К содержанию
РецензированоUZ2020

Oilaviy nizolar va ajrimlar - jamiyat zavoli

Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna · Tirkasheva Mavluda Akram qizi

Информатика и инженерные технологии · 11-16 · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Oila va nikoh munosabatlari, oilaviy hayotga tayyorlash, milliy o‘ziga xoslik, nizolar, ajralishlar, salbiy asoratlar, ilmiy izlanishlar, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy-psixologik, maxsus tadqiqot. Respublikamizda so‘nggi yillarda oila institutini mustahkamlash, oilalarda sog‘lom muhitni yaratish, oila qadriyatlari va oiladagi shaxslararo munosabatlarini shakllantirish orqali oilaviy munosabatlarini barqarorlashtirilishiga qaramay, oilalarning barbod bo‘lishi holatlari ortib borayotganligini, oilaviy munosabatlar ayniqsa, ota-ona va farzand, er-xotin o‘rtasidagi nizolar tufayli oilalarda nosog‘lom muhitning hukm surishi, oiladagi ruhiy ziddiyatlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Jamiyatda paydo bo‘lgan har bir holatning o‘ziga yarasha sabab va omillari bo‘ladi. Oilalarning buzilishi barcha jamiyatlarni qattiq tashvishga solib, ushbu muammoni hal etish uchun har bir jamiyat turli choralarni ko‘rib kelmoqda. Oilalardagi kuzatilayotgan ajralishlarning asoratlari oila a’zolari va qarindosh- urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilalarning buzilishi va uning salbiy asoratlari undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlarga bog‘liq ekanligini aytib o‘tishimiz joiz. 467 Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishtasi nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, oila qurish, inson naslining davomiyligini ta’minlash, yosh avlod tarbiyasi kabi muhim masalalarning hammasi shar’iy nikohga bog‘liqdir. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi. Ming afsuslar bo‘lsinki, so‘nggi yillarda oilaviy ajrimlar ko‘payib ketmoqda. Quyida oilaviy ajrimning salbiy oqibatlaridan ba’zilarini bayon qilamiz: 1. Ajrashgan er va xotinning hech bo‘lmaganda obro‘si to‘kilishi. Erga nisbatan “bitta xotinni eplay olmadi, yaxshi odam bo‘lganda ayoli bilan chiroyli muomala qilib yashar edi”, degan gap-so‘zlar, ayolga nisbatan esa “erining xizmatini qilolmadi, yaxshi ayol bo‘lganida erining izmidan chiqmasdan, murosa qilib, tinchgina yashar edi”, degan qarashlar kelib chiqadi. Ajrim oqibatida “boshi ochiq” ayol va “bo‘ydoq” erkaklar paydo bo‘ladi. Bu holat odatda jamiyatda zino va hayosizliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lib, ma’naviy muhitni buzilishiga olib kelmoqda. Oqibatda ba’zi “boshi ochiq” yoshgina ayollar noqonuniy ikkinchi, uchinchi va hatto to‘rtinchi xotinlikka ham rozi bo‘lmoqdalar. 2. O‘rtadagi farzandlarni tirik yetim bo‘lib, sarson bo‘lishi. Bechora farzandlar o‘rtada sarson va sargardon bo‘lib, nima qilishni bilmaydi. Otasiga boray desa ona norozi, onasiga boray desa ota ruxsat bermaydi. Otasi bilan suhbatlashsa, “onang unday, onang munday” deganga o‘xshagan gaplarni gapirib bolaga onasini yomonlaydi va yomon ko‘rsatishga harakat qiladi. Onasi bilan gaplashsa, “otang bunday, otang unday” degan gaplarni gapirib bolaga otasini yomonlaydi. Natijada bola ikki o‘tni orasida qolib, bir qancha mashaqqatlarga duch keladi. Tarbiyasi buziladi. Ota-ona ajrimi aksar hollarda farzandni noqobil bo‘lib voyaga yetishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, qarovsiz qolayotgan, ota-onasi bor ba’zi bolalarni mehribonlik uylariga topshirish holatlari ham uchramoqda. 3. Ajrashuvchi ikki yoshning ota-onalarining mashaqqat chekishi. Ota-ona orzu havas qilib, qancha mehnat-mashaqqat va qiyinchiliklar bilan farzandini to‘y qilib: “Zimmamdagi vazifani bajardim, bolamni oilali qildim” deb endi erkin nafas olib turgan paytda farzandini oilasi buzilsa, ota-onaga moddiy va ma’naviy jihatdan qattiq zarba bo‘ladi. Ota-ona va boshqa barcha qarindoshlar ruhiy iztirobga tushadi. Ajrimlar oiladagi doimiy janjal va mojarolar, er-xotin o‘rtasida bir-birini tushunish va totuvlikning yo‘qligi, moddiy yetishmovchilik, qaynona-kelin munosabatlari, oiladagi ma’naviy notengli

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy izlanishlar, Семейно-брачные отношения, социально-психологические, preparation for family life, special research, ijtimoiy-psixologik, Family and marital relations, конфликты, национальная идентичность, divorces, Oila va nikoh munosabatlari, разводы, interpersonal relations, специальные исследования, научные исследования, maxsus tadqiqot, national identity, nizolar, ajralishlar, salbiy asoratlar, conflicts, межличностные отношения, негативные осложнения, oilaviy hayotga tayyorlash, negative complications, scientific research, подготовка к семейной жизни, socio-psychological, shaxslararo munosabatlar, milliy o‘ziga xoslik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники