Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Теоретические основы базы данных (мб) и системы управления базами данных (мббт)
BOSHQARISH TIZIMI (MBBT)NING NAZARIY ASOSLARI (Computational Agents, Cambridge University Press, 2010) · Maxkamov Shohruh Sarvar oʻgʻli (Computational Agents, Cambridge University Press, 2010)
Информатика и инженерные технологии · 2021
Аннотация
Ma’lumotlar bazasi hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari solishtirilgan, ma’lumotlar bazasidan foydalanish Delphi tizimi orqali asoslanib ko’rsatilgan. Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarisha tizimi, tizilmalashtirish, maydon, axborot tizimi, tarmoqli MBBT, yaxlitlik, foydalanuvchanlik, foydalanuvchilar to’plami, rollar. Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’ektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. 90 Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi: — Oracle; — MySQL; — Microsoft Office Access; — MariaDB; — Microsoft SQL Server; Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. MBni yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. Tizilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Misol 1. Studentlar (Talabaning ID raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi axborotdan iborat tizimalashtirilmagan ma’lumotlarga misol 1–rasmda ko‘rsatilgan. Talabaning ID raqami 401221100816 Familiyasi Avazov Ismi Jamol Otasi Alievich Tugilgan sana 12-yanvar, 2002 yil O‘rtacha baho 4,78 Talabaning ID raqami 401221100798 Familiyasi Ortiqov Ismi Akram Otasi Salimovich Tugilgan sana 3XI 2004 yil O‘rta baho 4,61 Talabaning ID raqami 401221100814 Familiyasi Lazizova Ismi Saida Otasi. Xo‘jaevna Tugilgan sana 2006 O‘rta baho 4,52 1-rasm. Tizilmalashtirilm agan ma’lumotlarga misol 91 Tizilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma’lumotlardan zarur bo‘lganini qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa deyarli bajarib bo‘lmaydi Bu ma’lumotlarni tizimlashtirish va qidirishni avtomatlashtirish uchun ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqida ma’lum bir kelishuvni ishlab chiqish zarur. Misol 2.1-misolda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi tizilmaga solingandan so‘ng, u 2 – rasmda tasvirlangan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Talabaning ID Otasining Tugʻilgan O‘rtacha Familiya Ismi raqami ismi sana baho 401221100816 Avazov Jamol Alievich 12012002 4,78 401221100798 Ortiqov Akram Salimovich 03112004 4,61 401221100814 Lazizova Saida Xo‘jaevna 07072006 4,52 Ma’lumotlarni strukturalashtirish – bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas
Доказательный фрагмент
«Ma’lumotlar bazasi hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari solishtirilgan, ma’lumotlar bazasidan foydalanish Delphi tizimi orqali asoslanib ko’rsatilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMa’lumotlar bazasi hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari solishtirilgan, ma’lumotlar bazasidan foydalanish Delphi tizimi orqali asoslanib ko’rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- set of users, tizilmalashtirish, Database, integrity, Ma’lumotlar bazasi, foydalanuvchanlik, область, система управления базами данных, systematization, network MBBT, roles, систематизация, целостность, rollar, foydalanuvchilar to’plami, ma’lumotlar bazasini boshqarisha tizimi, information system, yaxlitlik, maydon, База данных, удобство использования, информационная система, набор пользователей, роли, area, usability, axborot tizimi, tarmoqli MBBT, сеть MBBT, database management system
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009