Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Автоматизированные системы проектирования одежды, трехмерное моделирование
KIYIM LOYIHALASHNING AVTOMATLASHTIRILGAN SISTEMALARI · UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISH · p.f.n., dots. Djalolova Dilafruz Fattoxovna
Информатика и инженерные технологии · 410-418 · 2015
Аннотация
Ushbu maqolada kiyim loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemalari, uch o‘lchamli modellashtirish, andozalarni konstruksiyalash va virtual kiydirish, virtual modellar to‘plami hamda harakati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: avtomatizatsiya, model, loyihalash, vizualizatsiya, sistema, maneken, modellashtirish, korsaj, funksiya. 111 Zamonaviy yengil sanoat ishlab chiqarishi yuqori sifatli mahsulotni olish maqsadida konstruksiya ishlab chiqish aniqligini ta’minlaydigan loyihalash jarayonini jadallashtirish va ishlab chiqarish uchun yangi modellarni tayyorlashni talab qiladi. Muhandislik usullari va loyihalash avtomatizatsiyasiz buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Kiyimlarning loyihalashini avtomatlashtirish sistemalari (Loyihalashning Avtomatlashtirilgan Sistemasi (LAS)) yaratilmoqda va tobora ko‘proq joriy etilmoqda. Loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasida hisoblash va grafik loyihalash usullari va konstruktiv modellashtirish usullaridan foydalanadi.Hozirgi vaqtda tikuv buyumlarni loyihalashda mavjud bo‘lgan jarayonlar ishlab chiqarishning zarur harakatchanligini ta’minlamaydi. Yangi modelni yaratishdan jarayon oqimiga o‘tishgacha bo‘lgan ish siklli uzoq davom etadi. Modellarning tez-tez o‘zgarib turishi sharoitida loyihalash ishlari hajmining o‘sishi vaqtni qisqartirish va loyihalash jarayonining sifatini yaxshilashning o‘ta jiddiy muammolarini keltirib chiqaradi [1]. Zamonaviy avtomatlashtirish vositalar ishlab chiqarishning loyihalash va texnologik tayyorgarligini, uskunalarni loyihalash va jarayonlarni boshqarish, shuningdek, korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatini yagona kompleksga bog‘lash imkonini beradi. Kompyuterlarni istalgan sohada ishlatish loyihalash jarayonini yanada rasmiylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha mavjud jarayonlar va ishlab chiqarish bosqichlarini ko‘rib chiqishni talab qiladi.Ushbu holat shuningdek, kiyimlarni kompyuter yordamida loyihalash uchun ham xarakterlanadi. Avtomatlashtirilgan loyihalashni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligi haqidagi savolga javob berish uchun ushbu jarayon uchun metodologiyani batafsil ishlab chiqish kerak. Hozirgi vaqtda yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish muammosiga ikki xil, ammo teng darajada muhim yondashuvlar ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemalari(LAS) to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llaniladi va tikuvchilik korxonalari mahsulotlariga tezkor, raqobatbardosh va yuqori talab uchun muhim omillardan biridir. Hozirgi paytda yuqori raqobat va turli mamlakatlarning ko‘plab to‘qimachilik mahsulotlari bozorida paydo bo‘lishi tufayli kiyim ishlab chiqarishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Uch o‘lchovli 3D texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemalari ayniqsa mashhur. Uch o‘lchovli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan tikuvchilik LASlariga turli xil va maqsaddagi 3D modullar qo‘shila boshladi. Ba’zi sistemalar kiyimning konstruksiyasini uch o‘lchovli loyihalash jarayonini amalga oshiradilar, ammo zamonaviy LASlarining aksariyati ishlatiladigan materialning rangli yechimini baholash bilan virtual moslamani taklif qiladi. Uch o‘lchovli kiyim kiyib ko‘rishni amalga oshiradigan sistemalarga quyidagilar kiradi: «Optitex», «Investronica», «Gerber», «Julivi», «DressingSim», «LEKO» va boshqalar. Ushbu sistemalarning imkoniyatlari orasida inson qiyofasini skanerlash mavjud («DressingSim», «Lectra», «Symcad»), uch o‘lchovli manekenga ishlab chiqilgan yassi andozalarni "kiyintirish", materialning texnik parametrlarini tanlash («Gerber», «Julivi», «Optitex»), virtual buyumning mosligini baholash («Gerber», «Julivi», «Optitex) ", virtual maketga o‘zgartirishlar kiritish va andozalarni moslashtirish («Julivi»). MarvelousDesigner CLO 3D uch o‘lchovli modellashtirish 112 dasturi yordamida kiyimlarni loyihalash, manekenda kiydirib ko‘rib turli xil variantlarni modellashtirib, podiumda modalar namoyishini yaratishga imkon beradi. Marvelous Designer boshqa LASlarining yordamisiz aniq modellarni yaratish mumkin. MarvelousDesigner CLO 3Dning afzalliklari: • sinxronlik: modeldagi andozalar oynasida bajaradigan barcha jarayonlar darhol real vaqt rejimida kiyimlar drapirovkalarida aks etadi; • tikuvchilik operatsilarida foydalanish qulayligi: sichqonchani bir necha marta bosish bilan istalgan uslubda har qanday modelni tikish mumkin; • ko‘p qavatli gazlamalarni tikishni qo‘llab-quvvatlaydi: ushbu funksiya yordamida yanada murakkab konstruksiyalarni yaratishingiz mumkin. • yana bir muhim xususiyat - bu buklama operatsiyasi - har qanday chok va kiyim uchun burmalar qilish mumkin. Buklash funksiyasi chiziqlarni burmalash va dazmollashga imkon beradi. Kiyimda har qanday murakkablikdagi burmalarni tezkor joylarni yaratishingiz mumkin. • CLO 3D ishlab chiqaruvchi guruhida o‘rganilgan va ishlab chiqilgan yangi ko‘p darajali modellashtirish yordamida tezlik va sifat yax
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kiyim loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemalari, uch o‘lchamli modellashtirish, andozalarni konstruksiyalash va virtual kiydirish, virtual modellar to‘plami hamda harakati to’g’risida ma’lumotlar k…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kiyim loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemalari, uch o‘lchamli modellashtirish, andozalarni konstruksiyalash va virtual kiydirish, virtual modellar to‘plami hamda harakati to’g’risida ma’lumotlar k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- корсаж, design, automation, function, mannequin, sistema, funksiya, визуализация, автоматизация, проектирование, corsage, система, моделирование, model, модель, манекен, vizualizatsiya, system, korsaj, loyihalash, visualization, функция, maneken, modellashtirish, avtomatizatsiya, modeling
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021