Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Usmonova Odina Habibovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the legal guarantees of entrepreneurial activity in Uzbekistan are widely covered. Key words: entrepreneurship, economy, honest competition, market relations, consumer rights, forms of ownership. ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В данной статье широко освещаются правовые гарантии предпринимательской деятельности в Узбекистане. Ключевые слова: предпринимательство, экономика, честная конкуренция, рыночные отношения, права потребителей, формы собственности. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko‘ra «Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart- sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.». Bu norma har bir fuqaroning mulkdor bo‘lishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini kafolatlaydi. Yuqoridagi konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonun bilan ham belgilangan bo‘lib, ushbu qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkordik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 4 84 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qonunning 3-moddasida tadbirkorlik tushunchasiga ta`rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Ushbu qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari alohida belgilangan bo’lib, ular quyidagi huquqlarga ega: qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga; yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishga; mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga; o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga; tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari mustasno; o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno; kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va o‘zga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishga; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ushbu qonunda “Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi” prinsipi kafolatlangan bo`lib, unga ko’ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi. Bu qonunda ham tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan kafolatgan bo‘lib, 18-moddasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari, ya’ni, davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarin
Доказательный фрагмент
«In this article, the legal guarantees of entrepreneurial activity in Uzbekistan are widely covered.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the legal guarantees of entrepreneurial activity in Uzbekistan are widely covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- entrepreneurship, economy, honest competition, market relations, consumer, предпринимательство, экономика, tadbirkorlik, iqtisodiyot, entrepreneurship, economy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025