К содержанию
РецензированоUZ2026

Oilada oʻsmir yoshdagi bollarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik jihatlari

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI · Norbekova Barno Shavkatovna · Begimqulova Nigora Botir qizi

Информатика и инженерные технологии · 11-16 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik-psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni yoritilgan. Kalit so‘zlar: oilaviy munosabat, axloqiy taraqqiyot, faollik, mustaqillik qatiyatlilik, tirishqoqlik, sabr- toqatlilik, intizomlilik, o‘z- o‘zini baholsh, qo‘pol muomila. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. “Oila o’ziga xos ijtimoy birlik bolib, uning asosida er-xotin ittifoqi qarindoshlilik munosabatlari, maishiy hayot birligi axloqiy va huquqiy mas’uliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarni tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarining o‘z ota-onalari uchun muayyan majburyatlari turadi”[1]. Sharqda qadim qadimdan oila muqaddas sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishilgan. XI asrningning buyuk mutaffakirlari va shoiri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig - saodatga boshlovchi bilim“ kitobida va undan keyingi qator asarlarida oildagi bola tarbiyasi qanchalik muhimligini takidlab o‘tgan. Uning fikricha farzand ko‘rish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz 438 hayotning manosi yo‘q - deydi. Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiyani bola axloqiy taraqqiyotining asosi deb hisoblagan.:” Agar bolaning xulqi yomon bo‘lsa bunda bolani aybi yo‘q, hamma ayb otasida” deb aytgan. Shuning uchun ota- ona, ayniqsa ota bunga katta e’tibor bermog‘i lozim deydi”[2]. Fan va ilm u marifat taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, XIX asrning ikkkinchi yarmi va XX asr olim, marifatparvarlari - Furqat, Muqumiy, Zavqiy Avaz Otar,Abdulla Avloniy kabilar oila etikasi va psixologiyaga oid qator asarlar yaratdi. Abdulla Avloniy oila pedagogikasi va psixologiyasiga oid fikrlari ham diqqatga sazovordir. Avloniy tarbiya jarayonida oilaning va jamoatchilikning o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Bolaning shaxs sifatlariga to‘xtalib unda oilaning rolini ko‘rsatar ekan “Qush uyasida ko‘rganinni qiladur” deydi. “Inson javhari qobildir, agar yaxshi topib buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har kim qarshida maqbul, baxtiyor inson bo‘lib chiqar” deydi . u bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib qoyadi [3]. Shaxs faolligining har xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular funksional tomonidan bir biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos shaklidan iboratligi bilan ajralib turadi. Irodaviy jaroyonlar hamisha shaxsni faollikka chorlaydi, uni qa’tiy yo‘l belgilash sari yetaklaydi, barqaror harakat qilishga yo‘naltiradi, ikkilanish va shubhalanishni oldini oladi. Irodaviy jarayonlarni amalga oshirishda yoshlarga, irodaviy sifatlar yordam beradi; mustaqillik qatiyatlilik, tirishqoqlik, sabr- toqatlilik, intizomlilik va hokazolar. Bu sifatlar yoshligidan go’daklilik paytidan oila davrisida shakllana boshalanadi. Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashninng o‘ziga xos xususiyatlari imkoniyatlari qonuniyatlari xatti - harakat motivlari ifodalanishi voqealikka tez moslashdigan o‘zi va faoliyatini boshqara oladigan maqsadi sari sobitqadam, sabotli, serbardosh, qatiyatli, mehnatkash, kadrlarga ehtiyoj katta. Shu kabi ya’ni shunday sifatlarga ega bolgan farzandlarni tarbiyalash juda muhimdir . XX asr boshlaridan boshlab o‘smirlik yoshini eng qiyin psixologik yosh deb olindi. Har qanday o‘smir shaxsida o‘z- o‘zini baholsh orqali unga ta’sir etadigan ijtimoy omillarni aniqlash mumkin. O‘smir shaxsining o‘zini xulq atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat to‘g‘ri real bo‘lishi uning barkamolligining mezonlaridan biridir. Shuning uchun shaxsning tarbiyalanganini bilishda, uning sifatlari vujudga kelishning murakkab mexanizmlari mavjud. O‘smirlik 10 -11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlilk yoshiga otish asosan 5 sinflardan boshlanadi[4]. Jahon psixologiyasida iroda va uni tarbiyalash muommolarga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Zero, inson hayotining ijtimoiy iqtisodiy glaballashuv natijasida keskin o‘zgarishi, shaxs oldidagi psixologik, pedagogik sotsial muomolarining vujudga kelishi undan kuchli iroda va ma’naviy marifiy resurslarni takomillashtiruvchi fundamental ilmiy izlanishlarni talab etmoqda. Jamiyatda raqobatbardosh malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning o‘sishi va ularning tanlov tizimining jiddiylashishi aynan bugungi o‘zgaruvchan shiddatli zamonda faollik to‘grisidagi taasavvurlarni o‘rganishi lozim. Demak, har bir inson 439

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik-psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda ke…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik-psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda ke… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tirishqoqlik, self-esteem, настойчивость, нравственное развитие, oilaviy munosabat, самостоятельность, diligence, грубое обращение, трудолюбие, rough treatment, intizomlilik, moral development, patience, activity, axloqiy taraqqiyot, qo‘pol muomila, mustaqillik qatiyatlilik, independence, perseverance, discipline, чувство собственного достоинства, семейные отношения, sabr- toqatlilik, family relationship, активность, o‘z- o‘zini baholsh, faollik, дисциплинированность, терпение
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники