К содержанию
РецензированоUZ2026

Isolation of endophytic bacteria from medicinal plants

BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDA INNOVATSION · Shokhiddinova M.N. · Normurodova K.T. · Shukurov I.

Информатика и инженерные технологии · 4-9 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: sparja (sarsabil), sabzavot, lolaguldoshlar, kaltabarg, ko‘p yillik sarsabil novdalari, hosildorlik. Dorivor sarsabil (Asparagus offcinalis L.) –lolaguldoshlar oilasiga mansub sabzavot va manzarali dorivor o‘simlikdir [1, 2]. Uning Yevropa, Osiyo va Afrikada 150 turi bor. Oʻzbekistonda 2 turi yovvoyi holda uchraydi. Kaltabarg sarsabil (A.Brachyphyllus Turez.), persid sarsabil (A. Persicus Baker.) koʻp yillik, chirmashib oʻsadigan oʻt. Ikkala turi ham boshqa belgilari bilan bir-biriga oʻxshash, boʻyi 50-150 sm. Barglari mayda, barg qoʻltigʻida ninasimon koʻrinishda. Shakli oʻzgargan shoxchalar –kladodiylar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi qizil. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Toʻqaylarda oʻsadi [3, 4]. Kimyoviy tarkibi. Tarkibida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechatkadan tashqari), vitaminlar B, B2, PP, provitamin A mavjud. Sarsabil vitamin va minerallarga boy, ko‘p miqdorda foliy kislotasiga ega. Sarsabildan asparagin olinadi. Hosildorligi 30–35 s/ga. Sarsabil ekilgan maydonlardan 10–15 yil hosil olinadi. Sarsabil asparagus nomi bilan manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi [5]. Ayniqsa u bog‘da yetishtirilganda uning poyalarining balandligi bir metrdan oshadi. Gullari mayda, qoʻngʻiroqsimon, yashil-sariq, mevasi sharsimon qizil rezavordir. Dorivor xomashyo ildiz va yosh kurtaklar, mevalardir. Ildiz va ildizlarda asparagin va saponin, kurtaklarda –asparagin, karotin va B, C vitaminlari, yog‘lar va shakar mevalarda uchraydi. Eng qizig‘i, ko‘p mamlakatlarda sarsabil dorivor o‘simliklar sirasiga kiradi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak qisqaruvi ritmini sekinlashtiradi, periferik tomirlarni kengaytiradi va charchoqni oladi. Qolaversa, sarsabil organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadi, shuning uchun u buyrak, yurak, bod, podagra va boshqa kasalliklarda tavsiya qilinadi. U immunitetni mustahkamlash va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Sarsabil qadimgi Misrda xudolar ozuqasi, deb hisoblangan bo‘lsa, Fransiyada “sabzavotlar qiroli” deb atalgan. Uni iste’mol qilish borasida Germaniya yetakchi 364

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
endophytic actinobacteria, антимикробная активность, respirator infektsiyalar, respiratory infections, лекарственные растения, dorivor o'simliklar, endofitik aktinobakteriyalar, mikroblarga qarshi faollik, medicinal plants, antimicrobial activity, респираторные инфекции, эндофитные актинобактерии
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники