Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Mobil oʻqitish texnologiyalari yordamida soʻrovlar tizimini va test sinovlarini tashkil etish
MOBIL OʻQITISH TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA SOʻROVLAR
Информатика и инженерные технологии · 1–9 · 2020
Аннотация
ushbu ishda oliy ta'lim muassasalarida mobil o'qitish texnologiyalari yordamida so’rovlar tizimi va test sinovlarini tashkil etish imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: mobil o'qitish texnologiyasi, so’rovlar tizimi, o'quv jarayoni, mobil qurilmalar, ta'lim texnologiyalari. Dinamik rivojlanayotgan bugungi kundagi axborot maydonida faoliyat yuritadigan zamonaviy mutaxassis kommunikasiya va kompyuter texnologiyalari yordamida axborotni to'plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va undan foydalanish bilan bog'liq ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Bir tomondan, katta miqdordagi axborotlarga tezkor kirish imkonini beruvchi global tarmoqning doimiy rivojlanishi atrof olam haqida kerakli ma'lumotlar olishni osonlashtiradi. Ammo, boshqa tomondan, axborotni ya'ni, muhim, ishonchli, dolzarb va zaruriy ma'lumotlarni topish yanada murakkablashib borayotganligini ham e'tiborga olish zarur [1]. Axborot oqimida erkin harakatlana olish uchun inson yoshlik davridan boshlab shakllanish lozim bo'lgan axborot madaniyatiga ega bo'lishi kerak. O'qitishda mobil ta'lim texnologiyalardan foydalanishning yana bir usuli – bu ulardan ta'lim oluvchilar bilan o'tkaziladigan so'rovlarni tashkil etish vositasi sifatida foydalanishdir. Ta'lim oluvchilar o'rtasida o'quv jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan so'rovnomaga bunday yondashuv ta'lim oluvchilardan ulardagi 333 savollarga javob berishi uchun alohida pultlardan foydalanishni hohlamaydiganlarga tashkiliy nuqtai nazardan qulayroq va samaraliroq bo'lib hisoblanadi. Bunday yondoshuvda ta'lim oluvchilar mobil qurilmalar orqali savollarni masofadan turib oladi, ularga o'z javoblarini esa yozma xabar ko'rinishda yoki ovoz berish orqali ta'minlaydi. S.V.Titova va T.Talmo mobil qurilmalar orqali tashkil etiladigan so'rov tizimlarining texnik xususiyatlariga asoslangan quyidagi didaktik funktsiyalarini ajratib ko'rsatadilar [2]: o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish jarayonida muammolar yuzaga kelganda tezkor lahzali qaytar aloqani ta'minlash; ta'lim oluvchilarning bilimlarni o'zlashtirish dinamikasini kuzatish va baholash; talabaning mashg'ulot jarayonidagi faoliyatini kuzatib borish; talabalarning o'quv jarayonidagi ishtiroki, qamrov darajasi va o'rganilayotgan fanga nisbatan ta'xlim oluvchilarda motivasiyasini oshirish; guruhli bahslarni tashkil etish; tortinchoq va o'z fikrini oshkor bayon etishdan qo'rqadigan talabalar uchun qulay psixologik muhit yaratish; berilgan topshiriqni bajarish natijasi bo'lgan javoblarni talabalarning bir biridan ko'chirish xavfini kamaytirish (taymerni qo'llash natijasida); ta'limda axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarining texnik nuqtai nazardan imkoniyatlari cheklangan holatda qo'llanilishi; behuda hatti-harakatlarsiz talabalarni dars jarayonida tezkor holda faollashtirish mumkinligi. Oliy ta'lim muassasasi auditoriyasi, shuningdek maktab sinf xonalarida ta'lim oluvchilar bilan o'quv jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida o'tkazilgan so'rovlarda mobil so'rov tizimlaridan foydalanish tajribasini o'rgangan bir qator xorijiy tadqiqotlarda esa mobil qurilmalarni cheklash qo'llash o'rniga talabalar va o'quvchilarning smartfonlari imkoniyatlaridan foydalanishlari foydaliroq ekanligiga e'tibor qaratilgan. Mobil so'rov tizimlaridan mashg'ulot jarayonida foydalanishdagi quyidagi afzalliklarini sanab o’tish mumkin: • auditoriyada Interaktivlikning ortadi, bunda talabalarning o'quv jarayoniga e'tiborlari hamda ishtiroklari ortadi, o'zaro hamkorlik qilinadi va fikr-mulohazalar almashiladi; • tizimdan auditoriyada foydalanish jarayonida talabalar uchun kreativ qiziqarli muhit yaratiladi; • ishtirokchilarga anonim ovoz berish imkoniyati paydo bo'ladi; • mobil so'rov tizimidan foydalanish o'quv jarayoniga zamonaviy texnik komponentni joriy etadi; • o'qituvchi talabalarning o'quv materialini qanchalik tushunganligini tezkor bilib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi, natijada darsning borishini to'liq nazoratda bo'ladi. Auditoriya yoki sinfdagi dars jarayonida mobil so'rovnoma tashkil qilishning yana bir usuli sifatida o'qituvchi smartfonidan talabalar shaxsiy kodlarini o'qish imkoniyatidan foydalanishni ko'rsatish mumkin. Plickers resursi ushbu tizimlarnng bir ko'rinishi bo'lib hisoblanadi [3]. Plickers dan foydalanish uchun esa talabalardan mobil qurilmalar va Internetga ulanish talab etilmaydi. O'qituvchi tomonidan kartochkalarni yaratiladi va ularni auditoriyadagi talabalarga tarqatiladi. Bunday so'rov tizimidan amaliy foydalanish tajribasidan shuni xulosa qilish mumkinki, bu usul auditoriyaning 334 texnik jihatdan jihozlanishi etarli bo'lmagan sharoitda ham muvafaqqiyatli qo'llanilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Sattarov A.R. Mobil texnologiyalarni oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayonida qo'llash. // O'zMU xabarlari ilmiy jurnali, Toshkent 2019, ½. 143-148 betlar. 2. Titova S. V., Talmo T. Model interaktivnoy lektsii na baze mobilnix texnologiy // Visshee obrazovanie
Доказательный фрагмент
«ushbu ishda oliy ta'lim muassasalarida mobil o'qitish texnologiyalari yordamida so’rovlar tizimi va test sinovlarini tashkil etish imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu ishda oliy ta'lim muassasalarida mobil o'qitish texnologiyalari yordamida so’rovlar tizimi va test sinovlarini tashkil etish imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- справочная система, inquiry system, мобильные устройства, образовательные технологии, educational technologies, учебный процесс, мобильная технология обучения, ta'lim texnologiyalari, so’rovlar tizimi, mobile teaching technology, mobile devices, educational process, o'quv jarayoni, mobil qurilmalar, mobil o'qitish texnologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026