Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ta’lim tizimida zamonaviy psixologik xizmat koʻrsatishning oʻziga xos ahamiyatlari
. Shavkatovna · ISHLOVCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XOLATINING PATOLOGIYASI. · . Ибайдуллаева · . Аракулов · Г. Т. (). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ · TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT · KOʻRSATISHNING OʻZIGA XOS AHAMIYATLARI · Adilova Madina Shamsidinovna
Информатика и инженерные технологии · 22- 25 · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktab ta'limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lib kelmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktab ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktab ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari amalga oshirilmoqda Kalit so‘zlar: maktab ta’lim, psixologik xizmat, psixologik tashviqot, psixologik profilaktika, psixologik maslahat, psixologik-pedagogik konsilium, diagnostik- korrektsion ishlar. Kirish: Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.XX asr bo‘sag‘asida 421 psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari-insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda,ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan. Bugungi kunda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Faqatgina ularning inshoatlarigina yangilanib qolmasdan, balki ularning ichki muhitida ham tub burilishlar sodir bo’lmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktab ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Bundan tashqari, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlash, shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo’qotish hamda uni oldini olishning psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi. Qoidaga ko’ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya,psixologik maslahat sohasida umumpsixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog) tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar esa, bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim. Mohiyatan, psixologik xizmat bir necha bosqichli jarayon sanalib, unda psixologik maslahat, psixodiagnostika va psixokorreksiya kabi sohalar usullaridan samarali foydalaniladi. Quyida biz ta’lim har qanday ta’lim muhiti uchun qulay sanalgan psixologik xizmat va uning tarkibiy chora- tadbirlari haqida to’xtalib o’tamiz. I.G.Kolesnikovaga ko’ra, ta’lim muhitida psixologik konsultasiya ishlarini olib borishda psixolog mutaxassis quyidagi ishlarni olib boradi: 1. Bolalar, o’qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, direktor, rektor, mudir, o’qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, ilmiy asoslangan maslahatlar berish; 2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muommila va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish; 3. Ma’muriyatga, bolalar, o’quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik o’sishi xususiyatlariga oid ma’lumot berishi, o’g’il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g’amxo’rlik va vasiylik to’g’risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim; 4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi; 5. Yangi tipdagi maktablarga o’rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to’g’risida ilmiy – amaliy 422 xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Mazkur ishlar ta’lim sub’ektlarini maktabda, litchelarda, universitetlarda o’qitish davomida psixologik pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo’ljallangan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diagnostik-korrektsion ishlar, psychological counseling, диагностически-коррекционная работа, psychological campaign, psixologik profilaktika, psychological prevention, психолого-педагогическая конференция, psixologik-pedagogik konsilium, психологическая кампания, psychological-pedagogical conference, psixologik tashviqo, психологическое консультирование, школьное образование, psychological service, maktab ta’lim, psixologik xizmat, psixologik maslahat, diagnostic-corrective works, school education, психологическая помощь профилактика, психологическая служба
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025