Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Важность цифровизации экономики в Узбекистане
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING · i.f.n. Ko‘chimov Abdujamil Hamraqulovich · G‘oyibnazarov Abduvohid Fozil og‘li
Информатика и инженерные технологии · 2023
Аннотация
Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga ijobiy va salbiy ta’sirlari mavjud bo’lib, bunga to’liq moslashgunga qadar ba’zi mamlakatlar qiyinchiliklarga duch keladi. Kalit soʻzlar: raqamli iqtisodiyot, texnologik taraqqiyot, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya, raqamli inqilob. Raqamlashtirish axborot texnologiyalarini joriy etish koʼlami bilan chambarchas bogʼliq boʼlsada, tashkiliy va strategik oʼzgarishlarni ham taqozo etadi. Shuning uchun ham ayni paytda, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yangicha ish uslubiga oʼtish, yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalar yordamida tashkiliy jihatdan yangilashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼbiri bilan aytganda, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.” 114 Raqamli iqtisodiyot o’zi nima degani, raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida amalga oshirish tizimidir. Boshqacha aytganda, raqamli iqtisodiyot – bu online xizmatlar ko’rsatish, elektron to’lovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnogiyalarni rivojlanishi bilan bog’langan faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratiladigan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, bu – yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarni yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali joriy iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish demakdir. Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin.Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin.Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin.Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.Raqamli transformatsiya iqtisodiyotda bir qancha qulayliklar yaratadi va samaradorlikni oshiradi: ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi; kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi; ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; yangi ish o'rinlari yaratilinishi; yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi; kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yo’qolishi. Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda.Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin: 1) ko'plab sohalardagi monopoliya; 2) internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi; 3) axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi; 4) fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi; 5) qonunchilikning shaffof emasligi; 6) axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni 115 boshqa mamlakatlarga ketib qolishi; 7) axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi; 8) axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi; 9) boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki (ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi; Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beriladi. Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, qurilish, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet- banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida oʻzining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat oʻz fuq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, digital economy, digitization, digital transformation, raqamli transformatsiya, цифровая революция, технологическое развитие, цифровая трансформация, цифровая экономика, технологическое развитие, цифровизация, цифровая трансформация, цифровая революция., цифровая экономика, technological development, цифровизация, raqamli inqilob, texnologik taraqqiyot, digital revolution
Смежные источники
Научные статьиGaipova N2026
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009