Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Технологии защиты информации в облачных вычислениях
BULUTLI HISOBLASHDA AXBOROTNI HIMOYALASHNING · Karimov Abdukodir Abdisalomovich · Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU · Olimov Iskandar Salimboyevich · Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Информатика и инженерные технологии · 1-6 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bulutli hisoblash texnologiyalarida axborotlarni buzilish holatlari tahlili batafsil keltirilib, ularga qarshi himoya yondashuvlari tavsiya etilgan. Kalit so‘zlar: Provayder, Cheklangan, Potentsial, DoS, DDoS, Cloud Security Alliance. Bulut texnologiyalarining rivojlanishni ortgan sari unga bo‘ladigan tahdidlar soni oshmoqda. Tahditlarni oldini olish va bulutli tizimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun uning barcha xizmatlarida mos himoya profillarini qo‘llash lozim. Quyida buzilish holati va unga mos himoya yondoshuvlari keltirilgan: Boshqa bulutli foydalanuvchilar tomonidan buzilishlar. Bulutli texnologiyalarda qurilma yoki dasturning ishchi holatga tekshiruvi (monitoring) xizmat ko‘rsatuvchi provayder tomonidan amalga oshiriladi va ko‘plab mijozlarning o‘zlari bulutning jismoniy resurslariga ulanadi. Agar bitta foydalanuvchi noqonuniy hatti-harakatni amalga oshirsa va jihozlarning bir qismi olib tashlansa, bulutdagi "qo‘shnilar" ham bloklanishi va ma’lumotlarini yo‘qotishi mumkin. Himoya yondoshuvi. Provayderning klasterli yechimi mijozning asosiy qurilmaning (biron-bir sababga ko‘ra) mavjud emasligi sababli zaxira uskunasiga kuch berishga imkoniyat yaratish lozim [1]. Internet-kanallar va ularning xavfsizligi. Bulut bilan o‘zaro aloqa internet- kanallar orqali amalga oshiriladi, bu esa o‘z navbatida tegishli himoyalanmagan holda kompaniya xavfsizligiga tahdit solishi mumkin. Agar so‘ralsa, tajovuzkorlar veb- sessiyani to‘xtatishi yoki bulutni boshqarish tizimlariga kirish uchun parollarni o‘g‘irlashi mumkin. Provayder yetarlicha ishonchli autentifikatsiya qilish tizimlari va foydalanish huquqlarini boshqarish siyosatini boshqarishning yuqori darajadagi xavfi mavjud bo‘lib, bu ham xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Himoya yondoshuvi. Ishchi kompyuter va provayderning ma’lumot markazi o‘rtasida barcha yo‘nalishdagi xavfsiz ulanishlarni qo‘llash lozim. Cheklangan resurslar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, infratuzilma xizmati sifatida mijozga moslashuvchan boshqarish qobiliyati bilan cheksiz miqdorda resurslarni taqdim etish hisoblanadi. Shu bilan birga, sezilarli yuklar bilan, ayrim foydalanuvchilar ishlashi yoki xizmatlarning mavjud emasligini his qila oladi. Ko‘pincha bu holat resurslarni taqsimlash mexanizmlari, ularning noto‘g‘ri rejalashtirilishi yoki uskunaga kichik investitsiyalardagi xatoliklarga bog‘liq. Mijozlar uchun bu, ishlamay qolish va xizmatlarning mavjud emasligi oqibatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlarni anglatadi. 63 Himoya yondoshuvi. Resurslar qatlami va ularni joylashtirish tezligi uchun provayderning yo‘riqnomalariga amal qilish lozim. Bundan tashqari ishonchsiz dasturlarni qo‘llamaslik va provayderlar, tashkilot rahbarlarini tanlash orqali ma’lum resurslarga ega bo‘lish kerak. DoS hujumlarining iqtisodiy ta’siri. Faqatgina bulutlar uchun hos bo‘lgan oxirgi tahdit - bu DoS hujumining iqtisodiy samarasi. Bulutli hisoblash afzalliklarining teskari tomoni - faqat real iste'mol uchun to‘lanadi. Ushbu hujumni amalga oshirayotganda, chiquvchi Internet-trafik hajmi mijozning serveriga bo‘lgan so‘rovlar sonining ko‘payishi tufayli sodir bo‘lmoqda. Natijada, mijozdan to‘liq to‘lash talab qilinadi [2]. Himoya yondoshuvi. DoS-hujumlaridan himoya choralarini qo‘llash lozim. Va, albatta, trafikni to‘lamasdan tarif rejalarini tanlash tavsiya qilinadi. Boshqa IT xavfsizligi risklarining aksariyati mahalliy infratuzilmaga xos bo‘lganlarga o‘xshaydi. Misol uchun, ular tarmoq protokollari, operatsion tizimlar va individual komponentlarning an’anaviy zaifliklarini o‘z ichiga oladi. Buni oldini olish uchun oddiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Bulutdagi xavfsizlikning yuqori darajasi - yaxshi axborot bilan ta’minlaydigan axborot xavfsizligi siyosati to‘g‘ri provayder bilan birlashtirilgan bo‘lishi. Faqatgina bu holatda, kompaniya bulut AT infratuzilmasining barcha afzalliklarini qabul qiladi va ularning ma’lumotlarini himoyalanganligini va maxfiyligini saqlab qoladi [3]. To‘g‘ri bulutli provayderni qanday tanlashga tavsiya. Kompaniyaning AT tizimlarini bulutga ko‘chirish jarayoni bir qator vazifalar bilan bog‘liq: mavjud AT infratuzilmasini boshqarish, AT tizimlarining bulutga uzatilishini belgilash va, albatta, bulut provayderini tanlash. Bugungi kunga kelib, bulut yetkazib beruvchi xizmatlarining sifatini to‘liq baholashga imkon beruvchi yagona standart yo‘q. «Yevropa Tarmoq va axborot xavfsizligi agentligi» va Cloud Security Alliance tavsiyalari asosida xizmat ko‘rsatuvchi provayderga murojaat qilish kerak bo‘lgan bir qator muhim savollarni aniqlash lozim (1-rasm). 1-rasm. Bulutli hisoblash tizimlarining xotira elementlarining himoya parameterlari 64 Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash. Provayder kompaniya ma’lumotlarining yaxlitligini kafolatlaydi. Bu ham provayder, ham mijoz hal qiladigan vazifadir. Provayder tomonidan SLAda mustahkamlangan kafolatlar, xavfni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar, shuningdek, foydalanuvchi tomo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bulutli hisoblash texnologiyalarida axborotlarni buzilish holatlari tahlili batafsil keltirilib, ularga qarshi himoya yondashuvlari tavsiya etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bulutli hisoblash texnologiyalarida axborotlarni buzilish holatlari tahlili batafsil keltirilib, ularga qarshi himoya yondashuvlari tavsiya etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Поставщик, Cheklangan, Потенциал, DDoS, Potentsial, Provayder, Cloud Security Alliance, Облачная безопасность, Gesture-based interfaces, Provider, Restricted, Potential, DoS, Ограничение
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021