К содержанию
РецензированоRU2021

Актуальные проблемы создания здоровой педагогической и психологической среды в общеобразовательных учреждениях

. T.I.Tojalievich · . I.T.Tojiboev · J.T.Umaraliyev. Cash · UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA SOGʻLOM PEDAGOGIK- (methods in the development of information technology in primary school) · (PhD) Zaripov Otabek Murodullayevich (methods in the development of information technology in primary school)

Информатика и инженерные технологии · 1 · 2021

Аннотация

Maqolada o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda sog`lom pedagogik- psixologik muhit tashkil etish,o`quvchi yoshlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratish zarur vazifa ekanligi ta`kidlangan. Shuningdek muallif umumta`lim muassasalaridagi o`quvchi yoshlar va pedagog o`qituvchilar bilan ishlashning muhim jihatlariga alohida e`tibor qaratgan va tegishli tavsiyalar bergan. Kalit soʻzlar. Umumta`lim muassasasi, pedagogik-psixologik muhit,o`quvchi o`smir yoshlar, individual xususiyat, innovatsion faoliyat. 189 Vatanimizning kelgusidagi taraqqiyoti ko`p jixatdan yoshlarimizning intellektual ilmiy saloxiyatiga ,zamonaviy bilimlarni qay darajada egallaganligiga bog`liq. O`quvchi yoshlarni sog`lom , bilimdon, insoniy fazilatlarga ega insonlar qilib tarbiyalasak ,kelgusida davlatimiz va jamiyat uchun yetuk va zamonaviy bilimlarga ega shaxslar yetishib chiqishi shubhasiz. Bugungi kun yoshlarini tarbiyalash oson emas.Ularga zamonaviy bilimlar bilan birga odob va axloq haqida doimo tushuntirishlar olib borish, bo`sh vaqtlarini to`g`ri taqsimlab, turli sport to`garaklariga qatnashishlarini tashkil etish, fanlardan bilimlarini turli bellashuvlar orqali o`rganish, ularning qiziqishlarini aniqlab, shu yo`nalishlar bo`yicha o`z qobiliyatlarini ruyobga chiqarishlariga yordam berish kabi vazifalar o`quvchi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega . Yangi O`zbekistonda o`quv-mashg`ulotlarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.Chunki, bugungi globollashgan,shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi zamonaviy bilimlarga ega pedagog o`z oldiga qo`ygan maqsadga har tomonlama yetuk shaxslarni tayyorlashga erisha oladi. “Innovatsiya –bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni bugundan boshlaydigan boʻlsak, uni aynan innovatsion g`oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”-deb ta`kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. Umumta`lim muassalari pedagoglari o`z faoliyatlari davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olishi, jamiyatda o`z o`rnini egallashi, mavjud muammolarning yechimini o`z vaqtida topa olishi uchun, o`z sohasi va kasbi bo`yicha jaxon andozalariga javob bera oladigan kadr kreativ inson bo`lishi zarur. Qadim qadimdan ma`lumki ta`limda tarbiya har doim bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir.Chunki bularsiz jamiyat rivojlanmaydi.Tarbiyali o`quvchi yoshlar jamiyatda munosib o`rin egallaydi, ular hech qachon yomonlik haqida o`ylamaydi.Bola tarbiyasida eng qiyin payt bu uning - o`smirlik yoshidir. Aynan ushbu davrda o`quvchi eng murakkab jarayonlarni o`z boshidan kechiradi. Bu davr ijtimoiy va biologik rivojlanishda murakkab davr boshlanadi. Hayot yo`lining mana shu davrida mustaqil o`z “men”iga ega o`smir o`z oldiga kim bo`lish, nima, qanday va nimaga erishish kabi masalalarni hal etishga to`g`ri keladi. Aynan ushbu davrda tajribali umumta`lim muassasi pedagogi o`quvchisini ota-ona bilan hamkorlikda tarbiyalashga o`z hissasini qo`sha oladi, ma`lum bosqichda o`quvchiga ham ruhan,ham ma`naviy, psixologik-pedagogik yordamga keladi. Umumta`lim muassasi tarbiyalanuvchisini o`z maqsadlarini qanday qo`yishi va jamiyat bilan uyg`unligi uning kelajakdagi keng istiqbolga bog`langan holda faolligi, barqarorligi, ma`naviy pokligi, maqsadga yo`nalganligi, betakrorligi va ijtimoiy va psixologik jihatdan mazmundorligi jamiyat uchun ham qimmatlidir. Umumta`lim muassasi pedagoglari va psixologi muassasadagi tarbiyalanuvchining ontogenez bosqichlarini, ko`p jihatdan o`smir ruhiyatidagi o`zgarishlarni hisobga olgan holda nizoli vaziyatlar yuzaga keltirish sabablarini o`rganib faoliyat olib borsa kata 190 muvaffaqiyatga erishadi. Ayniqsa bu davrda yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni ijobiy va psixologik va pedagogik tahlil qilish inqirozlarini yengil bartaraf etish , pedagogik jarayonn isamarali bo`lishida xizmat qiladi. Umumta`lim muassasida faoliyat olib borayotgan pedagoglar va o`quvchi o`rtasidagi munosabatlar, xususan o`qituvchilarning o`quvchi faoliyatini salbiy baholanishi unda o`ziga past baho berishini yuzaga keltiradi. Bunday holatlar ayniqsa hissiyotli o`quvchilarga xosdir. O`qituvchining salbiy munosabati o`quvchi yoshning salbiy tomonlari va o`z qobiliyatlarining pastligiga ishonchini shakllantiradi. Umumta`lim muassalarida faoliyat olib borayotgan o`qituvchi pedagoglar va o`quvchi yoshlar o`rtasidagi munosabat jarayonida o`qituvchining vazifasi faqat axborot berish emas,balki uni tushunishga erishish masalasi ham turadi. Jamiyatda o`z diqqatini, his-tuyg`ularini va xatti xarakatlarini ongli boshqaradigan odamlar jamiyatdagi aloxida shaxslar va ijtimoiy guruh a`zolari ularga qanday munosabatda bo`lishlaridan qat`iy nazar o`z faoliyat yo`nalishlarida yuqori samaradorlikka erishadilar.Ana shuning uchun ular doimo sog`lom va baxtli. Shaxslararo munosabatlar jarayonida ular doimo quvonchli vaziyatlar ishtirokchisidirlar. Bunday shaxslar turli vaziyatlarda xattoki stressli xolatlarni ham samarali tark etad

Доказательный фрагмент

«Maqolada o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda sog`lom pedagogik- psixologik muhit tashkil etish,o`quvchi yoshlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratish zarur vazifa ekanligi ta`kidlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda sog`lom pedagogik- psixologik muhit tashkil etish,o`quvchi yoshlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratish zarur vazifa ekanligi ta`kidlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Innovative education, computer science, Analytical information, Общеобразовательное учреждение, General educational institution, индивидуальные особенности, Umumta`lim muassasasi, педагогико-психологическая среда, student adolescents, инновационная активность, innovative activity, individual characteristics, innovatsion faoliyat, individual xususiyat, o`quvchi o`smir yoshlar, pedagogik-psixologik muhit, pedagogical and psychological environment, студент подростки
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники