Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Voleybol sport turida texnik-taktik uslublarini dastlabki o‘rgatish metodikasi
VOLEYBOL SPORT TURIDA TEXNIK-TAKTIK USLUBLARINI · DASTLABKI O‘RGATISH METODIKASI · Nazarov Sherzod Tursun oʻgʻli
Информатика и инженерные технологии · 2012
Аннотация
Ushbu maqolada yosh o‘yinchilar tayyorgarligining birinchi asosiy qismini ularning jismoniy va texnik-taktik vazifalari tashkil etadi. U boshlang‘ich ta’lim guruhlarida yoki voleybol maktab seksiyalarida amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda, psixologik va tarbiyaviy jihatdan muammolari ham hal etiladi. Kalit soʻzlar: “kuchli sportchi modeli”, “tarqalgan” qo‘zg‘alish, “Oltin qoida”, “faqat to‘g‘ri bajarish”. Voleybol yillar davomida shakllantirilgan va hozirgi kunda ham ijobiy natijalar berayotgan amaliy tavsiyalar va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida o‘rgatiladi. Hozirgi kundagi voleybolga o‘rgatish metodikasining barcha yutuqlari va afzalliklarini hisobga olgan holda, zamon talabi uni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishga undamoqda. Ushbu bobda o‘yinchilarni tayyorlash an’anaviy metodikasining kuchli va samarali natija berayotgan tomonlarini qarab chiqamiz. An’anaviy metodikada o‘qitish va takomillashtirish asoslari aksariyat hollarda o‘rinli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu yondashuv sport mashg‘ulotlarining barcha tamoyillari (ko‘rgazmalilik, soddalik, muntazamlilik, onglilik va b.)ga tegishli. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlarini anglashdan kelib chiqib, 486 voleybolga o‘rgatish jarayoni bosqichlarga bo‘linadi. Ularda “soddadan murakkabga” tamoyili bo‘yicha o‘rgatuvchi mashqlar tanlangan va tizimlashtirilgan. Bu esa jamoalarimizga g‘alabalar olib kelgan. Voleybolchilarni tayyorlash asoslari ham berilgan. Biroq shu vaziyatda metodikaning ba’zi kamchiliklari yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Bizningcha, ular quyidagilardan iborat: 1. Voleybolchilar o‘yin uslublari mukammal texnikasi borasida aniq tushunchalar mavjud emas, shu bois nimani o‘rgatish masalasi ham mavhumligicha qolmoqda. O‘yin texnikasi uslublari “optimal modellari”ni asoslash borasidagi olimlarning harakatlari hali muvaffaqiyat keltirmadi. Qo‘llanilayotgan metodologik yondashuv tufayli tadqiqotchilar, avvalo, o‘yinchilar voleybol o‘yin uslublarini qanday bajarish kerakligini emas, balki qanday bajarayotganini o‘rganishmoqda. Bunday yondashuv tasviriy xarakterga ega; Dissertatsiya va turli ilmiy maqolalardagi miqdoriy ko‘rsatkichlarga ahamiyat bermaslik kerak, ular odatda sabab va natija asoslariga ega bo‘lmaydi, o‘yinchilar harakati samaradorligini belgilovchi jismoniy mexanizmlarni ochib bermaydi. Aksariyat o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklarda o‘yin uslublari hech qanday miqdoriy ko‘rsatkichlarsiz harakatlar strukturasini amaliy tajriba darajasida izohlaydi. 2. O‘yin texnikasi uslublarining optimal modellari mavjud emasligi muammolariga asosan murabbiylarning yosh voleybolchilar mahorati ustida ishlash o‘rniga o‘yin komponentiga asossiz katta e’tibor qaratishi sabab bo‘ladi. Texnika ustida ishlashni unutib, yosh voleybolchilar o‘yini amaliyotiga urg‘u qo‘yish natijaga “undash”ga olib keladi, bu esa ularni keyingi taraqqiyotini to‘xtatadi yoki sekinlashtiradi. O‘yinchilarni rasmiy natijaga “undash” keng tarqalib, voleybolchilar tayyorgarligi metodikasi uchun xos bo‘lib qoladi. O‘yinchilar sport tayyorgarligi mavjud amaliyotida sanab o‘tilgan kamchiliklar ularning mahorati oshishini cheklaydi va voleybolchilarni yoshligidanoq o‘yin harakatlari ko‘nikmalari majmuasida xatolar turg‘unlashishiga sabab bo‘ladi. Murabbiy o‘yinchi bo‘lgan vaqtidan boshlab “kuchli sportchi modeli”ga intiladi. Lekin ushbu taqlidiy yondashuv aksariyat hollarda ikki sabab tufayli pand beradi. Birinchisi. Texnikaning ideal modeli odatda eng kuchli ijrochi harakatlari tashqi ko‘rinishi bo‘yicha tuziladi. Undan o‘rganish predmeti baholash tizimi uchun asos sifatida foydalaniladi. Ikkinchisi. Taqlid uchun eng yaxshi o‘yinchi tanlashda uning harakatlari samaradorligi emas, uning faoliyati natijaviyligi bahosi qo‘llaniladi. Voleybolchi faoliyati natijaviyligi turli omillar: asab tizimi kuchi, uning irodaviy ko‘rinishlari, taktik bilimlilik, texnik uslublarni bajarish ko‘nikmalarining ishonchliligi va boshqalar bilan ta’minlanadi. Voleybolda o‘yin uslublariga o‘rgatishda umumiy didaktik tamoyillar: ketma- ketlik, uzviylik, tushunarlilik, muntazamlilik, onglilik, ko‘rgazmalilik va boshqalarning muhimligini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin o‘qitish predmetining aniq tasavvuri bo‘lmasa (nimani o‘qitish), son-sanoqsiz tamoyillar ham qo‘l kelmaydi – o‘qitish asosan o‘z holida qoladi. Qanday o‘rgatish masalasi ham muhim hisoblanadi. Unga o‘qitish metodikasini tashkil etadigan bir qator vazifalarni, jumladan, mashqlarni tanlash, ularni qo‘llash ketma-ketligi, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va takrorlashlar soni, taqdim etilayotgan metodik ko‘rsatkichlar, harakat ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini baholash hamda nazorat tizimi va boshqalarni kiritish mumkin. O‘yin 487 uslublarini o‘rgatish va takomillashtirishda mashqlarni faqat to‘g‘ri bajarishni eng muhim qoida yoki tamoyil (uni “oltin” qoida deb ham atash mumkin) deb qabul qilish kerak. O‘rgatish jarayonining yakuniy samaradorligi aksariyat hollarda o‘yinchilar va murabbiyning ush
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yosh o‘yinchilar tayyorgarligining birinchi asosiy qismini ularning jismoniy va texnik-taktik vazifalari tashkil etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yosh o‘yinchilar tayyorgarligining birinchi asosiy qismini ularning jismoniy va texnik-taktik vazifalari tashkil etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “faqat to‘g‘ri bajarish”, «золотое правило», «распределенный» драйв, "Golden rule", «модель сильного спортсмена», "just do it right", "distributed" drive, “Oltin qoida”, «просто делай это правильно», "strong athlete model", “kuchli sportchi modeli”, “tarqalgan” qo‘zg‘alish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025