiy hayotini aks ettiradigan etnik ongga egadir. Mazkur etnik ongning tarkibiy qismini urug‘, qabila, elat va millatning ongi tashkil etadi. Etnik ongning dastlabki shakli bo‘lmish urug‘ va qabilalar ongining xususiyatlari shundan iboratki, unda ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy borlig‘i, uning madaniyati, urf- odat va an’analari, psixologiyasi va dunyoqarashi o‘z aksini topgan. Tadqiqot metodologiyasi. Har-xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzimda har xil ong va tafakkur uslubi mos keladi. Ijtimoiy jamoadagi urug‘ va qabilalar tafakkuri mutlaqo boshqacha xususiyatlariga ega bo‘lib, bizning tafakkurimizdan keskin farqlanadi. Sinfiy tabaqalanish davri boshlanishi bilan aniq ko‘zga tashlangan xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning vujudga kelishi etnik ongning yangi shakllari bo‘lmish elat va milliy onglari vujudga keltiradi. Etnik ongning shakllanishi va rivojlanishiga etnoslarning asrlar mobaynida ijtimoiy hayot faoliyati davomida vujudga kelgan psixik xususiyatlari, milliy urf-odat va an’analar, turmush-tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Etnik ong ijtimoiy ongga nisbatan konkret tushuncha bo‘lib, unda urug‘, qabila, elat millatning ijtimoiy hayoti va madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi. Ijtimoiy ong tarkibida etnik ong bilan bir qatorda ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura katta o‘rin tutadi. Ijtimoiy ruhiyat-psixologiya-kishilar, ayrim ijtimoiy guruhlar va sinflar hayotining bevosita mehnat, mavjud ishlab chiqarish vosita va qurollari, turmush tarzi ta’sirida vujudga kelgan ma’naviy qiyofali, kechinmalar, odatlar, urf-odat, an’analari, hissiyotlar kabilarning tarkibiga tushmagan nazariy jihatdan asoslanmagan, sistemalashmagan tarzdagi yig‘indisidir. Unda kishilarning maqsadlari, manfaatlari va muammolari aks etadi. Ijtimoiy psixologiya kundalik turmush tarzi ta’siri ostida vujudga keladi va shakllanadi, u hissiyot, kayfiyat, kechinmalar, qiziqishlarda namoyon bo‘ladi. Milliy psixologiya esa - har bir millat vakilining milliy his-tuyg‘ulari, hatti-harakatlari, ruhiy kechinmalari, psixik temperamenti, fe’l-atvori kabi munosabatlarni ifodalaydi. Shakllangan milliy psixologiyaning tarkibiy qismini milliy harakter tashkil qiladi. O‘zbek milliy harakter xususiyatlariga mehnatsevarlik, dovyuraklik, vatanparvarlik, insonparvarlik, erksevarlik, sabr-toqat va boshqa xalqlarga va shu millat vakillariga nisbatan munosabatlar kabilar kiradi. Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi milliy manfaatlariga mos keladigan o‘z milliy harakter idealini yaratadi. Milliy harakter o‘zgarmas, turg‘un narsa emas, u tarix maxsuli. SHunday ekan, milliy harakterni vujudga keltirgan ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan u ham ma’lum darajada o‘zgaradi, xatto bir madaniy sivilizatsiya jarayonida uning ham ayrim hislatlari o‘zgarib yangi umumbashariy hislatlar vujudga keltirishi mumkin. 537 Milliy tuyg‘u kishilarning voqeylikdagi barcha narsa va hodisalarga, milliy jarayonlarga, shuningdek millatning qadimiy tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan munosabati shaklida namoyon bo‘lib, millat ma’naviy qiyofasida katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa milliy tuyg‘uning ta’sirchanligi ona tilimizga bo‘lg
Доказательный фрагмент
«Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ценности, milliy madaniyat, dunyoqarash, Values, national traditions, nation and people, ong va psixika, millat va elat, национальные традиции, mind and psyche, разум и психика, ijtimoiy ong, worldview, ma`naviy dunyoqarash, национальная культура, мировоззрение, national culture, Qadriyat, milliy urf-odat, общественное сознание, нация и народ, social consciousness, spiritual worldview, духовное мировоззрение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014