К содержанию
РецензированоUZ2021

Dorivor sarsabil (asparagus officinalis l.) o‘simligini shifobaxsh xususiyatlari va yetishtirish texnologiyalari

SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH · (PhD), dots. Mustafakulov Muhammadjon Abduvaliyevich · Mamatkulova Iroda Ergashovna · Aliqulov Sardor Mamatqul o’g’li · Anvarov Boburjon Bahodir o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 23-25 · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: sparja (sarsabil), sabzavot, lolaguldoshlar, kaltabarg, ko‘p yillik sarsabil novdalari, hosildorlik. Dorivor sarsabil (Asparagus offcinalis L.) –lolaguldoshlar oilasiga mansub sabzavot va manzarali dorivor o‘simlikdir [1, 2]. Uning Yevropa, Osiyo va Afrikada 150 turi bor. Oʻzbekistonda 2 turi yovvoyi holda uchraydi. Kaltabarg sarsabil (A.Brachyphyllus Turez.), persid sarsabil (A. Persicus Baker.) koʻp yillik, chirmashib oʻsadigan oʻt. Ikkala turi ham boshqa belgilari bilan bir-biriga oʻxshash, boʻyi 50-150 sm. Barglari mayda, barg qoʻltigʻida ninasimon koʻrinishda. Shakli oʻzgargan shoxchalar –kladodiylar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi qizil. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Toʻqaylarda oʻsadi [3, 4]. Kimyoviy tarkibi. Tarkibida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechatkadan tashqari), vitaminlar B, B2, PP, provitamin A mavjud. Sarsabil vitamin va minerallarga boy, ko‘p miqdorda foliy kislotasiga ega. Sarsabildan asparagin olinadi. Hosildorligi 30–35 s/ga. Sarsabil ekilgan maydonlardan 10–15 yil hosil olinadi. Sarsabil asparagus nomi bilan manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi [5]. Ayniqsa u bog‘da yetishtirilganda uning poyalarining balandligi bir metrdan oshadi. Gullari mayda, qoʻngʻiroqsimon, yashil-sariq, mevasi sharsimon qizil rezavordir. Dorivor xomashyo ildiz va yosh kurtaklar, mevalardir. Ildiz va ildizlarda asparagin va saponin, kurtaklarda –asparagin, karotin va B, C vitaminlari, yog‘lar va shakar mevalarda uchraydi. Eng qizig‘i, ko‘p mamlakatlarda sarsabil dorivor o‘simliklar sirasiga kiradi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak qisqaruvi ritmini sekinlashtiradi, periferik tomirlarni kengaytiradi va charchoqni oladi. Qolaversa, sarsabil organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadi, shuning uchun u buyrak, yurak, bod, podagra va boshqa kasalliklarda tavsiya qilinadi. U immunitetni mustahkamlash va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Sarsabil qadimgi Misrda xudolar ozuqasi, deb hisoblangan bo‘lsa, Fransiyada “sabzavotlar qiroli” deb atalgan. Uni iste’mol qilish borasida Germaniya yetakchi 364 hisoblanadi. Darvoqe, bu yerda oq sarsabilni iste’mol qilishni afzal ko‘rishadi, boshqa ko‘p mamlakatlarda esa asosan, sarsabilning yashil, shuningdek, kam uchraydigan binafsharang navi ommalashgan. Sarsabil (sparja) foydali va juda xushta’m mahsulot hisoblanadi. Ushbu sabzavotdan taom tayyorlash bo‘yicha ko‘plab reseptlarni topish mumkin, yangi sarsabil (sparja) novdalari uchini xomligicha iste’mol qilsa bo‘ladi. Sarsabil (sparja)dan tayyorlangan taomlar o‘ta tansiq sanaladi. Sarsabilni, shuningdek, asosiy taom sifatida ham tanovul qilish mumkin. Dorivorlik xususiyati. O‘simlik yallig‘anishga qarshi,og‘riq qoldiruvchi, qonni tozalovchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.Ildiz qaynatmasi revmatizm, bo‘g‘im ogrig‘i, teri kasalliklari (toshmalar),siydik pufagi va siydik yo‘llarining yallig‘lanishi, siyish qiyinligi, buyrak kasalliklari, tinchlantiruvchi vosita sifatida–epilepsiya yurak urishi uchun ishlatiladi. Sarsabildan tayyorlangan preparatlar qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sirga ega. U yuqori qon bosimi uchun va yurak qisqarishini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi [6]. Sarsabilning yashil qismlari ginekologik qon ketish, nevrasteniya va o‘pka tuberkulozi uchun gemostatik vosita sifatida ishlatiladi. Sarsabildan tayyorlangan preparatlar nefrolitiaz, sistit, prostatit, oshqozon kasalliklari, siydik pufagidagi toshlar uchun ishlatiladi. Sarsabil preparatlari antiaterosklerotik ta’sirga ega, metabolizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, xloridlar, fosfatlar, siydik kislotasi va karbamidning tanadan chiqarilishiga yordam beradi. Sarsabil uzoq vaqtdan beri diabet uchun parhez ovqatlanishda ishlatilgan. Bolgariyada Sarsabil jigar serrozi, prostata adenomasini davolashda va laktojenik vosita sifatida ishlatiladi. Sarsabil mevasi dizenteriya uchun ishlatiladi [7]. Sarsabilni qabul qilish qon bosimini pasaytiradi, yurak mushaklarining qisqarishini oshiradi, yurak tezligini sekinlashtiradi, periferik tomirlarni kengaytiradi va ekstrakti qon bosimining uzoqroq pasayishini ta’minlab beradi, hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Qushqo‘nmas qaynatmalari buyraklar va siydik pufagi kasalliklarida foydalanish uchun tavsiya etiladi. O‘stirish texnologiyasi. 1. Ekish. O‘rug‘larni ko‘chat yetishtirish uchun ekishni aprel oyining o‘rtalaridan boshlaydi. Tayyor ko‘chatlarni iyun oylarining birinchi kunlaridan ochiq maydonga ko‘chirib ekadi. 2. Yorug‘lik. O‘sish joyi yorug‘, quyosh nurlari tushib turadigan, ochiq dala bo‘lishi kerak. 3. Grunt. Tuprog‘i qo‘moqli, oziqaga boy va unumli bo‘lishi kerak. 4. Sug‘orish. Sarsabil ekilganidan so‘ng birinchi 10 kunligida suv mo‘l va tez-tez berilishi shart. Yoz jazirama kelsa har kuni so‘g‘orish lozim, chunki tuproq nam bo‘lib turishi kerak. 5. O‘g‘itlash. Ko‘chatlar ochiq maydonga ekilganidan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Asparagus, многолетники филиалы сарсабиля, perennials sarsabil branches, lolaguldoshlar, sparja (sarsabil), тюльпаны, vegetables, овощи, спаржа, ko‘p yillik sarsabil novdalari, productivity, производительность, hosildorlik, tulips, kaltabarg, sabzavot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники