К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Jumaev Javlonbek Abduqahhor o‘g‘li Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi Tel (91-044-42-77)

Jumaev Javlonbek Abduqahhor o‘g‘li

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article analyzes the shortcomings and achievements in the system of formation and development of independent work skills of students of the military-academic lyceum "Temurbeklar maktabi". Keywords: "Temurbeklar maktabi", independent work, creativity, skills, qualifications. Respublikamizda tashkil etilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida so‘nggi yillarda o‘quvchi-yoshlarning voqelikka nisbatan ongli munosabati, dahldorlik hissi va ijtimoiy faolligini yanada rivojlantirish, erkin va mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi ta’lim muhitini yaratishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda, ta’lim mazmunini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq yangilash borasida samarali yondashuvlar joriy etilmoqda. Bugungi kun zamonaviy ta’limi o‘quvchi-yoshlarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirish va kengaytirish, ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, ularning tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, o‘zlashtirish shakllari, usullari va vositalarini o‘rgatishdan iborat. 93 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Xozirgi kundagi rivojlanib borayotgan ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etishdek muhim, ayni damda murakkab masala yo‘q. Jumladan bugungi kun ta’limi oldiga o‘quvchilarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni yechish masalasini qo‘yadi. Natijada, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish ta’lim jarayonining asosiy shakliga aylanib, mazkur masalada jiddiy yondashuvlarni taqozo etadi. V.V.Kraevskiyning tadqiqotlariga ko‘ra, mustaqil ish o‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishga, yangi materialni o‘zlashtirish tezligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri tashkil etilgan va muntazam ravishda olib boriladigan mustaqil ish yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan o‘qituvchi mavzu yuzasidan tayyor material asosida bergan bilimlariga nisbatan chuqurroq va mustahkam bilimlarni egallashga yordam beradi. O‘quvchilar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar ularning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, tafakkurining o‘sishiga, shuningdek, mustaqil ishlash orqali olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga, individual amaliy tajribaga ega bo‘lishga imkon beradi. Muayyan vaqt davomida tizimlashtirilgan va rejalashtirilgan mustaqil o‘quv va darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda mustaqil ishlashning yanada barqaror ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. [1] Ma’lumki “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida o‘quvchilar 9-sinfni tamomlab,imtixonlar yordamida saralab olinadi va qabul qilingan o‘quvchilar 2 yil davomida litseylarda taxsil oladi. Qabul qilingan yuqori sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga oʻrgatishda mustaqil ishlar muhim vosita boʻlib xizmat qiladi va ular quyidagi xususiyatlarga koʻra tasniflanadi: - mustaqil ishlarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar oʻquvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi; - oʻquvchilarni mustaqil holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yoʻnaltirishi; - mustaqil ishlarni bajarish jarayonida oʻquvchilarda yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj tugʻilishi. Oʻquvchilarda mustaqil ishlashni tashkil etish oʻqituvchi tomonidan materiallning muammoli tarzda bayon etilishi bilan hosil qilinadi. Bunda: materialni darslik asosida oʻrganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, oʻzlashtirilgan usullarini amalda qoʻllashga oid vazifalarni bajarish va ijodiy ishlarni bajarish kabi topshiriqlar beriladi. Ilmiy-metodik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, oʻquvchi fan asoslarini mustaqil aqliy faoliyat orqaligina puxta egallaydi [3]. 94 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Mustaqil ish oʻquvchilarning oʻzaro fikr almashinuvida, bogʻlanishli nutqida, tanqidiy fikrlashida asosiy omil boʻlib xizmat qiladi va ularning tafakkurini oʻstirishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil ishlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Reproduktiv mustaqil ishlar. Reproduktiv mustaqil ishlar oʻquvchilarning avval olingan bilimlarini amalda qoʻllashini nazarda tutadi. Bunday mustaqil ishlarga namuna asosidagi mustaqil ishlar, sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mustaqil ishlar oʻquvchilarning mustaqil fikr yuritish jarayoniga qishman ta’sir koʻrshatadi va u koʻpincha darslik mashqlari asosida oʻtkaziladi. 2. Rekonstruktiv mustaqil ishlar. Rekonstruktiv mustaqil ishlarni oʻtkazish jarayonida oʻquvchilar muammoni hal etish uchun avval olgan bilimlarini hayolda faqat qayta tiklabgina qolmay, balki muammoni hal etish yoʻllarining mavjud umumiy tushunchalardan qayshi biriga mos kelishini oʻrganadilar. Bu tipdagi mustaqil ishlarga bayon, shaxsni oʻzgartirib hikoya qilish, tahlil qilish, test

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the shortcomings and achievements in the system of formation and development of independent work skills of students of the military-academic lyceum "Temurbeklar maktabi".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the shortcomings and achievements in the system of formation and development of independent work skills of students of the military-academic lyceum "Temurbeklar maktabi". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Temurbeklar maktabi", independent work, creativity, skills, ijodiy qobilyat, ko‘nikma, malaka, mustaqil ishlar, “Temurbeklar maktabi”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники