Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
10-11-sinf o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning didaktik asoslari
O‘RQ- son Qonuni. · --SINF O‘QUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI · RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI · Ermamatova M.
Информатика и инженерные технологии · 2020
Аннотация
Bu maqolada o‘quvchilarda ta’lim jarayonining muhim komponentlaridan bo’lgan mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik asoslari va uni o’ziga xos jihatlari, bo’lajak o’qituvchining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, uning kasbiy shakllanishi va shaxsiy sifatlari, komptetentligi, axloqiy fazilatlari, kasbiy mahorat, mahoratga erishish yo’llari, ijtimoiy faollikga asos bo’luvchi omillar, ya’ni barkamol shaxsni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishning zarurligi, ma’naviy, o’z- o’zini rivojlantiruvchi ijtimoiy faol shaxsni yuzaga keltirish masalasi xususida fikrlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: Pedagogik tayyorgarlik, o’qitish, o’rganish, tayyorlik, fikrlash, tafakkur, didaktika, mantiq ilmi, mantiqiy fikrlash, didaktik jarayon, rivojlantirish. 451 O’quvchilarda maktab matematika kursidagi ta’lim metodlari asosida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga ega bo’lgan elementar masalalarni yechish imkoniyatlari tarkib toptiriladi; bu bilimlarni mustahkamalash uchun amaliy harakterdagi masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga o’rganadi; ularda o’rganilgan matematik qonuniyatlar asosida mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatini tarbiyalaydi. Matematika darslarida o’rganiladigan har bir matematik «xulosa juda ko’p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi hamda u qat’iylikni talab qiladi. O‘quvchilarda mazkur qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o’ganish jarayonida mantiqiy tafakkur qilish rivojlanadi va matematik xulosa chiqarish madaniyati shakllanadi. O‘quvchilarda matematik madaniyatni shakllantirishda biror matematik qonuniyatni ifoda etadigan fikrlarni simvolik ravishda ifodalay olishlari va aksincha, simvolik ravishda ifoda kilingan matematik qonuniyatni ona tillarida ifoda qila olishlariga o’rgatish muhim o’rin tutadi. Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan, sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o’z kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda. Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni 452 taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda. Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Sh
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada o‘quvchilarda ta’lim jarayonining muhim komponentlaridan bo’lgan mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik asoslari va uni o’ziga xos jihatlari, bo’lajak o’qituvchining ijtimoiy-psixologik xususiyat…»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada o‘quvchilarda ta’lim jarayonining muhim komponentlaridan bo’lgan mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik asoslari va uni o’ziga xos jihatlari, bo’lajak o’qituvchining ijtimoiy-psixologik xususiyat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lim jarayonining, ijtimoiy faol, xulosa chiqarish, matematik xulosa, matematik qonuniyatni, simvolik ravishda, shaxsni shakllantirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026