К содержанию
РецензированоRU2023

Возможности использования самостоятельной работы в формировании свободных компетенций студентов

. Komilova · A., & Adilova · M. (). AGRESSIYA–OSMIRLARDA · YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR · ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики · психологии в · . Аракулов · Г. Т. (). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ · . Arakulov · G. (). ТАЖОВУЗКОРЛИК-ЎСМИРЛАРДА

Информатика и инженерные технологии · 2023

Аннотация

Данная статья направлена на предложения и рекомендации, касающиеся педагогических условий использования информационно- образовательной сред в формировании фрилансерских компетенций учащихся. Ключевые слова: фрилансер, обучение фрилансеров, информационно- образовательной средa, педагогические условия. Uzluksiz ta’lim tizimining maqsadi va vazifasi mamlakatning intellektual elitasini shakllantirish, fan, ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot va boshqa faoliyat sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Bunda mustaqil ishdan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi [1]. Mustaqil ishdan foydalanib, o‘quvchilarning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi, zamonaviy kasb egasi bo‘lishi, doimiy daromadga ega bo‘lishiga qaratilgan frilanserlikka oid kompitensiyalarini rivojlantirish mumkin . Shu bois, o‘quvchilarning frilanserlikka oid kompetensiyalarini rivojlantirishda mustaqil ishdan foydalanish dolzarb sanaladi. Uzluksiz ta’lim tizimida, xususan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mustaqil ish o‘quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu borada Г.И.Пашкова, А.П.Гришаева, А.Жонзаков, С.Е.Ковроваlarning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarni mustaqil ishi – “bu o‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha va nazorati ostida, ammo uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan dars jarayonida va darsdan tashqari 431 vaqtda o‘quvchilar tomonidan muayyan vazifalarni o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlardir” [2,3,4]. Mustaqil ish, umuman olganda, faoliyat mavzusiga nisbatan maksimal faollikni o‘z ichiga olgan faoliyatdir. Bunday faoliyat jarayonida o‘quv vazifasiga muvofiq va mavjud tajriba, bilim va qobiliyatlarga tayangan holda, bilim va tajribani kengaytirish va chuqurlashtirish, kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish va yanada rivojlantirish uchun o‘quv materialini faol o‘zgartirish amalga oshiriladi. Ma’lumki, o‘rganishdagi faollik insonning tug‘ma fazilatlariga tegishli emas [5]. Bugungi jadal rivojlanayotgan dunyoda mustaqil ta’lim o‘quvchilarga moslashish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni beradi. Bu ularni mustaqil ta’limga urg‘u beriladigan oliy ta’limga va muammolarni hal qilish qobiliyatini talab qiladigan kelajakdagi kasblarga tayyorlaydi [6]. Umumiy o‘rta talim maktablari o‘quv jarayonida mustaqil ish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: - o‘quvchilarning sinfdan va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyatning stereotiplariga aylantirish; - o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallash; - tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish; Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ilmiy izlanishlar asosida aytish mumkinki, o‘quvchilarning frilanserlikka oid kompetensiyalarini mustaqil ishlar yordamida shakllantirish uchun quyida keltirilgan topshiriqlardan foydalanish samarali hisoblanadi: logotip yaratish; taqdimot yaratish; blog maqolalarini yozish; veb-sayt yaratish; portfolio yaratish; loyihalarni qidirish va tahlil qilish. Ushbu topshiriqlarni bajarishda frilanserlik saytlari va axborot ta’lim muhitlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Olib borilgan pedagogik tajriba-sinov ishlariga ko‘ra aytish mumkinki, o‘quvchilarning frilanserlikka oid kompetensiyalarini shaklantirishda, tavsiya etilayotgan topshiriqlar, frilanserlik saytlari va axborot-ta’lim muhitiga asoslangan mustaqil ishdan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: o‘zini-o‘zi rag‘batlantirish va vaqtni boshqarishni rivojlantirish; ijodkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish; muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish; tadbirkorlik tafakkuri va moliyaviy savodxonligini rivojlantirish; raqamli savodxonlik. Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining frilanserlikka oid kompetensiyalarini shakllantirishda asosan mustaqil o‘quv faoliyatida turli loyihalarni tayyorlashiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda loyihalarni bajarish jarayonida turli ma’lumotlarni mustaqil ravishda qidirishga, tahlil qilish va xulosalar chiqarishga erishadi. Buning natijasida, o‘quvchilarning frilanserlikka oid kompetensiyalarini shakllantirishga erishiladi. 432 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Пашкова Г.И. Теория и практика самостоятельной работы по орфографии с использованием компьютерных технологий (5 - 7-е классы) : диссертация ... доктора педагогических наук. – Москва, 2003.– 351 с. 2. Гришаева А.П. Самостоятельная познавательная деятельность учащихся в процессе обучения информатике // Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. – Новосибирск, 2000. – 15 с. 3. Жанзаков А.Б. Умумтаълим мактабларида география фанини ахборот технологиялари воситасида ўқитиш механизмларини такомиллаштириш // Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктор

Доказательный фрагмент

«Данная статья направлена на предложения и рекомендации, касающиеся педагогических условий использования информационно- образовательной сред в формировании фрилансерских компетенций учащихся.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья направлена на предложения и рекомендации, касающиеся педагогических условий использования информационно- образовательной сред в формировании фрилансерских компетенций учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
фрилансер, обучение фрилансеров, информационно-, frilanser, freelancer, pedagogical conditions, обучение фрилансеров, information educational environment, frilanserlar uchun trening, педагогические условия, информационно- образовательной средa, pedagogik sharoitlar, ma'lumot ta'lim muhiti, training for freelancers
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники