К содержанию
РецензированоUZ2026

International scientific-online conference QAYTA ISHLANGAN GO’SHT VA GO’SHT MAHSULOTLARI TARKIBI TAHLILI Xaydarova Sitora Suranbay qizi

Xaydarova Sitora Suranbay qizi · Tayanch doktoranti (PhD)

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The article provides an analysis of the composition and classification of processed and processed meat products. The state of content in the processed meat products of our country, the structure of its composition, a place in the food industry. An analysis of the state of meat products around the world was carried out. Keywords. Processed meat, meat products, IFUT, canned food, semi- finished products, sausage product and sausages Har bir mamlakat iqtisodiyotida aholi farovonligiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi resurslarga bo’lgan ehtiyojni to’laqonli qondirish bu bosh vazifa bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda aholi ehtiyojlari asosan oziq-ovqat mahsulotlarida mahalliy ishlab chiqarish, ya’ni kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlik faoliyati hisobiga qondiriladi. Mamlakat aholisini sifatli un, yorma kabi keng turdagi iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tovarlari, non va makaron, qandolatchilik mahsulotlari, yog’-moy mahsulotlari, go’sht-sut mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari xalq xo’jaligining eng muhim vazifasi sifatida e’tirof etilgan mahsulotlar bilan ta’minlanishi bu har bir mavjud jamiyatda iqtisodiy farovonlikni belgilaydi. Aholini go’sht va go’sht mahsulotlari bilan ta’minlash, 114 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qayta ishlangan go’sht mahsulotlarini iste’mol ulushini kengaytirish kerakligi dolzarb vazifa. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risidagi PF-158-sonli Farmonining 54 qadamida “Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash” dek muhim vazifa qilib belgiladilar.1 Bunga qo’shimcha qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-224-sonli Qarorida radbirkorlik subyektlariga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, go‘sht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan krdeitlar ajratish ham aholining iste’molini qondirish va tadbirkorlik subyektlariga berilgan eng maqbul imkoniyatlardan biri hisoblanadi.2 Adabiyotlar sharhi. S. Misunov “Go’sht mahsulotlari” nomli maqolasida qayta ishlangan go’sht mahsulotlarining tarkibi hamda ularning tahlili, qayta ishlangan go’sht mahsulotlarida mavjud bo’lgan xolesterin miqdori va uning inson organizmiga zararli hamda foydali jihatlari keltirilgan. Bundan tashqari go’sht tarkibida uglevodlar, suv miqdori, yog’ miqdori hajmi ochib berilgan. Dudlangan go’sht mahsulotlarining tarkibi va qayta ishlangan go’sht hajmidagi miqdorini o’rganilgan. E. Fatyanov, L. Danilova “Oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayoning texnologik hamda metodologik usullari” nomli qisqa kurs leksiyalar to’plamida qayta ishlangan go’sht tarkibiga kiritilgan dudlangan kolbasalarning kimyoviy tarkibini, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tartibi va unga qo’shiladigan bioqo’shimcha moddalarning ulushini tahlil qilgan. N. Kuznetsov, I. Varotnikov “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning ilmiy-texnologik usullari: go’sht va go’sht mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash” nomli kitobida mamlakat hududida ishlab chiqilgan jami go’sht mahsulotlari tahlili va ularni qayta ishalash jarayoniga yo’naltirishning ilmiy-texnologik usullari batafsil yoritilgan. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158 sonli “O’zbekiston-2030” strategiyasi 54- qadam. https://lex.uz/docs/-6600413 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-224-sonli Qarori https://lex.uz/docs/-5983069 115 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference O. Ismailov “O’zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning innovatsion asoslari” nomli maqolasida Oʻzbekiston Respublikasida aholi farovonligini koʻp jihatdan iqtisodiy mustahkamlash oziq-ovqat mahsulotlarining samarali rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan dolzarb masala ekanligi hamda, iqtisodiy mexanizmni shakllantirishda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish salmog’ini kengaytrish borasidagi amalga oshiladigan muhim masalalar keltirilgan. Tahlil va natijalar. Go'sht va go’sht mahsulotlarini O’zbekiston iqtisodiyotining sanoat segmenti sifatida jadal rivojlanish tendentsiyasiga ega bo'lish uchun uni taktik va strategik boshqarish tizimi sanoat tuzilmalarining samaradorligi, raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullar bilan to'ldirilishi kerak. Asosiy zamonaviy o’sis

Доказательный фрагмент

«The article provides an analysis of the composition and classification of processed and processed meat products.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides an analysis of the composition and classification of processed and processed meat products. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Processed meat, meat products, IFUT, canned food, semi-, Qayta ishlangan go’sht, yarimtayyor mahsulot, konservalash, kolbasa va kolbasa mahsulotlari, go’sht mahsulotlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники