К содержанию
РецензированоRU2026

Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li., Maxkamova Muslima Toxirjon qizi., Toxirjonova Sevinch Elmurod qizi Andijon davlat universiteti

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Sevinch Elmurod qizi

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

В данной выпускной работе всесторонне рассмотрены основные физиологические процессы малины (Rubus idaeus L.), включая фотосинтез, транспирацию, обмен питательных веществ, активность фитогормонов и факторы, влияющие на формирование генеративных органов. Также проанализированы физиологические реакции растения на температуру, освещение и влажность почвы, а на основе особенностей обмена веществ в период роста и развития предложены пути повышения урожайности и эффективности выращивания. В работе научно обосновано физиологическое приспособление малины и её реакция на агротехнические приёмы. Ключевые слова: Фотосинтез, транспирация, фитогормоны, обмен веществ, физиологические процессы, рост и развитие, генеративные органы, агротехника, урожайность, экологические факторы, адаптивность. Annotation: This thesis explores the key physiological processes of raspberry (Rubus idaeus L.), including photosynthesis, transpiration, nutrient exchange, phytohormone activity, and factors influencing the development of generative organs. The plant’s physiological responses to temperature, light, and soil moisture are analyzed, along with the metabolic features during growth and development. Based on these, strategies for improving raspberry productivity and cultivation efficiency are proposed. The study also provides a scientific rationale for raspberry’s physiological adaptability and its response to agrotechnical practices. Keywords: PHotosynthesis, transpiration, phytohormones, nutrient exchange, physiological processes, growth and development, generative organs, agrotechnics, productivity, environmental factors, adaptability. Malina (Rubus idaeus L.) - o‘rta iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan, serhosil va dorivor ahamiyatga ega bo‘lgan rezavor o‘simliklardan biridir [3]. Uning biologik xususiyatlari, xususan, fiziologik jarayonlari va ularga bog‘liq ravishda shakllanadigan dorivor komponentlari ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etilishi lozim. Chunki aynan fiziologik jarayonlar o‘simlikning hayotiy faolligini, ekologik moslashuvchanligini va shifobaxsh moddalar sintezini belgilab beradi [2]. Malinaning asosiy fiziologik jarayonlari: Malinaning o‘sishi va hosil berish jarayonlari asosiy uchta fiziologik jarayon - fotosintez, transpiratsiya va oziqa moddalari almashinuvi orqali ta’minlanadi.[4].Fotosintez barglarda quyosh nuri ishtirokida kechadigan eng muhim jarayon bo‘lib, unda o‘simlik organik moddalar (shakarlar) hosil qiladi. Malinaning barglari keng va yupqa adu.uz universaljurnal.uz 490 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari tuzilganligi sababli, quyosh nurlanishini yaxshi qabul qiladi va bu fotosintez samaradorligini oshiradi [4]. Transpiratsiya - ya’ni, suvning barg yuzasidan bug‘lanib chiqishi - nafaqat suv aylanishi, balki oziqa moddalarining yuqoriga harakatini ham ta’minlaydi.[2].Malina suvni o‘zlashtirishga sezgir bo‘lib, ayniqsa vegetatsiya davrida tuproq namligiga bo‘lgan ehtiyoji yuqori. Tuproqdagi yetarli namlik transpiratsiyani me’yorida kechishini va oziqa moddalarning ildizdan barggacha yetib borishini ta’minlaydi [6]. Fitogormonlar - masalan, auxin, sitokinin va gibberellinlar - malinaning o‘sish va meva hosil qiluvchi organlarini shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu gormonlar fiziologik jarayonlarni muvofiqlashtirib, o‘simlikning stress omillarga (qurg‘oqchilik, yuqori harorat, kasallik) qarshi turishini ta’minlaydi. Ayniqsa generativ (mevali) organlarning shakllanishi fitogormonlar konsentratsiyasi bilan chambarchas bog‘liq [5]. Malinaning dorivor xususiyatlari:Malina qadimdan xalq tabobatida keng qo‘llanilgan o‘simlik hisoblanadi. Uning dorivor qiymati birinchi navbatda kimyoviy tarkibida jamlangan biologik faol moddalarga bog‘liq. Bu moddalarning ko‘pchiligi aynan yuqorida ta’kidlangan fiziologik jarayonlar natijasida sintez qilinadi [1]. Vitaminlar:Malina mevalari quyidagi vitaminlarga boy: Vitamin C (askorbin kislotasi): kuchli antioksidant bo‘lib, immunitetni mustahkamlashda yordam beradi. B vitaminlari (B1, B2, B6): asab tizimining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. E vitamini: hujayralarni qarishdan himoya qiladi. K vitamini: qon ivishini tartibga soladi. Beta-karotin (provitamin A): ko‘rish va teri salomatligi uchun foydali [3]. Biologik faol moddalar: Flavonoidlar: yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Antosianinlar: ko‘zni tiklovchi, qarishga qarshi ta’sirga ega, hujayra yangilanishini tezlashtiradi [4]. Ellag kislotasi: antioksidant va antikarsinogen xususiyatga ega bo‘lib, saraton hujayralarining rivojlanishini to‘xtatadi [7]. Taninlar: bakteriyalarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va qisqarish xususiyatiga ega. Organik kislotalar (salitsil, limon kislotalari): modda almashinuvini tezlashtiradi, isitmani tushiradi [3]. Davolashdagi qo‘llanilishi: Shamollash, angina, bronxitda terlatuvchi, isitma tushiruvchi vosita sifatida. Oshqozon-ichak tizimi yallig‘lanishlarida an

Доказательный фрагмент

«В данной выпускной работе всесторонне рассмотрены основные физиологические процессы малины (Rubus idaeus L.), включая фотосинтез, транспирацию, обмен питательных веществ, активность фитогормонов и факторы, влияющие на…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной выпускной работе всесторонне рассмотрены основные физиологические процессы малины (Rubus idaeus L.), включая фотосинтез, транспирацию, обмен питательных веществ, активность фитогормонов и факторы, влияющие на… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PHotosynthesis, transpiration, phytohormones, nutrient exchange, physiological
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники