Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Medicinal properties of aronia
TIKANLI ARTISHOK FARMASEVTIKA SANOATINING ISTIQBOLLI · Norqoʻziyeva Nodira Farxod qizi · Sobirova Muqaddas Botirovna
Информатика и инженерные технологии · 258 · 26-30 · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada Tikanli artishok o’simligining a’nanaviy tibbiyotdagi ahamiyati va uni еtishtirishda o’g’itlardan samarali foydalanish hamda ularni qo’llash borasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlili keltirilgan. Kalit so‘zlar: Acteracea oilasi, Cynara scolymus, gepatit, flavanoidlar, protoin, oqsil, inulin, azotli o’g’it, rutin, kversitin, biologik o’g’it. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda еtishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora- tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ 4670 sonli qarorida dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor oʼsimliklar еtishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash sohasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Qarorda koʼrsatilgandek mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq oʼsimliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun roʼyxatga olingani, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qoʼllanib kelingani bu sohaga jiddiy eʼtibor talab qilinadi. Deyarli yovvoyi oʼsimliklar kabi adirlik xududlarda ham rivojlana oladigan bu noyob oʼsimliklar agrotexnikasi oddiy va kam mehnat talab qiladi. Oʼzbekiston uchun noanʼanaviy boʼlgan yangi istiqbolli qimmatbaho oʼsimlik Аrtishokdan chorvachilikda yashil holida silos, senaj va quruq еm-xashak sifatida foydalaniladi va oziq-ovqat hamda farmatsevtika sanoati uchun xomashyodir [1.2]. Artishok Asteraceae oilasiga mansub oʻsimliklar turkumiga kiradi. U juda katta o'lchamdagi to'pgullarga ega bo’lib, ularning har xil asosiy qismlari iste'mol qilinadi. Bir qancha manbalar tahliliga ko’ra, Cynara scolymus (L.) turkumi vakillari savatchalari yirik, sergulli, gomogamiyali, gomoxromli, shakli sharsimon, tashqi tomondan o’rama bargchalari ko’p qatorli, pastki qismi toraygan, deyarli to’g’ri, patsimon, uchki qismi ingichkalashib boradi va tikancha hosil qiladi, ba’zi hollarda tikansiz chekkalari yumaloq, gul o’rni yassi, biroz etli, uzun tukchalari bor. Urug’chilari bir-biriga teng bo’lmagan qismlarga bo’lingan bo’lib, to’g’ri besh parrakli; yo’g’on naycha uzunligining yarmigacha yеtadi. Changchi iplari bezchali, changdonning pastki o’simtasi qisqa, yuqoridagi o’simtasi to’mtoq bo’ladi. Urug’i yo’g’onlashgan, teskari tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar -bilinmas to’rt qirrali, tuksiz, qattiq, silliq, deyarli to’g’ri yoki birikib turgan joyiga tomon еngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz boladi. Tojchasi ko’p qatorli, ko’p sonli, qariyb bir xil uzunlikda, pastki qismi birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki qismidagi birga to’kiladigan halqalar bilan birikkan bo’ladi. O’simlik yirik, ko’p 383 yillik tikanli o’simlik bo’lib, mustahkam to’g’ri o’sgan poyalari va yirik, enli patsimon barglari mavjud. Barglari poya asosida yig’ilib to’pbarglarni hosil qiladi [3.4]. Artishokning kimyoviy tarkibini tahlil qilish bilan uning tanaga qanchalik foydali ekanligini bilish mumkin. Frantsiya va Ispaniyada etishtirilgan artishok navlari juda past kaloriyali bo’lib, 100 g mahsulot uchun atigi 47 kkalni tashkil qiladi. Bu o'simlikning mevalarida juda ko'p miqdorda uglevodlar (taxminan 15%), oqsillar (3%), yog'lar (0,1%), shuningdek, fosfatlar va temir va kaltsiyning turli tuzlari mavjud. Uning tarkibi B1, C, B2, P va B3 vitaminlarining boy spektri, shuningdek, karotin va inulinni o'z ichiga oladi. Shuningdek, tarkibi juda katta miqdordagi organik kislotalarni o'z ichiga oladi [5.6]. Past kaloriya miqdori tufayli o’simlik, ajoyib parhez mahsuloti bo'lishdan tashqari, yaxshi so'riladi va tanada eng foydali mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Artishokdan doimiy foydalanish buyraklar va jigarda tozalash jarayonlarini rag'batlantirib, bu esa o'z navbatida butun tanani toksinlar va boshqa zararli moddalardan tozalaydi. Ildiz qismidan, shuningdek, barglardan turli xil ekstraklar, damlamalar tayyorlanadi, sharbati olinadi. Ushbu ichimliklar xolesterin, shuningdek siydik kislotasi darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Qaynatma asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, uning ishini rag'batlantiradi. Qadimgi yunonlar bu sabzavotdan soch to'kilishi uchun ajoyib vosita sifatida foydalanishgan. Shuningdek, o’simlikning jinsiy faollikni rag'batlantirish xususiyatlari ham ba’zi manbalarda qayd etilgan [7.8]. Respublikamizda farmasevtika sanoati uchun xom ashyosi chetdan keltirilayotgan artishok o‘simligi o‘zida biologik faol moddalardan flavonoidlar guruhiga mansub bo‘lgan rutin, kversitin va boshqa moddalarni sintez qiladi. Shuning uchun ham ushbu o‘simlikni mamlakatimizda еtishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘simlikni еtishtirishda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanilmaslik, uning o‘sishi, rivojlanishining sustlashishi, hosildorligining pasayishi va uning xom ashyosi tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi. Biroq o’simliklarni, shu jumlad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Tikanli artishok o’simligining a’nanaviy tibbiyotdagi ahamiyati va uni еtishtirishda o’g’itlardan samarali foydalanish hamda ularni qo’llash borasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlili keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Tikanli artishok o’simligining a’nanaviy tibbiyotdagi ahamiyati va uni еtishtirishda o’g’itlardan samarali foydalanish hamda ularni qo’llash borasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlili keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- azotli o’g’i, азотное удобрение, protoin, rutin, itrogen fertilizer, Acteracea oilasi, flavanoids, quercetin, oqsil, gepatit, белок, Семейство Acteracea, kversitin, iologik o’g’it, biological fertilizer, инулин, flavanoidlar, гепатит, Acteracea family, биологическое удобрение, кверцетин, Cynara scolymus, inulin, рутин, флавоноиды, protein, hepatitis
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026