К содержанию
РецензированоUZ2006

Oliy ta’lim tizimida fanlararo bogʻlanish jarayonini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari

TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI · Israilov S.A.

Информатика и инженерные технологии · 2006

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontsepsiyasida “Taʼlim taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchli va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu esa o‘qitish metodikasining takomillashtirish, talabalarning didaktik hamda metodik tayyorgarliklarini ilgʼor xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish, elektron axborot taʼlim resurslarini yaratish, taʼlim jarayonini kreativ modellar asosida takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Kalit so‘zlar: Iqtisod, ilmiy tadqiqot, ta’lim taraqqiyoti, fanlar, yondashuv, turli sohalar. Maʼlumki, fanlararo bogʼlanish hodisasi ko‘p o‘lchamli. U mazmunining ko‘p qirraliligi, o‘qitish metodlari va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu esa talabalarning o‘quv-bilish faoliyati bilan iqtisodchilarning o‘qitish faoliyatining 448 o‘zaro bogʼlanishi asosini tashkil qiladi. O‘qitishda fanlararo bogʼlanishni amalga oshirish muammosining yuzaga kelishi tarixiy nuqtai nazardan taʼlim jarayonining talabalarning ongida real dunyoning turli hodisalari to‘gʼrisidagi bilimlarni alohida tizimli shakllantirishga yordam beradigan tuzilmaviy predmeti sababli paydo bo‘lgan. Psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarda iqtisod-matematik, psixologik- pedagogik, gumanitar va texnik-texnologik fanlarning o‘zaro bogʼlanishlari va ular asosida bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchini tayyorlashning nazariy va amaliy muammolari bilan bogʼliq savollar keng yoritilgan. Fanlararo muammosini tarixiy jihatdan yondoshadigan bo‘lsak, u holda bu muammoga o‘tgan asr pedagoglari va hozirgi zamon tadqiqotchilari katta eʼtibor qaratganligini ko‘rishimiz mumkin. V.N.Kelbakiani taʼkidlagandek, «bu muammmo turli jihatlardan o‘rganilgan: uning rivojlanish tarixi, uning metodologik va nazariy ahamiyati, o‘quv fanlarida fanlararo bogʼlanishning mazmuni, o‘qitish va tarbiya jarayonida ularni amalga oshirish motivlari...» Tiklanish davrida progressiv pedagoglar, o‘qitishda sxolastikaga qarshi chiqib, talabalarda iqtisod hodisalar va jarayonlarning o‘zaro bogʼliqligi to‘gʼrisida tasavvurni shakllantirishning muhimligini taʼkidlagan edilar. Dunyo pedagogikasining klassiki Ya.А.Komenskiy shunday taʼkidlagan edi: “O‘zaro bogʼliqlikda bo‘lgan hamma narsani xuddi shunday bogʼliqlikda o‘qitilish kerak, chunki bu narsa tizimli bilimlarni shakllantirishda juda muhimdir. U bilimlar tizimini shakllantirish uchun o‘quv fanlari o‘rtasida bogʼlanishni o‘rnatish kerak, deb hisoblagan. Ya.А.Komenskiyning fikricha, “hamma narsani o‘qitish kerak”. U oliy taʼlim bolalarning aqli, ahloqi, his-tuygʼulari va irodasini rivojlantiradigan, har tomonlama taʼlim berishi kerak deb hisoblagan. Boshqa XVII asrning mashhur pedagogi va faylasufi Jon Lokk har bir subʼektning o‘zining o‘zagi (sterjeni) bo‘lib, uning atrofida his-tuygʼu organlari yordamida egallagan bilimlari birlashadi, deb hisoblaydi. U bunday o‘zak sifatida bir o‘quv fanining mazmunini nafaqat fan asoslari to‘gʼrisida bilim olish, balki ulardan amalda foydalanish uchun kerak bo‘ladigan turli-tuman malakalarni ham egallash, boshqa fandan olingan taʼriflar, elementlar va faktlar bilan to‘ldirilishi kerakligi to‘gʼrisidagi gʼoyani hisoblagan. Fanlarni o‘qitishdagi bogʼlanishlar haqida I.Pestalotstsi, I.Gerbart, А.Disterverg va boshqa pedagoglar ham o‘z fikrlarini bildirishgan. Ular o‘quv fanlari orasidagi bogʼlanishlarni taʼlim oluvchilar o‘zlarini o‘rab turgan olamning xilma-xilligi va yaxlitligini ko‘ra olishlari uchun yanada chuqurroq bilim olish usuli deb tushungan. O‘qitiladigan fanlar orasidagi atrofdagi voqelikni to‘gʼri idrok etishga yordam beradigan bogʼlanish to‘gʼrisida I.G.Pestalotstsi shunday yozgan: “O‘zaro bogʼlangan buyumlarni o‘z ongginga ularning tabiatdagi haqiqiy bogʼlanishida qanday bo‘lsa, shunday keltirgan” bunda u ayniqsa yuqori guruxlarda bir fanning boshqasidan ajralib qolish havfi to‘gʼrisida gapirgan. XVII asrda yashab ijod qilgan nemis pedagogi, psixologi va faylasufi I. Gerbartning ishlarida ham shunday fikrlar keltiriladi. U oliy taʼlim taʼlim oluvchilarining aqliy faoliyati o‘quv fanlari orasidagi bogʼlanishga to‘gʼridan-to‘gʼri bogʼliq deb hisoblaydi. I.G.Pestolotstsining izdoshi, nemis pedagog-demokrati А.Disterverg ham turli o‘quv fanlarini o‘rganishda fanlararo bogʼlanishning zarurligi 449 haqida gapirgan. Xuddi shu davrda demokratlardan tashqari, mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy ham klassik pedagogikada fanlararo bogʼlanishning didaktik ahamiyatini asoslab bergan. U fanlararo bogʼlanishni amalga oshirish zarurligini XIX asrda endi tugʼilayotgan psixologiya fani nuqtai nazaridan asoslab berishga uringan.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Экономика, развитие образования, educational development, подход, ta’lim taraqqiyoti, различные области, turli sohalar, science, Economy, ilmiy tadqiqot, fanlar, approach, Iqtisod, научные исследования, various fields, yondashuv, scientific research, наука
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники