К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti.

Ahadova Shaxnoza Karimxan qizi · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti.

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This scientific thesis comprehensively examines the relationship between the modern banking system and cryptocurrencies, their integration into the financial environment, and the main risks that arise. While the traditional banking system is based on centralized management, cryptocurrencies operate on the basis of decentralized and open-source technologies. These contrasting approaches have a significant impact on the regulatory role of banks, their participation in payment systems, and customer service practices. The study highlights the strategies being formed by banks towards cryptoassets, their acceptance or resistance, as well as financial stability, AML/CFT risks, and technological risks. Proposals are developed based on the experience of Uzbekistan and other countries. Keywords: Banks, cryptocurrencies, blockchain technology, digital assets, regulation, financial stability, risks, central bank digital currency (CBDC), financial innovation, digital transformation, AML/CFT, DeFi, stablecoins, tokenization, cryptosystems. Tahlil va natijalar So‘nggi yillarda kriptovalyutalarning jahon moliya tizimidagi roli jiddiy e’tiborni tortmoqda. An’anaviy bank tizimi – markazlashgan boshqaruv, ishonchga asoslangan tranzaksiyalar va tartibga soluvchi organlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar esa butunlay yangi paradigma – markazlashmagan 109 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference (decentralized), ochiq manbali va kod asosida ishlovchi moliyaviy ekotizimni taklif qilmoqda. Bu ikki moliyaviy tuzilmaning o‘zaro munosabatlari har ikki tomon uchun ham imkoniyatlar, ham xavf-xatarlar manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Avvalo, kriptovalyutalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi banklar uchun raqobat muhitini kuchaytirmoqda. Odatda banklar orqali amalga oshiriladigan xalqaro to‘lovlar, omonatlar, investitsiya xizmatlari kabi xizmatlar endi blokcheyn texnologiyasi asosida arzon, tez va vositachisiz bajarilishi mumkin. Bu holat banklarning an’anaviy daromad manbalarini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, raqamli aktivlarning global xarakterga ega ekani banklarning o‘z yurisdiksiyalari doirasida regulyatsiya qilish imkoniyatini pasaytiradi. Ayniqsa, stablecoinlar va DeFi (Decentralized Finance) platformalari orqali fuqarolar bevosita markazlashmagan moliyaviy xizmatlardan foydalanishi banklar rolini zaiflashtiradi. Biroq kriptovalyutalarning keng tarqalishi moliyaviy tizim uchun xavfli oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ular orasida eng dolzarb masalalardan biri – pul yuvish (AML), terrorizmni moliyalashtirish (CFT), soliqdan qochish va noqonuniy faoliyatlar uchun imkon yaratishidir. An’anaviy banklar qat’iy compliance siyosatiga amal qilgan bo‘lsa, ba’zi kriptobirjalar va hamyonlar anonimlik tamoyiliga asoslanadi, bu esa davlatlar uchun nazorat qilishni murakkablashtiradi. Bundan tashqari, kriptoaktivlar volatil xarakterga ega – ularning qiymati qisqa vaqt ichida keskin o‘zgarishi mumkin. Masalan, Bitcoin narxi 2021-yilda 65 ming dollardan oshgan bo‘lsa, 2022-yilda 16 ming dollargacha tushdi. Bunday beqarorlik ommaviy investitsiyalar, pensiya jamg‘armalari yoki moliyaviy institutlar ishtirokidagi portfellar uchun jiddiy moliyaviy tavakkalchilikni keltirib chiqaradi. Shu sababli, ko‘plab banklar ehtiyotkorona yondashuvni tanlamoqda: ular bir tomondan kripto xizmatlaridan foyda olish istagida bo‘lsa, boshqa tomondan esa ularning barqarorligini kutmoqda. Xalqaro regulyatorlar, jumladan, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF), Jahon Banki, FATF va Bazel qo‘mitasi kriptovalyutalarni tartibga solishga doir umumiy yondashuv ishlab chiqmoqda. Ayrim davlatlar, xususan AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Yevroittifoq mamlakatlari banklar tomonidan kriptoxizmatlar ko‘rsatishga ruxsat bermoqda, biroq qat’iy litsenziyalash va risklarni boshqarish talablari bilan. Shu bilan birga, Xitoy, Hindiston va boshqa ayrim davlatlar kriptovalyutalarning moliyaviy tizimga tahdid sifatida qarab, ularni to‘liq yoki qisman cheklash yo‘liga o‘tmoqda. Markaziy banklar esa bu jarayonga CBDC (Central Bank Digital Currency) – markaziy banklar raqamli valyutasi orqali javob bermoqda. Bu valyutalar kriptovalyutalarning afzalliklarini – tezkorlik, raqamli shakl, to‘lov qulayligi – o‘zida jamlab, bir vaqtning o‘zida davlat nazorati va barqarorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston ham shu yo‘nalishda izlanishlar olib bormoqda. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy bank raqamli so‘m loyihasini texnik jihatdan sinovdan o‘tkazishni boshlagan. 110 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference O‘zbekiston tajribasida banklar hali kriptovalyutalarga nisbatan ehtiyotkor yondashmoqda. Mamlakatda kriptovalyutalar savdosi faqat ruxsat etilgan birjalar orqali, regulyatsiya qilingan tartibda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, fuqarolarning raqamli aktivlarga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani, ayniqsa, yosh avlod orasida, kelajakda banklarni mo

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis comprehensively examines the relationship between the modern banking system and cryptocurrencies, their integration into the financial environment, and the main risks that arise.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis comprehensively examines the relationship between the modern banking system and cryptocurrencies, their integration into the financial environment, and the main risks that arise. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Banks, cryptocurrencies, blockchain technology, digital assets, CFT, Banklar, raqamli transformatsiya, kriptovalyutalar, tokenlashtirish, xavf-xatarlar, blokcheyn texnologiyasi, markaziy bank raqamli valyutasi (CBDC), kriptotizimlar., AML, moliyaviy barqarorlik, DeFi, raqamli aktivlar, stablecoinlar, moliyaviy innovatsiyalar, regulyatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники