Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning ilmiy- texnik ijodkorlik faoliyatini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari
. Аракулов · Г. Т. (). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ · . Arakulov · G. (). ТАЖОВУЗКОРЛИК-ЎСМИРЛАРДА · TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINI TARBIYALASHNING · PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI · Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘li
Информатика и инженерные технологии · 2022
Аннотация
Maqolada talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyat jarayonida shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ijodkorlik, shaxs, jarayon, sifat, tarbiya, fikrlash, yеtakchilik, munosabat, intilish, mahorat. Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodkorligi shaxsning ichki his- tuyg‘usini rivojlatirish va tarbiyalash muammosiga yеtakchi psixologlar vakillari e’tiborini qaratganlar. Ijodkorlikda shaxs hissiy ehtiyojini shakllantirish talabalarni ijodkorlikka tayyorlashning muhim vositalaridan biridir. Bu ishni samarali amalga oshirish esa, shaxs ichki ehtiyojining o‘ziga xos bo‘lish – psixologik jihatlari tabiati va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishni taqazo etadi. Shu ma’noda talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyatida rahbarning shaxsiy sifatlari namoyon bo‘ladigan uning tashkiliy – pedagogik va psixologik jihatlari talabalarda ehtiyojini tarbiyalashning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyati jarayoni shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish va qondirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyoj deganda, shaxsning yuqori maqsad yoki natijaga erishishga bo‘lgan intilishni tushuniladi. Bu ehtiyoj kishining faol izlanishi, tinib-tinchimaslik xususiyatlarini namoyon qiladi. Birinchilikka erishi ehtiyojining aksi esa omadsizlikdan qochish (qo‘rqish), loqaydlik va tanballik hisoblanadi. Bunday shaxslar muvaffaqiyatga erishidan ko‘ra ko‘proq ortiqcha ko‘ngilsizlik, gap-so‘zdan qochibgina ishlarni nomiga bajaradilar. Hozirgi zamonda shaxsning muhim ijodqorlik faoliyati shakli sifatida fikrlash e’tirof etiladi. Fikrlash 3 ta o‘ziga xos tavsifga ega. ➢ Fikrlash - bu har xil muammo masallalarni еchishga yo‘naltirilgan faoliyat; ➢ Fikrlash - bu inson ichki tuyg‘usi bilan bog‘liq amalga oshiriladigan faoliyat; 471 ➢ Fikrlash - bu odamni o‘rab turgan muhit haqidagi tasavvur va tushunchalar asosida vujudga keladigan faoliyat bo‘lib, uning asosini fikrlash jarayoni tashkil qiladi. Fikrlash jarayoni muammoli vaziyat vujudga keltirilgandan boshlab sodir bo‘ladi. Bu muammoli vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, unda bosh o‘rinda – sub’ektning ehtiyoji va imkoniyati o‘rtasidagi qarama-qarshilik turadi. Natijada ijodkor shaxs muammo еchimini topish uchun ishchi farazni shakllantiradi. Boshqacha aytganda bu еrdagi ijodkorlik masalasi muammoli vaziyatda o‘ziga xos fikrlash obrazi (modeli) hisoblanadi. Masalaning qo‘yilishi bilan nima qilmoq va nimani izlamoq (topmoq) kerak, buning uchun nimalar zarur degan ehtiyojiy talablar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, ijodkorlik masalasini muammoli vaziyatning modeli deyish o‘rinli bo‘ladi. Yuqoridagi ehtiyojiy fazilat va xususiyatlar talabalarning yosh xususiyatiga xos muhim shaxsiy sifatlarga ham taalluqlidir. Ularda ana shunday ehtiyojlarni tarbiyalash imkoniyatlari ko‘p. Afsuski ana shunday qudratli ehtiyojni talabalarda tarbiyalash masalasi ba’zi tashkiliy – pedagogik va psixologik tadbirlarning sayozli yoki umuman yo‘qligi tufayli “ochilmagan qo‘riq” dek o‘zlashtirilmay kelinmoqda. Bu еrda yеtakchillika ehtiyoj bilan muvaffaqiyatga ehtiyojlarni bir-biridan farqlash kerak bo‘ladi. Yetakchilik (liderstvo) ehtiyoji – bu shaxsning boshqalardan oldinda bo‘lish, g‘alabaga erishish, o‘zining qarashlari bilan boshqalarni lol qoldirishga intilish kabi fazilatlari bo‘lib, bu ham ijodkorlik jarayonida muhim harakatlantiruvchi omil hisoblanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, yеtakchilikka intilish ehtiyoji uyg‘unlashganda talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyati eng yuqori kutilgan natijalarni beradi. Bilish ehtiyoji – bu eng ko‘p tarqalgan va hayotiy tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. Chunki har bir inson hamisha o‘zini o‘rab turgan dunyo (muhit) to‘g‘risida bilishga intilib yashaydi. Bu ehtiyoj talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyatida ishga vijdonan munosabatda bo‘lish vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Buni uning barcha shakldagi ijodkorli jarayonini faollashtirishdagi roli orqali izoxlash mumkun. Tadqiqotlarga ko‘ra, ijodkorlikda bilishga ehtiyoji yuqori bo‘lgan shaxsning o‘zlashtirishi, ehtiyoji past shaxsnikiga qaraganda ikki marta yuqori bo‘ladi. Agar bu ehtiyojni shaxsning muvaffaqiyatga erishi ehtiyoji bilan uyg‘unlashtirishga erishilsa, u holda o‘zlashtirish yanada yuqori bo‘lishiga olib keladi. Munosabat ehtiyoji – talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyatida munosabat psixologlar tomonidan alohida e’tirof etiladi. Chunki talaba ijodkorlik masalasi еchimini topishda nafaqat kitoblar bilan muloqatda bo‘ladi va hatto shu sohaning yеtakchi mutaxassisidan, rahbari va o‘rtoqlari bilan ham fikrlashadi. Bu ehtiyoj nerv-hissiy yuklanishi, asabiylashish, baxslashishga olib kelishi va ba’zi hollarda ijodkorlik masalasi еchimining noto‘g‘ri bo‘lishiga olib kelishini nazarda tutadi. Umumiy holda bu ehtiyoj ijodkorlikga ijobiy ta’sir qilib, xususiy (alohida)lik kasb etadi. Chunki hamma hollarda ham masalaning еchimida ko‘plab kishilarning is
Доказательный фрагмент
«Maqolada talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyat jarayonida shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyat jarayonida shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Aspiration, Мышление, Стремление, fikrlash, sifat, jarayon, Person, yеtakchilik, Отношение, Leadership, munosabat, Nurturing, mahorat, Attitude, shaxs, Creativity, Качество, Process, Навыки, intilish, Ijodkorlik, Процесс, tarbiya, Quality, Воспитание, Skill, Творчество, Человек, Thinking, Лидерство
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026